Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiyaning umumiy metodlari Reja
Download 52.13 Kb.
|
7-ma\'ruza
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang’ich usuli bo`lib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag’batlantirishni yoki to`xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta`minlaydi.
Talab qilish usuli o`quvchilarning ko`pgina ahloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o`ziga nisbatan mas`uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma`naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta`sirchan usuliga aylanishi mumkin. O`qituvchi o`quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o`z ko`rsatmalari bilan o`quvchilarning ayrim harakatlarini rag’batlantiradi. O`quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag’batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo`nda bo`lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o`xshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yo`l-yo`riqlar shakliga ega bo`ladi. Bir xillari o`quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o`quvchilarning keraksiz va noto`g’ri harakatlarini to`xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo`llab quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz o`quvchilarning o`quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydi. Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, o`z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz. Pedagogning talablari vositasiz talablar bo`lishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi. Pedagogning talablari vositali talablar bo`ladi, bunda o`qituvchi o`z talablari bilan bolalarda o`z do`stalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi. Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, o`shaning talab qiluvchiga munosabatidir. Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog rag’batlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta`riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda ko`pdan-ko`p ko`rinishlari ham bo`lishi mumkin. Endi talab shakllariga to`xtalib o`tamiz. Talab to`ppa-to`g’ri bo`lishi mumkin, bunda o`qituvchining murojaati qat`iy, dadil ohangda ifodalangan aniq ko`rsatmaga ega bo`lishi mumkin. To`ppa-to`g’ri talab o`quvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa ta`sirchan bo`ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat`iy talab bo`lmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab bo`lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan berilgan va`dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni o`ylasa, u xato qilgan bo`ladi. Shuni ham aytib o`tamizki, to`ppa-to`g’ri talab ko`pincha o`quvchining pedagogga yoki u boshlangan faoliyatga betaraf munosabatda bo`lishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda to`ppa-to`g’ri, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir. Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy bo`lishi, ya`ni mutlaqo muayyan xatti-harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki ta’qiqlamasligi, to`xtatmasligi lozim. Albatta, o`qituvchining ta’qiqlashlaridan ayniqsa o`quvchilar belgilangan xulq-atvor qoidalarini har-xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi.Biroq pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta’qiqlashlar tashkil etmaydi. Ikkinchi qoida: to`ppa-to`g’ri talab yo`l-yo`riq tarzda, ya`ni bir xil ma`noli, aniq va tushinarli bo`lishi lozim. Dastlabki paytlarda o`quvchilarning yangi harakatlarini rag’batlantirganda talab yo`l-yo`riq berish bilan qo`shilib ketganday bo`ladi, ularni aniq ta`riflab beradi. Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan to`ppa-to`g’ri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, o`xshash pedagogik harakat qonunning namoyon bo`lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi talablarining kuchli va ta`sirchanligini oshiradi, o`quvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq bo`ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi. Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. Pedagogik vaziyat qandaydir o`zgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning zarur yo`nalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog to`ppa-to`g’ri talablarni qo`yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi. Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi to`g’ridan-to`g’ri ifodalanmaydi, pardalangan shaklda bo`ladi va rag’batlantiruvchi omil sifatida faqat talabning o`zidan emas, balki psixologik omillardan-bolaning turli kechinmalaridan, his-tuyg’ularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga bo`lgan ijobiy munosabatini ifodalash bilan bog’liqdir. Bular iltimos, ishonch, ma`qullashdir. Ularni ijobiy talablar deb ataymiz. Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga bo`lgan munosabatini yaqqol ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning rag’batlantiruvchi munosabatlariga asoslanadi. Bular maslahat, sha`ma, shartli talab va o`yin shaklidagi talabdir. Ularni bartarf talablar deb ham ataymiz. Vositasiz talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va do`q qilishdir. Iltimos – u pedagoglar bilan o`quvchilar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ishni bolaning o`zi batamom o`z hohishiga qo`yib beradi. O`quvchi har qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, o`z ixtiyori bilan bajarayotganini his qilsin. Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: o`zining boshqa kishilar uchun foydali ekanligini his qilish, o`rtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi. Ko`pincha bu - ancha murakkab va mas’uliyatli ba`zan faxrli topshiriq bo`ladi. Talab ma`qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga aylantiradi. Ba`zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda qo`llab-quvvatlashga muhtoj bo`ladi, pedagogning ma`qullashi dastlabki qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta`minlaganday tuyuladi, o`z kuchiga ishonch uyg’otib, bundan keyingi intilishlar manbai bo`lib xizmat qiladi. Talab-maslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash huquqi bolaning o`zida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi, pedagogni katta yoshdagi o`rtoq deb bilishga o`rgatadi. Uning obro`si keng bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi. Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yo`l-yo`riq emas, balki ko`pincha yechimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir. Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda, ayniqsa qiyinchiliklarda o`quvchilar bilan maslahatlashishga o`rgatadi. O`z navbatida pedagoglar o`zlariga bolalar maslahat uchun murojaat qilishini qadrlashishini, o`zaro aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi. Talab-sha`ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag’batlantirishning yashirin shaklidir. Sha`ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish bo`lgan talablarni, ma`nosi ochib berilmaydigan talablarni o`ziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan sharoitda sha`ma talabning «yashirin»shakli bo`lib, u faqat ikki kishiga ayon bo`ladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi. Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy pedagogik talablarni shakli ana shulardan iborat u yoki bu talabning tanlash pedagogning o`zboshimchalik bilan ish ko`rishga bog’liq bo`lmay, balki, pedagogik vaziyatni qanday sodir bo`lishiga bog’liqdir. Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling