Tarbiya fanini oʻqitishda tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish
Download 20.72 Kb.
|
Tarbiya fanini oʻqitishda tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish...
Tarbiya fanini oʻqitishda tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda: 1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi. 2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. 3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashna xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash. Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi: tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi; hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi. Ta’lim tizimini qayta qurish hozirgi zamon bosqichida rivojlangan davlatlar darajasida O’zbekistonning ilg’or ilmiy texnik, iqtisiodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivoj topishini ta’minlashga loyiq yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy sifatlarga ega chuqur bilimli, iqtidorli, talabchan va tashkilotchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Shu bois respublikamizda ta’lim tizimida qator islohotlar olib borilmoqda. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling