Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni


Download 0.79 Mb.
bet6/6
Sana25.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1228202
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni

Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda. « Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o’z taqdirimizni qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».

 Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. « Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o’lchovdir»,-deb yozadi F. Nizomov.

 Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz.

Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling