Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari
Prezintatsiya yaratish bosqichlari
Download 3.81 Mb.
|
power point
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Matn va rasmlar yordamida slaydlar yaratish Slaydlarni yozuv va rasmlar bilan yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: Matn kiritish
- Rasm kiritish
8.3. Prezintatsiya yaratish bosqichlari
Prezintatsiya ketma-ketlikda ajratilgan, bir nechta slaydlardan tashkil topishi mumkin. Slayd – bu o`zida bir qancha obyektlar: nomlar, qo`shimcha sarlavhalar, videolar, diagrammalarni o`zida namoyon etadigan sahifa. Prezintatsiya sifatini oshirish uchun, slayd obyektlari va slaydlar turli xil effektlar bilan ishlab chiqiladi. Prezintatsiya yaratishning asosiy bosqichlari quyidagilar: Zaruriy ko`rinishdagi slaydni yaratish Slaydga kerakli axborotlarni kiritish Slaydlarni to`g`ri ketma-ketlikda tartibga solish Slayd obyektlariga turli xil effektlar berish, masalan, yozuv va tovush effektlarini qo`shish Slaydlar o`tishini to`girlash Slayd showni qoyish Slaydlarni taqdim etish 8.4. Matn va rasmlar yordamida slaydlar yaratish Slaydlarni yozuv va rasmlar bilan yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: Matn kiritish Matn kiritish uchun, matn yoziladigan joyni ya‟ni ”TEXT BOX” ni yaratish kerak. Text boxni Insert (Vstavka) menyusidan tanlaymiz va xohishga ko`ra gorizontal yoki vertical text boxni tanlaymiz2. 8.14- rasm.Text boxni Insert (Vstavka) menyusi J.B.Dixsit. “Fundamentals of computer programming and IT” 2011. 115 p. 239
Sichqoncha yordamida matn qayerda turishi kerak bo`lsa, Text boxni usha yerga chizamiz. Ekranda Text box to`g`ri to`rtburchak shaklida paydo bo`lishi kerak. So`ng matnni kiritamiz. Matn kiritayotganingizda uning hajmiga qarab Text box avtomatik tarzda o`zi kattalashadi. Afar matnni boshqa yerdan ko`chirib olib kelimoqchi bo`lsangiz, unda birinchi text boxni yaratib undan so`ng matni o`rnatish kerak.
Slaydlarga rasm joylashtirishning 2 xil usuli mavjud : Insert (Vstavka) menyusi orqali va ko`chirib olib kelish usuli. Insert (Vstavka) menyusi orqali rasm va grafiklar joylash PowerPointda eng qulay yo`l hisoblanadi. Agar sizda JPEG yoki GIF va boshqa formatdagi rasmlar bo`lsa, Insert (Vstavka) menyusidan Picture tugmasini tanlang va rasmni joylashtiring3. 8.15 - rasm. Insert (Vstavka) menyusi Rasm ekranda o`lchov o`zgartirgichlari bilan hosil bo`ladi. Burchakdagi o`zgartirishlari bilano`lchamni o`zgartirish mumkin. Rasmini ustiga sichqonchani bosib joylashuv o`rnini o`zgartirish mumkin. Rasm ustida ishlash amallari rasmni slaydga kiritga zahotingiz avtomatik tarzda o`zi namoyon bo`ladi. Bir qancha variantlar orqali rasmini qayta ishlashingiz mumkin. 8.16 - rasm. Rasm ustida ishlash amallari J.B.Dixsit. “Fundamentals of computer programming and IT” 2011. 116 p. 240
Download 3.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling