Taqrizchi: Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: I. Jabborov


Download 79.71 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi79.71 Kb.
#1629733
  1   2   3
Bog'liq
Taqriz Jamshid


Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti 5140400-Astronomiya yo’nalishi bitiruvchisi Sovurov Jamshidning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga
T A Q R I Z
J. Sovurovning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi Quyosh koronasidan qisqa vaqt ichida bir necha koronal massa tashlanmalarining (KMT) larni qayd qilish, ularning sayyoralararo muhitda geliosferik evolyutsyasini tushunish, o’zaro ta’sirlashgan ikki yoki undan ortiq KMTlarning Yerga qarab yo’nalgan vaqtda yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan geomagnit bo’ronlarning natijalarini tahlil qilish va mexanizmlarini o’rganishga bag’ishlangan. Malakaviy bitiruv ishida Yerga yo’nalgan KMTlarning Yer magnetosferasi bilan to’qnashishi natijasida hosil bo’ladigan geomagnit bo’ronlar natijalarini tahlil qilish va aniqlash ishning asosiy predmetini tashkil qilgan va olingan ilmiy natijalar yuzasidan xulosalar keltirilgan.
Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3 ta bob, 7 paragraf, 24 rasm, 2 ta jadvallar hamda xulosa qismi va mundarijani o’z ichiga olgan 42 sahifadan iborat tugallangan ishdir.
Tabiiy ravishda malakaviy bitiruv ishida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Ba’zi sahifalarda ingliz tilidan tarjimada ayrim orfografik xatolar shular jumlasiga kiradi. Ushbu kamchiliklar malakaviy bitiruv ishining umumiy mohiyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi.
J. Sovurovning “Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari oldiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etgan holda yuqori baholarga loyiq deb hisoblash mumkin.
Taqrizchi:
Umumiy fizika kafedrasi
dotsenti: I. Jabborov
Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti
5140400-Astronomiya yo’nalishi bitiruvchisi Sovurov Jamshidning
“Quyosh koronal massa tashlanmalarining geomagnit ta’sirlari”
mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga



Download 79.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling