Taraqqiyotning o’zbek modeli
Download 258.82 Kb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTONNING O’ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI
XULOSA
O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – o‘zbek modelining mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri, eng oqilona yo‘l sifatida tanlanganini, o‘tgan yillar davomida bu yo‘l yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har bir oila, butun jamiyatimiz hayotida sinovdan o‘tib, amalda har tomonlama o‘zini oqlagani va bugungi kunda amaliy natijasini berayotganini aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan tashviqot-targ‘ibot ishlari, jonli suhbat va muloqotlarning asosiy yo‘nalishi deb qabul qilish; mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab belgilab olingan “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, odamlarimiz qalbidagi ezgu orzu-intilishlarni yaqqol ifoda etgan olijanob da’vat xalqimizni huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida safarbar etgani, yurtdoshlarimizning yuragiga chuqur kirib borgani istiqlol yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning hayotbaxsh manbai bo‘lib kelayotganiga alohida e’tibor qaratish; Mustaqillikka erishish arafasida va istiqlolning dastlabki yillarida, mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar mohiyatini teran aks ettirish. Jumladan, g‘oyat og‘ir ayni o‘sha sharoitda aholiga qo‘shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi farmon va qarorlar qabul qilingani, shu asosda O‘zbekiston bo‘yicha 2,5 million oilaga hammasi bo‘lib 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bo‘lganini chuqur ochib berish. Ana shunday o‘zgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgani va shu kabi boshqa misollarda mustaqillik degan buyuk tarixiy hodisaning qadr-qimmati va ahamiyati haqida fikr yuritish;
9 Mustaqilligimizning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘i- energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizning yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, eng zamonaviy korxonalarni barpo etish, kichik biznes va tadbirkorlik, fermerlik harakatini bugungi talablar asosida rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulkan ishlarning mazmun-mohiyatini keng tahlil qilish; Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘lganini ifoda etish; Yurtimizda mustaqil davlat barpo etish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot darajasiga erishish, O‘zbekistonimizni dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarishdek ulug‘ maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yib, bu marralarning naqadar buyuk va mas’uliyatli ekanini o‘zimizga chuqur tasavvur qilgan holda, ana shunday yuksak ufqlar sari dadil borayotganimizning eng asosiy omil va mezonlarini keng yoritish. Bunda, avvalo, o‘z qadr-qimmatini chuqur anglagan, mustaqil va erkin fikrlaydigan, betakror milliy qadriyatlarimiz, bebaho madaniy merosimizning munosib vorislari bo‘lish bilan birga, dunyo ilmu fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirib, zamon bilan hamohang bo‘lib yashashga, manaman degan davlatlardagi tengdoshlari bilan bemalol bellashuvga tayyor bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi istiqlol yillarida O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini aks ettirish. Qanday og‘ir bo‘lmasin, ana shu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun barcha kuch-qudratimiz va imkoniyatlarimizni safarbar etganimiz, shu yo‘lda ahamiyatini baholashning o‘zi qiyin bo‘lgan ishlarimizning amaliy natijalarini ko‘rsatish. Bugungi kunda bu yutuqlar hayotimizda, mamlakatimiz taraqqiyotida, o‘zgalarning havasini tortayotgan barqaror o‘sish sur’atlarida yaqqol namoyon bo‘layotgani, kamol topayotgan farzandlarimiz hayotimizning asosiy, hal qiluvchi kuchi sifatida maydonga chiqayotganini ta’sirchan misollarda ifoda etish. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni bundan o‘n olti yil avval qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bo‘lgan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi va boshqa muhim ijtimoiy dasturlar tahlili orqali mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish;
Download 258.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling