An’analarning yuzaga kelishida o’quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o’qituvchilar o’quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag’ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo’ymasligi zarur. Tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishda o’qituvchilar jamoasi yoki o’qituvchi tomonidan ushbu jarayonda o’quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga o’rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |