TAQDIMOT USAT universiteti “Boshlang’ich ta’lim” (sirtqi) ta’lim fakulteti talabasi Tursunova Shahlo Xamidullayevna Mavzu:O’zbeksitonda mahalliy o’z o’zini boshqarish organlari faoliyati Reja: - Reja:
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi.
- Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari.
- Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari.
- Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. - Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi.
- O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati faoliyatini tashkil etishning asosiy qoidalari Konstitutsiyada belgilanib qo'yilgan. Oliy hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish kabi mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etishda ham Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan asosiy qoidalarga asoslanish juda muhimdir. Chunki aynan mahalliy hokimiyat bevosita qonunlar va ijro etuvchi hokimiyat normativ hujjatlarini amalga oshiradi, bevosita jamiyatning turli sohalaridagi muammolar bilan to'qnashadi. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati xalq farovonligini ta'minlash va shu kabi davlat oldida turgan muhim vazifalarni bajarishda asosiy o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda o'ziga xos tarzda joylarda davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini yaratdi.
- «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunning 2-moddasida ko'rsatilishicha, tuman markazlari hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi shahar hokimini tuman hokimiga bo'ysundirish va yagona boshqaruv organi tuzish vakolatiga ega. Bu xususdagi qaror xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Qonunda bunday holatni ko'rsatishdan maqsad, hokimlik tizimini mustahkamlash va uning ishini samarali tashkil qilish, boshqaruv apparatini ixchamlashtirish va arzonlashtirishdir. Xalq deputatlari barcha pog'onasidagi Kengashlarining va hokimning vakolat muddati besh yil.
- Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari va tegishli hudud hokimlarining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy hokimiyat to'g'risida»gi qonun bilan hamda Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |