7.3. Matnlarni kiritish va satslash
Agar buyruqlar satrida argumentsiz (faylning nomini ko’rsatmasdan) Wordni ishga tushirgan bo’lsangiz, u holda kompyuter yangi hujjatni «Dokument 1» shartli nom bilan boshlashni taklif etadi. Ushbu hujjatning shabloni Normal.Dat fayl standart fayl shaklida saklanadi. YAngi sahifa ochilgandan so’ng kerakli hujjat klaviatura tugmachalari orqali kiritiladi.
Odatda, matn klaviatura qurilmasidan terib kiritiladi. Dastlab, ko’rsatkich (kursor) ekranda kerakli joyga keltiriladi. Kiritilayotgan matn ko’rsatkich turgan joyga joylashadi.
Agar kirill alifbosidan lotin alifbosiga o’tish lozim bo’lsa [Alt], [Shift] tugmachalar majmuasidan foydalaniladi. Klaviatura drayverlari har xil bo’lganligi sababli, kirill > alifbosidan lotin alifbosiga o’tish, ba’zan ikki marta [Shift] yoki [Ctrl] bilan birgalikda bosilganda bo’lishi ham mumkin.
YAngi abzatsdan matnni kiritishni boshlash uchun qator nihoyasida [Enter] tugmachasini bosish lozim, aks holda ko’rsatkich avtomatik ravishda qator oxiridan yangi qator boshiga keladi. Matidagi keraksiz jumlalarni o’chirish uchun ko’rsatkich mazkur belgi old tomoniga keltiriladi va [Del] tugmachasi yordamida o’chiriladi. [Backspace] tugmachasi ko’rsatkich chap tomonidagi belgilarni, [Shift]+[Del] tugmachalar majmuasi esa ko’rsatkichdan o’ng tomonda turgan barcha belgilarni qator oxirigacha o’chirish uchun xizmat qiladi. [Shift] + [BaskSpace] tugmachalari majmuasi
4-rasm. Matnni saklash.
ko’rsatkich oldida joylashgan barcha simvollarni qator boshigacha o’chirish uchun xizmat qiladi.
Matndagi biror qatorni ikkiga bo’lish uchun bo’linadigan matn maydoniga ko’rsatkich keltiriladi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Ikki qatorni birlashtirish uchun birinchi qator oxiriga ko’rsatkich keltiriladi va [Del] tugmachasi boeiladi.
Hujjatni (yoki uning bir qismini) tayyorlab bo’lgandan keyin ixtiyoriy nom va DOC kengaytgichi bilan "Soxranit kak..." buyrug’i orqali sakdab qo’yishingiz yoki menyudagi fayl bo’limiga kirib, «Soxranit» satrini tanlash yo’li bilan uni xotirada saqlab qo’yishingiz mumkin (4-rasm).
Xotirada sakdab qo’yilgan faylni yana tahrir qilish zarur bo’lsa, Word menyusidagi Fayl bo’limida Otkrmt buyrug’i tanlanadi va fayl nomi beriladi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |