Taqdirdan zorlanishni bac qilgan kishigina boy- badavlat bo`ladi


Download 37.91 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1373509
Bog'liq
Djen Sinsero


Djen Sinsero


NOLIMANG



  • Taqdirdan zorlanishni bac qilgan kishigina boy- badavlat bo`ladi.

Ushbu kitobning sharofati bilan siz:

  • Tejamkorlik bilan yashashga intilish pul ishlab topishdan kam energiya talab qilmasligini tushunasiz ;

  • Boylikka nisbatan o`zingizda sog`lom munosabat shakllantirasiz va uni qo`lga kiritishga xafsala qilasiz;

  • Risoladagidek daromad olish yo`lini berkitib turgan yashirin ishonch- fikrlaringizniyuzaga chiqarasiz;

  • Dunyoqarashingizni pulni rad etishga emas , uni jalb qilishga qaratasiz;

  • Pullarni quvvat oqimi sifatida qabul qila boshlaysiz va pullarni nazorat qilish sir- asrorini bilib olasiz;

  • Nutqingizni salbiy gap so`zlardan tozalab , uni ravonlashtirib olasiz ;

  • Shijoatingiz o`tini yoqasiz;

  • Xis- tuyg`ularingizni pul ishlab topishning qurollaridan biriga aylantirasiz;

  • Koinotga aniq - ravshan so`rovlar jo`nata boshlaysiz ;

  • Yuragigingiz amriga quloq tutib, uni pul oqimining asosiga aylantirasiz ;

  • Koinotning nomalarini ilib olib, ulardan oqila foydalana boshlaysiz ;

  • G`oyalarni qay tariqa pulga aylantirishni bilib olasiz ;

  • Qat`iy harakat qila boshlaysiz;

  • Pullar asta – sekinlik bilan tamom bo`lmasdan, aksincha, biringiz ikki bo`lishi uchun nima qilish kerakligini bilib olasiz ;

  • Sizni safarbarlikka chorlab , daromadingizni bir necha barobarga ko`paytirishga undaydigan “ishonch – e`tiqodda sakrash” ni amalga oshirasiz .

Kirish
Tish duxtiridan qo`rqqandek turar-joy to’lovlaridan yurak xovuchlab, qayta ta’mirlangan garajda yashab, moliyaviy tanglik tufayli quyidagicha usullar bilan amal-taqal kun ko’rib yurdim:

  • O`zimga yoqadimi- yuqmi, tekinga yeb ichib yurdim (cho`ntaklarimni ham tekin yemishlar bilan to`ldirib olardim).

  • Avtomobillar turargoxidan besh dollar tejab qolish uchun ko`plab chaqirimlarni piyoda bosib o`tardim .

  • Teshilgan trubalarni va poyabzalimning uzilgan tasmalarini sozlash uchun faqat izolenta sotib olardim.

  • Yor- do`stlarim bilan mabodo restoranda uchrashib qolsak , nuqul bir stakan suv buyurtirardim (yug`-e nimalar deyapsiz, oddiy suv ham bo`laveradi, aynan shu yerning kranidan oqadigan suv yoqadi o`zi menga). Keyin esa restoranga qornimni to`qlab kelganimni aytib baxona qilardim. Agar dasturxonda bepul non paydo bo`lsa, yamlamay yutardim.

  • Telefonni ta`mirlatish yoki salomatligimni sug`urtalash o`rtasida ikkilanib qolardim.

  • Har bir tiyinni hisoblab , arzon- garov mollar , kupon, promokodlarning eng foydalisini izlagancha , xarid uchun juda ko`p vaqt sarflardim. Bular ko`pincha telivizor , ko`rpa to`shak, yog`och qoshiqlar bo`lardi. Ko`pincha, ularni o`z qo`llarim bilan tuzatib olsam bo`lmaydimi, deb o`ylanib qolardim.

Botqoqlikda yashash oson va xavfsiz , ammo eng daxshatli hislarni tuyaveraman u yerda.

Shubha gumonlarga qaratilgan vaqt go`zallikka yaratishga sarflangan vaqt bo`lishi mumkin edi.

O`zimga o`zim pand beryapman , ming`ir-ming`irman , go`zallikdan o`zimni tiyaman , yashayman , g`aflatdaman deb o`ylardim. Aslini olganda, ahvol shunday edi .


Bundan ham yaxshiroq yashashim mumkinligini bilardim. Aloloqibat, aynan shu narsa chidab bo`lmas xolatga keldiki, divandan ketimni ko`tarib, qo`rquv va pullarga nisbatan nafratni yengishga qattiq axd qildim. Qanday pul ishlab topishni - yuksak darajada emas-u, har holda, o`zimga to`g`ri tuyulgan yo`lni o`ylab topdim. Ustimda momaqaldiroq gumburlamadi. Men olov kechib o`limdan qochmadim. Omadsizligim uchun suyukligim tashlab ketmadi. Kelajakni ham oldindan bilolmadim. Men shunchaki o`zimning hasrat- nadomatlarim bilan yasholmay qoldim . Birdan g`aflat uyqusidan uyg`ondim. Odatda, shunday bo`ladi ham.
Issiq o`rnimni sovutib , katapulta tugmasini bosishim, avallari daxshatga solgan bo`lsada, sakrashim lozim edi. Masalan, internet – biznesga katta miqdorda mablag` quydim : kurslarda o`qidim, murabbiy yolladim, veb-sayt yaratdim, saxifalovchilar va dizaynerlar xizmatidan foydalandim. Turgan -bitganim axmoq bo`lib ko`rinishimumkin edi , negaki mening yangi biznesim yosh qalamkashlarga saboq berishdan iborat edi . O`zim esa umrim bino bo`lib hech kimga dars o`tmaganman . Yuqorida aytib o`tganim- katta miqdordagi pulni yo`qotishim mumkin edi, nega desangiz, internet biznes, yoki umuman, har qanday biznes haqida baloniyam bilmas edim. Xatto biron kimsaga o`z biznesimni ochganim haqida og`iz ochib gapirish ham kulgili edi. Men buni kattalar kelguncha qo`ng`iroq o`ynayotgandek yolg`onga yo`ydim: “ Voy , hazillashdim! Kechirasiz! Nima qilyotganimni o`zim ham bilmayman!”
Bularning hammasidan hayiqardim, ammo –lekin yonimda hech qachon to`lolmaydigan talabalik qarzi haqidagi to`lovnoma yoki arzimas hayotimni qo`ldan boy berib , hech bir arzirli ish qilmayapman, degan xis bilan uyquga yotmasdim. Mana, endi nafaqat muvaffaqqiyatli muallif sifatida yettita raqamli daromadlar olyapman, balki qanday qilib pul topish haqida kitob ham yozyapman. Menkim, Djen Sinsero, sobiq mayda o`g`ri va yot begonalarning divan yostiqlari tagidan tanga izlovchi! Bu huddi to`qsonni qoralagan otamning “Yulduzlar bilan raqs” dagi g`alabasi singari aqlga sig`maydi. SHuningdek, navbatdagi avtobiografik kitobim ham. Bu mo`jiza, ammo men bunga ishonaman.
Esimda qolgan qoyilmaqom jihatlardan biri: o`zimni qo`lga olishim bilanoq, yangi imkoniyatlar, Albatta, bular mening hayot yo`limda uchragandi, biroq men ularni payqamagandim, chunki kupon va nolish bilan ovora bo`lgandim. Siz ham tushunishingizni hoxlayman. Moliyaviy axvolingizni yaxshilab, sovuq terga jiqqa botib, baqirib uyg`onmasligigingiz uchun hozirning o`zidayoq atrofingizda barcha zaruriyatlar mavjud . Sizdan faqat kerakli amallarni bajarish talab etiladi, xolos. Xush, nima qilmoq kerak, deb so`raysiz . Xullas, gap bundoq. Siz muntazam ravishda o`zingizni juda –juda noqulay xis qilishingizga to`g`ri keladi.
Bizni pul topish uchun juda mehnat qilish kerak, degan tushuncha bilan katta qilishgan. Ko`pincha shunday ham bo`ladi, lekin muvaffaqiyatning chinakam siri- tavakkal qilishga o`rganishdir. Siz hech qachon qilmagan ishingizni bajarishga, boshqalar sizni tan olishga majburlashingizga, axmoq bo`lib ko`rinishdan qo`rqmasligingizga to’g’ri keladi. O`zingizda nafaqat pul ishlab topish istagini uyg`otishingiz, balki buni o`zingizga ravo ko`rishingiz kerak bo`ladi.

Tavakkalchilik- noqulaylik demak, lekin bu yarmi jirkanish, yarmi zavq-shavqdan iborat noqulaylikning muayyan turidir.

Qo`rquv va hayajon- tanganing ikki tomoni va bu nazarda tutilayotgan ayni o`sha noqulaylik turidir. Uni bezgak deb ham atashadi. Bu to`laqonli yashash va hayotni nazorat qilishning hayajonli noqulayligidir.



BIRINCHI BOB
IJOZAT
Boy bo`lish-bu hayotingizni to`laqonliroq qilishga imkon beradigan narsalarga ega bo`lish, voqea-hodisalarni boshdan kechirishdir.
Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling