Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M


Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi


Download 356.17 Kb.
bet64/85
Sana12.10.2023
Hajmi356.17 Kb.
#1700148
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Bog'liq
ma\'ruza davlatchilik

Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi. Xonlikning aniq chegaralari haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xonlik paydo bo‘lgan dastlabki davrlardan boshlab siyosiy vaziyat va harbiy harakatlarga qarab davlat chegaralari doimiy ravishda o‘zgarib turgan. XIX asrga kelib xonlik tarkibiga turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning qo‘shilishi natijasida davlat sarhadlari ancha kengaydi. Manbalarga ko‘ra, Eltuzarxon (1804-1806 yy.) davrida xonlikning xududi uncha katta bo‘lmasdan, shimoliy chegarasi Orol-Qo‘ng‘irot hokimligi, janubiy chegarasi esa Darg‘onota bilan chegaradosh bo‘lgan. XIX asr o‘rtalariga oid rus manbalarida xonlikning g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubda esa Marv vodiysi orqali Eronga tutashib ketganligi, shimolda esa Ural daryosigacha cho‘zilganligi qayd etilgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI-XVIII asrlardaviloyatlargabo‘lingan bo‘lsa, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy hududlar beklik deb atalgan. Manbalarga ko‘ra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va 2ta noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch, Qo‘shko‘prik, Pitnak, Qiyot, Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz, Ambarmanak, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va Qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot noibliklaridir. Ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va noiblar boshqarganlar. Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh vazir ixtiyorida bo‘lgan. Xonlikning poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Ko‘hna Urganch, Xiva shaharlari bo‘lgan.
Muhammadxon Rahimxon I (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligini hisobga olib, Muhammadxon Rahimxon I xonlik hududida kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga ko‘ra, xonlikda avval 15ta hamda keyinroq yana 11ta hokimlik tashkil etdi. Bular quyidagilar edi: Xazorasp, Ostona, Urganch, Kat, Toshhovuz, Qo‘shko‘prik, Oqdarband, Gurlan, Ko‘k qashqa, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq, G‘oziobod, Shayx, Mang‘it, Xo‘jayli, Shumanay, To‘rchi, Oqtepa, Qorag‘on, Xitoy. Hokimliklar o‘z navbatida masjid-qavmlarga bo‘lingan. Manbalar xonlikda jami 1537ta masjid-qavmlar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Viloyat hokimlari xon tomonidan, masjid-qavmlarning qozi va oqsoqollari esa viloyat hokimlari tomonidan tayinlangan.
Shunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining bir qismini o‘z ichiga olgan davlat edi.
Xiva xonligining o‘troq dehqonchilik vohalarida asosan o‘zbeklar yashab, ular davlatdagi aholining katta ko‘pchiligini tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar, eroniylar, ruslar, armanlar, nemislar ham yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining umumiy soni haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Arxiv hujjatlari va rus sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga qisman aniqlik kiritadi. Xususan, XIX asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik aholisi 300 ming, shu asrning 40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin, so‘nggi choragiga oid manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini chuqur o‘rgangan olim M. Yo‘ldoshev XIX asr o‘rtalarida xonlikda 800 mingga yaqin odam istoqomat qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan.

Download 356.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling