Taqdimoti mavzu: Maktabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbioyasidagi o’rni
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari
Download 1.46 Mb.
|
Maktabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbioyasidagi o’rni
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari Maktabgacha pedagogika o’z tadqiqot ob'ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi maktabgacha pedagogika fanini ham rivojlanib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni takomillashtirishga, ularni to’gTi hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Adabiyotiar bilan ishlash metodi. Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan boshlanadi. O’rganilgan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjitlar, qonunshunoslikka oid huquqiy hujjatlar kiradi. SHu bilan birga pedagogika *faniga oid bo'lgan tarixiy pedagogik adabiyotiar, darsliklar, o'quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarining qay tomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi; bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.
Ilg ’or tajribaiarni o ’rganish metodi. Maktabgacha pedagogikaning ko'pgina muammolarini hal etishda ta'Iim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o’rganish jarayonidagi muammo, yutuq va kamchiliklar aniqianadi. Pedagogik tajribaiarni o'rganishda kuzatish, ankctalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o’rganish metodlaridan foydalaniladi. Kuzatish metodi. Ma'Ium bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko’zlab muntazam ravishda o’rganish, ta'Iim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o’zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktiar to’plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi. Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa 22 tarzida bo'lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea xodisalari to'g'risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o4kaziladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling