Taqsimlash moliyaning asosiy funktsiyasi


Moliyaning taqsimlash funksiyasi


Download 22.53 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi22.53 Kb.
#1728423
1   2   3
Bog'liq
moliya orali nazorat 2 Alijon

Moliyaning taqsimlash funksiyasi:
xо‘jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;
xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, Shuningdyek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xо‘jalik sub’yekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumyenti sifatida Moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tyegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini Moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana Shu harakatning xarktyeridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kyelayotganligi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga Moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, Moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa Yuqoridagi har ikki funksiya koordinasiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g’risida darak berayotir. Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida Moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bug’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, Moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tyejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish Moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri Moliyaviy masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi Moliyaviy majburiyatlar, Shuningdyek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali Moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida Moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, Moliyaviy nazoratning shakl va myetodlari keskin о‘zgaradi.Moliyaning funksiyalari Moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xо‘jalikdagi Moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini, Moliya va Moliya tizimini boshqarish shakllarini, Moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan Moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tyegishlidir. davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.
Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlt tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi. Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — u iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir
davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi: davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi; davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.
Moliya bozori — oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi. Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni krndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo boʻldi

Dyemokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsyentrasiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag’larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag’lardan kо‘p mablag’ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsyessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chyegarasini oldindan belgilaydi


Moliyaviy bashoratlash metodlari. Moliyaviy dasturlashtirish.
Moliyaviy bashoratlash turli myetodlarning qо‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bо‘lishi mumkin:qtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda Moliyaviy Reja kо‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonomyetrik modyelni qurish (yaratish);korryelyasion-ryegryession tahlil;
bevosita ekspyertli baholash myeto
Moliyaviy dasturlash kursi barcha rivojlangan mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot, statistika, bank, moliya va soliq yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlariga kiritilganligini inobatga olib, respublikamizda ham ushbu kursning o‘qitilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Moliyaviy dasturlash kursini o‘rganishdan maqsad magistrantlarni xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan makroiqtisodiy barqarorlashtirish uslubiyati, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini o‘zaro uyg‘unligini ta'minlash yo‘llari bilan tanishtirish va natijada iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydigan va o‘zaro uzviy bog‘langan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘llarini tanlashga o‘rgatishdir.
Moliyaviy nazorat tizimining bir tipliligi va uning elementlari. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar Moliyaviy nazorat samaradorligi uni amalga oshi-rishning turlari, shakllari va usullari bilan ta’min-lanadi. Moliyaviy nazorat turli mezonlar bo’yicha shartli ravishda tasniflanishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud:
umumdavlat moliyaviy nazorati;
idoraviy moliyaviy nazorat;
xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
jamoatchilik moliyaviy nazorati;
mustaqil moliyaviy nazorat

Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida Moliyaga ob’yektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, Moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda (aspyektda) qaraladi:


barcha iqtisodiy sub’yektlarning Moliyaviy qonunchilik va Moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq ryeglamyentasiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
Moliyaviy opyerasiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada Moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elyenmyenti
Moliyaviy nazoratning pryedmyeti quyidagi Moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
soliq tо‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, о‘lchamlari);
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari;
tannarx va foyda;
uy xо‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
va boshqalar.
7.
Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling