Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

66-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali 
tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish. 
Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng 
sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash. 
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan 
xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish. 
Tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va 
mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi 
va sifatini oshirish. 
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini 
kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa 
infratuzilma ob’yektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish. 
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va 
faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish. 
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish. 
69-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol 
ishtirokini ta’minlash. 
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini 
yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. 
Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish. 
Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har 
tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni 
aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish. 
Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy 
xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar 
samaradorligini oshirish. 
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat 
sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash. 
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik 
yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash. 


«Ayollar daftari» bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-
qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling