Taqriz mavzuning dolzarbligi
Download 16.46 Kb.
|
Ichki taqriz F.Tillaboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQRIZ 1.Mavzuning dolzarbligi.
- 2. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi.
- 4. Dissertatsiya mazmuni va uning tugallanganlik darajasi.
- 6. Dissertatsiyaning magistrlik dissertasiyalariga qo‘yilgan talablarga javob bera olishi.
Farg‘ona politexnika instituti instituti 70730401 - “Muhandislik kommunikatsiya tizimlari qurilishi va montaji” mutaxassisligi magistranti Tillaboyeva Farangiz Shavkatjon qizining “Quyosh energiya manbalaridan foydalanib markazlashtirilgan issiq suv tizimlarini tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertasiyasiga TAQRIZ 1.Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy dunyo rivojlanib borayotgani sari – energiya manbalariga ehtiyoj ham oshib bormoqda. Tinimsiz rivojlanish tufayli, oxirgi 15 yil davomida yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 23 foizga oshdi. Shu sababli, tabiiy energiya manbalarini saqlab qolish uchun, muqobil energiya manbalaridan foydalanish zaruriyati yildan-yilga kuchaymoqda. Hozirda suvni isitish va boshqa ehtiyojlar uchun eng faol qo‘llaniladigan muqobil energiya manbai - quyosh energiyasi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishining hozirgi bosqichida energiyaga bo’lgan talabning ortishi, energiya narxlarining doimiy oshib borishi, shuningdek yoqilg’i-energetik resurslarining kamayishi va atrof-muhit havosining ifloslanishi tufayli qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etish va ulardan foydalanish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda quyosh energiya manbalaridan foydalanib markazlashtirilgan issiq suv tizimlari samaradorligini oshirish ham dolzarb vazifalardan biri hisoblanmoqda. 2. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi. Markazlashgan issiq suv ta’minotida qo’llashga mo’ljallangan quyoshli suv kollektorlarini suv quvurlarining geometrik shaklini optimallashtirish orqali qurilmaning ishlash samaradorligi oshirishga erishiladi. 3. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati. Markazlashtirilgan issiq suv tizimlariga yangi quyosh suv issitgichidan foydalanib yoqilg‘i sarfi hamda elektr energiyasini tejashga erishish. 4. Dissertatsiya mazmuni va uning tugallanganlik darajasi. Dissertatsiya mazmuni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida yoritilgan, mohiyati to‘liq ochib berilgan, hamda mantiqan yakunlangan. 5. Materialni bayon etish tili va uslubi. Dissertatsiya sodda, ravon va tushunarli tilda bayon etilgan. Tushintiruv yozuvi, grafik ma’lumotlar talab darajasida yoritilgan. Kamchiliklar: Dissertasiya ishida zamonaviy quyosh suv issitkich kollektorlarining quyoshli issiq mavsumlari haqidagi tavsiflar keltirilgan, lekin oyning bulutli va quyoshsiz davrlaridagi samaradorligini aniqlash yo‘llari keltirilmagan. 6. Dissertatsiyaning magistrlik dissertasiyalariga qo‘yilgan talablarga javob bera olishi. Magistrlik dissertatsiyasi mantiqiy yakunlangan bo‘lib, uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan me’yori talablarga to‘g‘ri keladi. Dissertatsiyani Davlat Attestatsiya komissiyasida himoya etishga tavsiya etaman. Taqrizchi: Madaliyev Erkin O‘rinbayevich Ish joyi: FarPI Lavozimi: t.f.d. dots. katta o‘qituvchi Download 16.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling