58-maqsad: Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda
aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish.
Elektron resept tizimini takomillashtirish va keng joriy etish hamda narxlarga rioya
etilishini onlayn kuzatishning axborot tizimini yaratish.
Farmasevtika mahsulotlarini markirovkalash tizimini joriy qilish.
Dori-darmon va tibbiy buyumlarni aholi uchun yetkazib berish tizimini olis hududlar va
mahallalar ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish.
59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish.
Davlat byudjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratilgan mablag‘larning 3
barobarga oshirilishini ta’minlash. Bunda asosiy e’tiborni xonadonbay tibbiy profilaktikani
kuchaytirishga qaratish va «maqsadli» skrining o‘tkazish choralarini ko‘rish.
Tibbiy-sanitariya xizmatining jozibadorligini oshirish va sohani malakali kadrlar bilan
ta’minlash.
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati xodimlarining mehnatga haq to‘lash tizimini
takomillashtirish.
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Davlat tibbiyot muassasalarida dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minotini yanada
yaxshilash hamda yetkazib berish va saqlash tizimini takomillashtirish.
60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori
texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika
va buyumlar bilan ta’minlash.
Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish.
61-maqsad: Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.
Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
Tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish,
shuningdek, laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni
yengillashtirgan holda xalqaro tajribadan kelib chiqib, belgilangan texnik jihatdan tartibga solish
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.
Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini tashkil etishda moddiy texnik baza va tibbiy asbob-
uskunalarga belgilangan eng kam talablarni soddalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |