Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


-maqsad: «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

50-maqsad: «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan 
yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, 
bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish. 
Xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va 
doktoranturada ta’lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish. 
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim 
dasturlarida qatnashish maqsadida Jamg‘arma tomonidan ochiq tanlov e’lon qilish va o‘tkazish. 
51-maqsad: Iqtisodiyotga innovasiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va 
ilm-fan muassasalarining kooperasiya aloqalarini rivojlantirish. 
Innovasion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha 
arzonlashtirilgan va sifatli, xom ashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo‘shilgan qiymat 
yaratadigan innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, shu jumladan 
umumiy qiymati 165,9 milliard so‘mlik jami 195 ta loyihani amalga oshirish. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida to‘lov-grant asosida o‘qishni tashkil etish. 
52-maqsad: Global innovasion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 
yaxshilash va 2030 yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish. 
Global innovasion indeksda qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston 
pozisiyasini yaxshilash. 
Innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng 
imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovasion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning 
zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish. 
53-maqsad: Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand 
qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. 
Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya 
vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish. 
Majburiy ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, 
belgilangan ijtimoiy himoyaning qat’iy ta’minlanishini nazorat qilish. 
Majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish 
imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va 
shaffoflik tamoyillarini joriy qilish. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling