"Taqriz" tanlovi uchun Nigora Mamadjanovadan"Ikki eshik orasi" asariga taqriz


Download 1.96 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1296123
Bog'liq
Akademik yozuv topshiriq 2


"Taqriz" tanlovi uchun Nigora Mamadjanovadan"Ikki eshik orasi" asariga taqriz.
Elimiz suygan atoqli adibimiz O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasida" romani 1986-yilda yozilgan bo'lib, adabiyotimizning nodir durdonalaridan biri hisoblanadi. Romanda insonlar taqdiri, hayotning naqadar mukammal ekanligi ajoyib tarzda yoritib berilgan. Adib asarda birinchi navbatda tinchlikka rahna solgan qonli urushni qoralaydi, uning odamgarchilikning hech bir pog'onasiga to'g'ri kelmaydigan g'ayriinsoniy mohiyatiga alohida urg'u beradi. Ayniqsa urush voqeliklari har bir ota - onaning qalbida o'chmas dog' qoldirgani haqida so'z boradi. Muallif qalamga olgan asar qahramonlari orqali insonlarning aksariyat fazilatlari ko'rsatilib o'tilgan. Asar bu qadar jonli chiqishiga sababi buni yozuvchi teran anglagan holda, ya'ni boshidan o'tkan kechinmalar orqali yozgan. Ba'zilarini bilan gaplashib olgan xulosalarini, ba'zilarini aytgan gaplarini, ba'zilarini esa o'ylagan hayollarini yozganlar. Asarda keltirilgan kuchli iqtiboslardan ham buni yaqqol ifodasini ko'rish mumkin.
Odam bolasining fe'li qiziq. Avvalo, umid bilan qurgan imorating og‘masin ekan. Bir og‘dimi, bo'ldi, baribir yiqilarkan. To‘sib qolaman desang, bosib tushib o‘zingni ham parcha-parcha qilib tashlashidan qo‘rqar ekansan. Negaki, o‘sha imoratning poydevori qo‘porilishiga bir chekkasi o‘zing ham sababchi ekanligingni bilarkansan.
Bilmadim, balki shafqatsiz odam - diyonatsiz bo'lar. Lekin diyonatli bo'lish uchun ham shafqatsiz bo'lish kerak. Men shunga ishondim. Urush meni shunga majbur qildi, Robiya!
"Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi to‘rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad - shu.
Bu asarni o’qish davomida voqealar bevosita ko’z o’ngingda sodir bo’layotgandek tuyiladi. Voqealardagi turli vaziyatlarda ishtirok etarkansiz, qahramon bilan hayajonga to’lasiz yo bo’lmasa azob chekasiz.
Haqiqiy ma’noda muallif aytganidek, ikkita eng holis va beshafqat hakam- kitobxon va vaqt sinovidan o’tgan haqiqiy asardir.
Asardagi har bir qahramon Qora amma, Robiya, Muzaffar, KImsa, Ra’no, Munavvar va yana bir qancha qahramonlar shunday tasvirlanganki, siz ularni hayotda ko’rgandek, suhbatlashgandek bo’lasiz. Shu o’rinda Qora amma so’zi e’tiborga loyiq. Nega Qora amma? Axir oddiygina amma desa bo’lardi-yu. Bilasizmi, ona ichidagi dard, alam qayg’udan yurak-bag’ri qorayib ketganligi, uning yuzida ham aks etgan. Farzand dog’i shu ko’yga soldimi? Xalqqa kelgan to’y hammasining sababchisi.
Taqdir zanjiri asar sujeti chig’irig’ida shunchalar aks etadiki, beihtiyor hayratga tushasiz. Asarning kompozitsiyon nuqtasi kulminatsiyada Kimsan, Robiya va ona muloqati bor. Muloqat manolog bilan boshlanadi.
…Bilaman, Siz-tiriklar o’limdan qo’rqasizlar. Tirikligimda men ham qo’rqar edim. Yo’q o’lim unchalik dahshatli emas.
Tiriklik- hayot mazmuni shu kulminatsiyada yaqqol ko’rinadi. Asarning g’oyasi ochiladi. Urush mavzusidagi asarlarda qo’rqinch his yurakni bezovta qiladi. Darhaqiqat, asarda insoniy tuyg’ular va qayg’ular aks etadi.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling