Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari
Download 34.42 Kb.
|
Tarbiya jarayoninitashkil etish shakllari
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tug‘yusini o‘stirishga xizmat qilishi lozim. Tuyg‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo‘ladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmog‘i, ularni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish, uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g‘ri hal etilishiga ko‘p jihatdan boliq. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi. Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi [6]. Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat boʻlib, u avloddan, avlodga oʻtib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bogʻliqligini koʻrsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni oʻquvchining ongini emas, balki his-tuygʻularini ham oʻstirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Tarbiyani samarali yoʻlga qoʻyish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir soʻz bilan aytganda tarbiya jarayoni – har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya) jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini oʻzida shakllantirish va oʻzgalarga berish jarayonidir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud boʻlib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi. Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turli-tuman faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. XULOSA Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat boʻlib, u avloddan, avlodga oʻtib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bogʻliqligini koʻrsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Download 34.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling