Taqriz: Chingiz Aytmatov. "Oq kema"


Download 18.28 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1430356
Bog'liq
Botiraliyev Islombek 651-22

Taqriz: Chingiz Aytmatov. "Oq kema"

Yer sayyorasida mamlakat, xalq, millatlar juda ham ko‘p. E‘tiborlisi har biri alohida ahamiyatga ega. Ularning o‘z etnografiyasi mavjud. Bir-biridan tubdan farq qiladigan madaniyatlar har bir insonda o‘zgacha qiziqish uyg‘otadi. Har bir xalqning o‘z tarixi bo‘yicha, xalq orasida mashhur bo‘lgan rivoyatlari bor. Insonlar ana shunday rivoyatlarni ota-bobolaridan eshitib, o‘z avlodlariga hikoya qilib berishadi. 


Qirg‘iz adiyotining yorqin namoyondasi Chingiz Aytmatov o‘z asarlarida xalq rivoyatlari va qissalaridan juda o‘rinli foydalangan adib hisoblanadi. Qirg‘iz xalqining insoniy fazilatlari, urf-odatlari yozuvchining mashhur asarlarida mahorat bilan hikoya qilinadi. Biz muhokama qilayotgan ‘‘Oq kema‘‘ qissasida ham bug‘u haqidagi rivoyat aytib o‘tilgan. Asardagi barcha voqealar hamda insonlar ona bug‘u atrofida birlashgan. Beg‘ubor olamida bobosidan boshqa yaqini bo‘lmagan bolaning qalb kechinmalari juda ta‘sirli bayon etilgan. Bolalarning o‘z dunyosi bo‘ladi. Kattalar bu dunyoni uncha tushunishmaydi. Albatta, hamma ham dastlab bola bo‘ladi. Biroq, biz bolalik bilan xayrlashib, qachon ulg‘ayib qolganimizni sezmay qolamiz. Ulg‘aygach bolalikdagi harakterimizni, harakatlarimizni unutib yuboramiz. Masalan, o‘zimiz bilan o‘zimiz gaplashganimiz, jonsiz narsalar va hayvonlarni o‘zimizga do‘st deb bilganimiz, bolaga o‘xshab kattalarning aldoviga tezda ishonganimiz shular jumlasidan. 
1970-yilda yozilgan mazkur asarni bugungi kundagi dolzarb mavzularning bayonidir desak hech adashmagan bo‘lamiz. Chunki undagi voqealar, insonlar hozir ham atrofimizda son-sanoqsiz. Ayniqsa O‘rozquldek g‘alamislar borligi juda achinarli. Ayolini xo‘rlovchi, ichkilikka berilgan, o‘z xatosidan uyalmaydigan bunday manfurlardan faqat nafratlanish mumkin. Inson uchun neki yomonlik va razilliklar bo‘lsa barchasi O‘rozqulda jamlangan desam xato bo‘lmaydi. Nima bo‘lganida ham bunchalik razillik yaxshilikka olib kelmasligi aniq. Balki shuning uchun ham O‘rozqulga Alloh farzand ato etmas. Ota-onasi tashlab ketgan bolani jerkiyvermasdan unga mehr berganida, ayolini kaltaklash o‘rniga shirin so‘z bilan ko‘nglini olganida Alloh uni farzand ne‘mati bilan siylarmidi, ehtimol. Axir, Yaratgan har bandani sabrini sinaydi. Sinovlar berib bardoshini, iymonini qanchalik darajada ekanini tekshiradi. Sinovlardan esa har kim o‘z holiga qarab o‘tadi. Kimdir sabr-qanoatda, yaxshilik ila, yana kimdir O‘rozquldek johillik bilan.
Barcha uchun mo‘min-qobil, birovga zarari tegmas, har doim yaxshilik ulashuvchi Mo‘min choldek o‘ta muloyim bo‘lish ham yaxshi emas, menimcha. Xudbin insonlar Mo‘min choldek odamlardan har doim o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi. Uning ustidan kulib go‘yoki maza qilishgandek. Biroq u matonatli otadir. Qizining yarim ko‘nglini o‘ksitmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ota. Kuyovi uni mensimasada qizi uchun barcha xo‘rlikka chidadi. Yoshini hurmatini qilishmaganida ham nabirasi va qizini o‘yladi. Otalik mehri va insoniy oliyjanobligi tahsinga loyiq shaxs. Achchiq haqiqatlarga to‘la qissa har bir insonni chuqur o‘yga toldirishi mumkin. Ayniqsa, bug‘u afsonasi. Har bir inson uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat. Mo‘min chol bu rivoyatga chin dildan e‘tiqod qo‘ygan. Suyukli nabirasi ham bobosi kabi bu afsonaga ishonadi. Hatto ona bug‘u bilan xayolan suhbat quradi. Undan O‘rozqulga farzand berishini so‘rab iltimos qiladi. Biroq, bu boshqalar uchun oddiy bir ertak. Bug‘ularga esa go‘sht sifatida qarashadi. Meni fikrimcha bunga e‘tiqodni balki aloqasi yo‘qdir. Shunchaki insoniylik sifatdan shafqat degan tuyg‘u ozgina bo‘lsa edi. ‘‘ Boylik-takabburlikni, takabburlik esa telbalikni tug‘diradi‘‘. Aynan boylik ko‘yida odamlar xudbinlashib boradi. Odamgarchilik unutilib,shafqat tuyg‘ulari o‘lib boradi. 
Bobosidan boshqa hech kimga kerak bo‘lmagan bolaning fojiali o‘limi achinarli holat. Chunki bola yashayotgan uydagi muhit shu qadar yomonki, har qanday bolaning tarbiyasiga putur yetishi aniq. Mehr-oqibat tushunchalari umuman bo‘lmagan oilada yashashni o‘zi fojia. Atrofdagilar shu qadar befarq va o‘zi bilan o‘zi ovoraki, hali hayotni tushunib ulgurmagan bolaning hayoti xazon bo‘ldi. O‘z xayollarida bo‘lgan matros otasi, tog‘ning tepasidan turib durbinda kuzatadigan
oq kema bilan uchrashishga oshiqdi. Issiqko‘lga baliq misol sho‘ng‘isa niyati amalga oshishiga qattiq ishondi. Ota mehridan biror marta bahramand bo‘lmagan bola, dadasi bilan faqat xayollaridagina so‘zlasha olardi. Bobosining tarbiyasi sabab uni jerkishlarini ham farqiga bormagan bolada nima gunoh edi? Balki, u o‘qib kelajakda yaxshi inson bo‘larmidi. Ulg‘aygach otasi va onasini qidirib topishi mumkin edi. Bola ona bug‘uni shafqatsizlarcha so‘yilishiga chidab turolmadi. Qalbidagi samimiy hislar tezroq ketishga undadi. U ishonardiki, ko‘lga sakrasa baxtli bo‘ladi, hammasi o‘z iziga tushib ketadi. Tezroq u yerdan ketib oq kemaga yetishga urindi. Lekin u tanlagan yo‘l fojiaga olib bordi. 

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling