Tarbiya fanini o`qitishda din tarixini o`rni
Download 28.5 Kb.
|
tarbiya
“Tarbiya fanini o`qitishda din tarixini o`rni” Takliflar: Din arabcha so`z bo`lib etiqoq, ishonch, itoat degan ma`noni anglatadi. Dinda tarbiyani o`rni biz uchun juda muhim. Dinda ham tarbiyaga alohida e`tabor berilgan. Hozirgi kunda yoshlarning tarbiyasiga diniy tomondan holisona qaraydigan bo`lsak ko`p yoshlar tarbiyada: ayniqsa keksa nuroniylarni hurmat qilmaslik, ahloqiy buzuqlik va bir qancha diniy tarbiyani unutib qo`yishdi. Bejizga jadid nomoyondalaridan biri buyuk ajdodimiz Abdulla Avloniyni tarbiya haqidagi misralari hozirgi kunda ham dolzarb mavzu bo`lib qoldi. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir. Endi dinimizdagi tarbiya haqida aytadigan bo`lsak har qaysi din borki birinchi navbatda poklik, halollik va tarbiyaga to`xtalib o`tilgan. Biz yoshligimizdan ota-onamiz tarbiyamizga e`tibor beradi. Chunki voyaga yetgan har bir shaxs oq bilan qorani ajratish kerakligi tushuntiriladi. Hozirgi kunda yoshlarimizni barkamol bo`lib yetishida mahalla oila, jamoat tashkilotlari va talim muassasalarini o`rni beqiyosdir. Ayrim yoshlarimiz hozirgi kunda dinnimizni noto`g`ri talqin qilgan holda har xil yo`llarga kirib ketayotganini ko`rishimiz mumkin. Ular dinni chuqur mohiyatini bilmasdan islom dinni noto`g`ri talqin qilishib yod yo`llarga kirib ketishmoqda. Birinchi prezidenttimiz I.A. Karimov takidlaganidek: “Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oila an`analar qadriyatlar, urf odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Ota onaning farzand oldidagi burchlari o`zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Ular yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`liga topshirib savoddini chiqarish, ilmli, kasb hunarli qilish boshini ikki va uy joyli qilishdan” iborat deb takidlagan edi. Rasulloh sallohu allayhi vassalam ‘’Farzandlaringizga suvda suzishni, kamondan otishni, nayza uloqtishni, otda choptirishni o`rgatinglar ”debv farzandlaringizni chaqqon, sog`lom, baquvvat, ziyrak qilib tarbiyalashga ummatini targ`ib qiladilar.(Termiziy Abu Dovud rivoyatlari). Zero sog`lom va baquvvat farzand hamma joyda ham o`z yurtiga naft keltiradi. Oilada ayniqsa qizbola tarbiyasiga etibor berish asosiy o`rin egallaydi. Qizbolani erta turmushga bermaslik ularni ilm hunar o`rganishiga yo`naltirish ham ota onani vazifas hisoblanadi. Prezidenttimiz Sh. Mirziyoyev BMT bosh asanbleyasining ma`rifat va diniy bag`ri kenglik deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi. Mirziyoyev talif O`zbekiston butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl inson parvarlik mohiyatini yetkazishini eng muhim vazifa deb hisobashni taklif etdi. Islomdini bizni ezgulik va tinchlikka asil insoniy fazilatlarni asrab avaylashga da`vat etadi. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling