Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi
Download 304.85 Kb.
|
Majmua to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 Ta’lim muassasalari hujjatlarini tahlil qilish metodi
5 Intervyu metodi - respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish
orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish metodi. Pedagogik diagnostikada ushbu metod o‘quvchi talaba tomonidan tadbiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirishini ta’minlaydi va intervyu jarayonida tanlangan savollarga nisbatan diagnostika o‘tkazuvchi shaxs tomonidan munosabat bildirishi uning samarasini oshiradi. 6 Ta’lim muassasalari hujjatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur metod O‘zbekistonda “Ta’lim to‘g‘risida“gi qonun “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘plash,ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Bulardan tashqari pedagogik diagnostikada test metodi, pedagogik tahlil metodi, bolalar ijodini o‘rganish metodi, pedagogik tajriba metodi, matematik-statistik metodlar ham faol tarzda qo‘llanilib kelinadi. Quyida biz pedagogik konsilium metodi haqida so‘z yuritamiz. Konsilium (lotincha konsilium-kengash, maslahatlashish) bir yoki bir qancha sohalardagi mutaxasislarning ma’lum muammoni mukammal o‘rganish va hal etish usullarini aniqlash uchun kengashishdir. Ushbu tushuncha ko‘p fanlarda psixalogiya va pedagogikada ham qo‘llaniladi. O‘smirlar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘rganish uchun bu atamani qo‘llashda hech bir g‘ayritabiiylik yo‘q . Chunki bu masala o‘quvchi xulqidagi o‘zgarishlarni har tomonlama o‘rganishni, tarbiya jarayonida xatoga yo‘l qo‘yilmaslikni yo‘l qo‘yilgan xatolikni tuzatishni kafolatlaydi. Psixalogik-pedagogik konsilium bu ota –onalar, pedagoglar, psixologlar, metadistlar va boshqalarning o‘smir xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni uning sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf etishni o‘rganishdir. Download 304.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling