Taqdimoti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi
Download 151.36 Kb.
|
Individ, shaxs, individuallik2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI. SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI
- Shaxs tushunchsi
- Shaxs tushunchasi
TAQDIMOTISirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limiDenov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha talim yo‘nalishi 1-bosqich 2-guruh talabasi BO`RIYEVA FARIDA ning PSIXOLOGIYA VA YOSH PSIXOLOGIYASI fanidan Mavzu: INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI. SHAXSNING MALAKA VA ODATLARIReja: 1. Individ, shaxs tushunchalari. 2. Individuallik tushunchasi 3. Shaxsning malaka va odatlari Individ tushunchasiIndivid - lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir. Ya’ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog’lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat’iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o’sib-ulg’aygani sari u o’zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, ibtidoiy davrga xos bo’lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi. Shaxs tushunchsiShaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o’taydi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs tushunchasiShaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Download 151.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling