Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Word dasturini ishga tushirish va undan chiqish


Download 1.28 Mb.
bet40/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

7.2. Word dasturini ishga tushirish va undan chiqish

Word dasturi, odatda, dasturlar dispetcherining Microsoft Office bo’limida joylashgan bo’ladi. Word dasturini ishga tushirish uchun «sichqoncha» ko’rsatkichini Word piktogrammasini ustiga keltirilib, uning chap tugmachasini ikki marta bosib, standart usulda ishga tushirish mumkin. YOhud "Pusk" tugmachasi yordamida "Programmm" bandiga kiriladi va dasturlar ro’yxatidan Microsoft Word ko’rsatkich orqali topiladi (1-rasm) hamda "sichqoncha" chap tugmachasi bosiladi.



1 rasm. Microsoft Word ni yuklash jarayoni.

Natijada ekranda dastlab Word dasturi zarvarag’i (2-rasm), so’ngra Wordning ishchi stoli paydo bo’ladi (3-rasm).



2-rasm. Microsoft Word dasturi zarvarag’i.
Word ishga tushgandan so’ng kompyuter ekranida Word ishchi stoli, boshqarish darchasi hosil bo’ladi. Boshqarish darchasida, sarlavha satri (birinchi qator), menyu satri (ikkinchi qator) va uskunalar majmuasi (4,5 va hokazo qatorlar) joylashgan bo’ladi (3-rasmga qarang).

3-rasm. MS WORD dasturi ish stoli.
Uskunalar majmuasida Word menyu buyrukdarining deyarli barchasiga mos hamda qo’shimcha amallarni bajarish uchun mo’ljallangan maxsus tugmachalar joylashgan. Maxsus tugmachalar ustidagi belgilar bajariladigan amallarni ko’rsatib turadi.
Masalan, uskunalar majmuasida printer (chop qilish qurilmasi) tugmachasi mavjud. Bu tugmachani bosish ekrandagi matnni chop qilishga buyruq beradi.
Dasturdan chiqish quyidagi usulda bajariladi.
Ko’rsatkichni sistema menyusi ustiga keltirilib, ikki marta bosish bilan;
Oyna ilovasining sistema menyusini ochib va Close (zakrit) buyrug’ini tanlash bilan;
[Alt]—>[F4] klaviatura tugmachalarini birgalikda bosish bilan;
Fayl buyruklar to’plamidan Vixod buyrug’ini berish bilan.
Agar Word oynasini yopish paytida hujjatga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib, u diskda saqlanmagan bo’lsa, ekranda «Xotiteli vi soxranit izmeneniya v dokumente ?» degan savol chiqadi, u holda o’zgarishni diskda saklash uchun «Da», o’zgarishni saqlamaslik uchun «Net» yoki tahrir qilishni davom ettirish uchun «Otmena» tugmachalari tanlanadi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling