Taqsimlanishi. Termodinamikaning 1-qonuni va uni izojarayonlarga tadbiqi
Issiqlik dvigatellari va sovutgich mashinalar
Download 133.37 Kb.
|
Issiqlik dvigatellari va sovutgich mashinalar.To’g’ri tsikl tashqaridan davriy ravishda issiqlik olib ishlaydigan issiqlik mashinalarida (9.2(a)-rasm), teskari tsikl esa tashqi ish xisobiga ishlaydigan sovitgich mashinalarida (9.2(b)-rasm) kuzatiladi. Isitgichdan olingan Q1 - Q2 issiqlik xisobiga to’g’ri tsikl bilan ish bajaradigan qurilmaga issiqlik mashinasi deyiladi. Aylanma jarayonda sistema dastlabki holatiga qaytib kelgani uchun uni to’liq energiyasining o’zgarishi nolga teng. Shuning uchun termodinamika (TD)ning I - qonuni Q = U + A = A (6.16) ko’rinishda yoziladi. Ammo aylanma jarayonda sistema issiqlik olishi va berishi mumkin bo’lani uchun Q = Q1 Q2 bo’ladi. Bu yerda: Q1- sistemaning tashqaridan olgan issiqlik miqdori.Q2- sistemaning tashqariga bergan issiqlik miqdori. Isitgichdan olingan Q1 issiqlik miqdorining qancha qismi A ishga aylanganini bilish amaliy ahamiyatga egadir. Shuning uchun foydali ish koeffitsienti (f.i.k.) tushunchasi kiritiladi. Issiqlik mashinasining f.i.k. (6.17) formula bilan aniqlanadi. Agar sistema jarayon davomida dastlabki holatiga qaytib kelmasa, bunday jarayonga qaytmas jarayon deyiladi. Agar to’g’ri va teskari jarayondan so’ng sistema dastlabki holatiga qaytib kelsa-yu, atrof muxitda o’zgarish yuz bersa, bu jarayon qaytar jarayondir. Tabiatdagi real jarayonlar qaytmas jarayonlardir. Ularga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan: isiqlik o’tkazuvchanlik, nurlanish, ishqalanish va boshqalar. Qaytuvchan jarayonda sistema dastlabki holatiga qaytib keladi, atrof muxitda xech qanday o’zgarish yuz bermaydi. To’g’ri va teskari yo’nalishda sodir bo’luvchi qaytuvchan jarayonda sistema bir holatdan turli yo’nalishda o’tishi va shu holatga qaytib kelishi mumkin. Qaytuvchan jarayon deb, har ikki yo’nalishda ham o’ta oladigan va dastlabki o’zining holatiga atrofdagi jismlarda xech qanday o’zgarish qilmasdan qaytadigan jarayonga aytiladi. Xulosa qilib aytganimizda, tsikl amalga oshishi uchun ishchi jismdan tashqari ish bajaruvchi tashqi jismlar va issiqlikning tashqi manbalari ham qatnashishi lozim. Binobarin, izolyatsiyalangan sistemaning biror qismida tsikl sodir bo’layotganda sistemaning boshqa qismlari issiqlik manbalari va ish bajaradigan tashqi jismlar vazifasini o’taydi. Foydalanilgan adabiyotlar www.fayllar.org www.xozir.org Download 133.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling