Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi. SHu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g’oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishga yo’l qo’ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |