- Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berilgan vazifalar ko'rsatilgan bo'lib, ular mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarining konstitlitsiyaviy asoslari hisoblanadi.
- Bu moddaga binoan, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Qonunning 25-moddasida ko'rsatilishicha, yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir. - Qonunning 25-moddasida ko'rsatilishicha, yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari - Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari
- Mahalliy vakillik organlari kollegial organdir. Ular o'z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun deputatlarning to'la ishtiroki talab etiladi. Shuning uchun, mahalliy Kengash ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiyadir. Faoliyatning sessiya shaklidagina vakillik organlari to'laqonli davlat hokimiyati organi sifatida ishlaydilar. Sessiyada, asosan, Kengash vakolatiga kiradigan masalalar muhokama qilinadi, hisobotlar eshitiladi va bajarilishi shart bo'lgan qarorlar qabul qilinadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining sessiyalari tegishli darajadagi hokim, hokim yo'qligida esa uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Shuningdek, sessiya tegishli Kengash deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |