Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O
Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
Download 1.28 Mb.
|
Xolmatov T.X Informatika darslik
9.10. Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
Excel dasturining yana bir imkoniyati shundan iboratki, katta hajmdagi jadvallar bilan ishlayotganda jadvaldagi hamma ma’lumotlarni ekranga chiqarmasdan, balki ma’lum bir qismini ham chiqarish, ya’ni filtrlash mumkin. Masalan, Toshkent shahrida joylashgan biror firmaning viloyatlarda mavjud bo’lgan filiallarida yarim yillik (yanvar-iyun) rejasining bajarilishi haqidagi jadval berilgan bo’lsin. Bu jadvaldan faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumotni olish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: buning uchun kursor jadvatshing yuqoridan birinchi yacheykasida turishi kerak. So’ngra menyuning Dannie bo’limidan Filtr bandi va undan Avtofiltr bandi tanlanadi. Ekranda hosil bo’lgan muloqat oynasidan Samarqand so’zida "sichqoncha" tugmachasi bosiladi va natijada ekranda faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumot paydo bo’ladi. Jadvaldagi ma’lumotlarni o’sib yoki kamayib borish(yoki alfavit bo’yicha) tartibida saralash quyidagicha bajariladi: menyudagi Dannge bo’limidan Sortirovka bandi tanlanadi va "sichqoncha" tugmachasi bosiladi va ekrandagi muloqat oynasiga ustun nomi kiritiladi hamda o’sib yoki kamayib borish tartibi tanlanadi, va OK tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda viloyatlar nomlari alvafit bo’yicha saralangan jadval paydo bo’ladi. Nazorat uchun savol va mashqlar ? 1.Excel elektron jadvali nima va u qanday maqsadlarda ishlatiladi? 2.Excel dasturini ishga tushirish va undan chiqish qanday amalga oshiriladi? 3.Elektron jadvalning ustuni eni va satrining balandligi qanday o’zgartiriladi? 4. Excel dasturintsng matematik va statistik funktsiyalarini misollar bilan tushuntiring. 5. Excel elektron jadvaliga qaysi turdagi ma’lumotlar kiritiladi va ular qanday farkdanadi? Excel da guruhingizdagi talabalarning oylik stipendiyasi haqida ma’lumotli jadval tayyorlang. Excel dasturi menyu bandlari va uni ishlatish jarayoni haqida gapirib bering. ! Berilgan mashqlarni bevosita kompyuterda bajaring va ularga batafsil javob yozing. EXCEL dasturini ishga tushirish; EXCEL dasturi menyusi bilan ishlash; — EXCEL dasturi uskunalar majmuasi bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; elektron jadvalga ma’lumot kiritish; ma’lumotli jadvalni fayl ko’rinishda diskka yozish; diskdan faylni ekranga chaqirish; jadvaldagi ma’lumotlarni tahrir qilish; shriftlar bilan ishlash; EXCEL dasturining matematik va statistik funktsiyalari bilan ishlash; tuzilgan jadvaldagi sonli ma’lumotlar ustida amallar bajarish; tayyorlangan jadval asosida turli xll diagrammalar hosil qilish(ustunli, doiraviy va hokazo); tuzilgan jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash; natijaviy hisobotlar tuzish; jadvalli ma’lumotni printerda qog’ozga chop qilish; EXCEL dasturidan chiqish. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling