Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI
“Atamalar jangi” usuli.
Bu usuldan foydalanish uchun ortiqcha tayyorgarlik talab etilmaydi. Shuningdek bu usulni har qanday dars uchun qo‘llash mumkin. O‘qituvchi guruhlardan bittadan o‘quvchini o‘rtaga chiqaradi va ularga fan bilan bog‘liq tushunchalar, lug‘atlar, atamalar yoki buyuk ajdodlarimiz nomlarini navbatma navbat aytishini, o‘zidan oldingi o‘quvchining fikrini takrorlamasligi tushuntiradi. Bu usul o‘quvchilarni sezgirligini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.Bunda qoidalar quyidagicha bo‘ladi; Vaqtni belgilab unga amal qilinadi. Atamalarni to‘g‘ri ishlatilishiga e'tibor beriladi. Musobaqa g‘olib aniqlanguncha davom ettiriladi. 62 G‘olib o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Ularning soniga ko‘ra g‘olib guruh aniqlanadi. Nuqtai nazaring bo‘lsin. Bu usulda o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarlarini asosli dalillab, himoya qilishga o‘rganadilar. O‘quvchiga muammo muhokamasi vaqtida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berishi mumkin.Bu usul o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va munozara jarayonida o‘zgalar fikrini tinglay olishi, ularga qo‘shilish, qo‘shilmagan taqdirda o‘z fikrini dalillar asosida isbotlab bera olishi ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida qo‘llanadi. O‘qituvchi savollari bilan dars jarayonida faol bo‘lmagan o‘quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi. O‘quvchi dastlab sinfning to‘rt burchagiga tshrtta so‘z yozilgan qog‘ozni ilib qo‘yadi. Sinf o‘quvchilaridan ko‘ngillilari o‘zlariga ma'qul kelgan qog‘oz oldiga boradilar. Qog‘ozga yozilgan so‘zlarni o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarlari bilan izoxlaydilar. Bunda ularning nuqtai nazarini anglab olish uchun savollar berish mumkin. Boshqacha firda bo‘lgan o‘quvchilarga so‘zlash imkoni beriladi. O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga qo‘shimcha kiritishi, to‘ldirishi mumkin. Boshlang‘ich sinflarda ana shunday usullardan foydalanish dars o‘tish o‘quvchilar faolligin oshiradi. Faollikning mazmun mohiyati aslida ijobiy fikrlash, tashabbuskorlikni tashkil etadi. Bu usullar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini egallashi hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beradi. Dars jarayonida bajarilayotgan bunday ish turlari o‘quvchining xotirasini mustaxkamlashga yordam beradi. Shunday usullardan yana biri ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlardir. Bunda ota-onalar dars jarayonida turli ta'limiy o‘yinlarda ishtirok etadilar. Ilg‘or pedagogik texnologiya elementlari hisoblangan interfaol usullardan unumli foydalanish muvaffaqiyatli natijalar garovi 63 hisoblanadi va yuqoridagi fikrlarni amalga oshirishda quyidagicha ish turlaridan foydalansh mumkin. Masalan, Bu qanday so‘z. So‘z uchidagi harfdan iboratbirinchi harf harflar jadvalida 14-o‘rinda, keyingisi 13-o‘rinda, oxirgisi 1-o‘rindan joy olgan. Bu o‘yinning natijasi keyin daftarga yoziladi. Javob “ONA”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling