"Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi." Ushbu fikr kimga tegishli


Download 69.46 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi69.46 Kb.
#1330544
Bog'liq
8-sinf Tarbiya. Mavzulashgan testlar to\'liq



  1. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Islom Karimov

  2. Shavkat Mirziyoyev

  3. Minhojiddin Mirzo

  4. Akmal Saidov

  1. Vatan yana nimaga qiyoslanib ulug’lanadi?

  1. Oilaga

  2. Jannatga

  3. Onaga

  4. Yoshlikka

  1. Qaysi vatandoshimiz o‘z asarlari orqali vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surib, yoshlarni Vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishga undagan.

  1. Abdulla Avloniy

  2. Alisher Navoiy

  3. Mahmudxo’ja Behbudiy

  4. Abdulla Oripov

  1. «O‘zi vatanparvar bo‘lgan inson boshqalarni ham shunday ezgu maqsad sari yashashga undaydi va buni jamiyat oldidagi asosiy burchi deb biladi». Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Abdulla Avloniy

  2. Alisher Navoiy

  3. Mahmudxo’ja Behbudiy

  4. Shavkat Mirziyoyev

  1. Vatan qudrati, el-yurt ravnaqi, yosh avlod kamoloti yo‘lida shaxsiy daxldorlikni his etgan va bu jarayonlarda faol bo‘lgan inson – bu …..

  1. Mas’uliyatli inson

  2. Irodasi kuchli inson

  3. Haqiqiy vatanparvar inson

  4. O’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yuvchi inson

  1. …….. – insonning porloq kelajagi uchun tinimsiz harakat qiladigan, o‘z ifori va chiroyini yo‘qotmagan bahor faslidir.

  1. Bolalik

  2. Yoshlik

  3. Keksalik

  4. Talabalik

  1. Butun bir millatning shirin tashvishi nima?

  1. Yoshlarning kelajagi

  2. Millatlar totuvligi

  3. Diniy bag’rikenglik

  4. Ijtimoiy hamkorlik

  1. Inson eng ko‘p o‘ylaydigan, so‘zlaydigan, kuylaydigan mavzu. Eng yuksak jasoratlar sababi bu - ……

  1. Yoshlar kelajagi

  2. Yurt iqtisodiy taraqqiyoti

  3. Vatan

  4. Ona tabiat

  1. Kimki yurtni sevmasa, u hech kim va hech nimani sevmaydi, deb kim aytgan?

  1. Mahmud Zamaxshariy

  2. Mahmud Qoshg’ariy

  3. Mahmudxo’ja Behbudiy

  4. Minhojiddin Mirzo

  1. Bir donishmanddan «Jannatga qanday erishiladi?» deb so’rashibdi shogirdlar. Shunda donishmand qanday javob bergan?

  1. “Vatanga munosib bo’lish bilan erishiladi”

  2. “O’zlikni chuqur anglash orqali erishiladi”

  3. “Mustahkam e’tiqod bilan erishiladi”

  4. “Onaning roziligi bilan erishiladi”

  1. O‘zbekistondagi Koreys madaniyati markazi rahbari kim?

  1. Vera Pak

  2. Viktor Pak

  3. Chung Ju Yung

  4. Pak In Sol

  1. Bugungi kunda Respublikamizda nechta diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashamoqdalar?

  1. 14 ta

  2. 15 ta

  3. 16 ta

  4. 18 ta

  1. Quyidagi fikrni qaysi vatandoshimiz aytgan edi: «Qaysi bir millatning orasida birlik ko‘tarilub, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan ma’lumdir».

  1. Amir Temur

  2. Abdulla Avloniy

  3. Alisher Navoiy

  4. Abdurauf Fitrat

  1. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» she’rining muallifi kim?

  1. Muhammad Yusuf

  2. Erkin Vohidov

  3. Abdulla Oripov

  4. Iqbol Mirzo

  1. Bugun yurtimizda nechta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.?

  1. 136 ta

  2. 138 ta

  3. 140 ta

  4. 141 ta

  1. Seni faqat boyliklaring chun,

Sevgan farzand bo‘lsa, kechirmam aslo! Misralar qaysi she’rdan olingan?

  1. Men nechun sevaman O’zbekistonni.

  2. O’zbegim

  3. Iqror

  4. Vatan

  1. Mamlakatimizda nechta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda?

  1. 32 ta

  2. 34 ta

  3. 35 ta

  4. 36 ta

  1. Xalqimizning moddiy va ma’naviy boyliklari juda ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz – bu…

  1. Vatan ravnaqi va iqtisodiy jihatdan mo’tadillik

  2. Jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikdir

  3. Yoshlarning ilmli va o’z manfaatini o’ylaydigan fuqaro bo’lib o’sishi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Millatlarning o’zaro totuvligi va hamjihatligi nimaga asoslanadi?

  1. Ishonchga

  2. Do’stlikka

  3. Sabr toqatga

  4. Mas’uliyatga

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining I bobi qanday ataladi?

  1. Eng oliy maqsad

  2. Oila va salomatlik

  3. Tinch va xotirjam yashash baxti

  4. Men O’zbekiston fuqarosiman

  1. Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxs manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak degan fikr kimga tegishli?

  1. Beruniy

  2. Berdaq

  3. Suqrot

  4. Aflotun

  1. 1999-yil yurtimizda Jaloliddin Manguberdi tavalludining necha yilligi keng nishonlandi?

  1. 800 yilligi

  2. 900 yilligi

  3. 1000 yilligi

  4. 1100 yilligi

  1. «Jaloliddin Manguberdi» ordeni qachon ta’sis etildi?

  1. 2000-yil 30-avgust kuni

  2. 2001-yil 30-sentabr kuni

  3. 2002-yil 30-oktyabr kuni

  4. 2004-yil 30-mart kuni

  1. Vatan – bu insonga ato etilgan eng qutlug‘ ne’mat, halol nasibamiz, ajdodlarimiz uyg‘oq ruhi kezib yurgan tabarruk go‘sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir! Ushbu fikr kimniki?

  1. Shavkat Mirziyoyev

  2. Islom Karimov

  3. Minhojiddin Mirzo

  4. Akmal Saidov

  1. 2003-yili Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan qaysi viloyati mukofotlangan?

  1. Buxoro

  2. Samarqand

  3. Xorazm

  4. Toshkent

  1. Mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar qanday mukofot bilan mukofotlanadi?

  1. Amir Temur ordeni

  2. Jaloliddin Manguberdi ordeni

  3. El-yurt hurmati ordeni

  4. Mehnat shuhrati ordeni

  1. Vatan mudofaasi va xavfsizligiga mas’ul ….

  1. Ichki ishlar organi

  2. Adliya vazirligi

  3. Qurolli kuchlar

  4. Xalq ta’limi vazirligi

  1. Berdaqning fikricha, inson qanday oliy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozim?

  1. beg‘arazlik, oliyjanoblik

  2. vijdoniylik

  3. mehnatsevarlik, mardlik

  4. barcha javoblar to’g’ri

  1. Nechanchi yilda Xorazm viloyati “Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mukofotlangan?

  1. 1999-yilda

  2. 2000-yilda

  3. 2003-yilda

  4. 2005-yilda

  1. Insonning burchlari nechiga bo‘linadi?

  1. 2 ga

  2. 3 ga

  3. 4 ga

  4. 5 ga

  1. …… bizning hozir kimligimizni va ertaga kim bo‘lishimizni belgilab beradi.

  1. Orzular

  2. Xohishlar

  3. Imkoniyatlar

  4. Rejalar

  1. Xohishlarni anglashning eng yaxshi yo‘li nima?

  1. O‘zingizni kelajakda tasavvur qilishdir

  2. O’z oldimizga aniq maqsad qo’yishdir

  3. Huquq va burchlarni anglashdir

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Alisher Navoiy ijodini o’rganib, ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali navoiyshunoslik sohasida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan olima kim?

  1. Lolaxon Murodova

  2. Suyuma G’aniyeva

  3. A’loxon Berdiyeva

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Akmal Saidov nechanchi yilda Belgrad shahrida (Serbiya) bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 141-Assambleyasida 2020-2023-yillar oralig’idagi muddatda ushbu tashkilot Ijroiya qo’mitasining a’zosi etib saylandi?

  1. 2019-yil 17-oktabrda

  2. 2019-yil 27-oktabrda

  3. 2020-yilda 17-oktabrda

  4. 2020-yil 27-oktabrda

  1. Atoqli adabiyotshunos olima, professor Suyuma G’aniyeva qachon va qayerda tavallud topgan?

  1. 1932-yil Samarqandda

  2. 1932-yil Farg’onada

  3. 1932-yil Buxoroda

  4. 1932-yil Toshkentda

  1. Suyuma G’aniyeva ….dan ortiq kitoblar va …..dan ortiq ilmiy-nazariy maqolalar yozdi?

  1. 20 \ 350

  2. 25 \ 300

  3. 20 \ 400

  4. 25 \ 380

  1. Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasi qachon bo’lib o’tgan edi?

  1. 2015-yil 8-9-dekabrda

  2. 2016-yil 14-15-mayda

  3. 2017-yil 10-11-iyul

  4. 2018-yil 1-2-oktyabrda

  1. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o‘zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma. Eng avval o‘z istaklaringni boshqara bil , deb kim aytgan?

  1. Benedik Spinoza

  2. Konfutsiy

  3. Stiv Jobs

  4. Rene Dekard

  1. Maqsadga erishishning birinchi bosqichi qanday?

  1. Maqsadni aniq bayon qilish

  2. Rejaga muvofiq birinchi qadamni qo‘yish

  3. O‘ylagan maqsadini kelajak sari yo‘naltirish

  4. Maqsadga erishgandan so‘ng, o‘zida qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga e’tibor berish

  1. Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasi qayerda bo’lib o’tgan?

  1. Serbiyada

  2. Kot d-I’uvar

  3. Bangladesh

  4. Argentina

  1. «So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, so‘zlagandim tegdi boshimga tayoq». Ushbu fikr muallifi kim?

  1. Amir Temur

  2. Alisher Navoiy

  3. Abdulla Avloniy

  4. Sa’diy Sheroziy

  1. Minorai Kalon obidasi qayerda joylashgan?

  1. Toshkentda

  2. Samarqandda

  3. Buxoroda

  4. Xivada

  1. Alisher Navoiyga tegishli fikrni aniqlang?

  1. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o‘zingni yengishga harakat qil.

  2. Inson maqomi fe’l-atvor, iroda bilan qo‘lga kiritiladi.

  3. Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxs manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi kerak.

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Minorai Kalonning balandligi necha metr?

  1. 45,5 metr

  2. 47,5 metr

  3. 49,9 metr

  4. 11,5 metr

  1. Minorai Kalonning asosi yer sathidan necha metr chuqurlikda joylashgan?

  1. 11,5 metr

  2. 15,5 metr

  3. 25,4 metr

  4. 47,5 metr

  1. Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, odamning ishga kirishi yoki ishda mavqei ko‘tarilishida fe’l-atvorning o‘rni ……foiz, bilim va tajriba, bilgan raqam va dalillarning o‘rni …..foiz ekan.

  1. 85/15

  2. 80/20

  3. 90/10

  4. 50/50

  1. Inson baxti, umrining, muvaffaqiyatining tagzamini nima?

  1. Iroda

  2. Fe’l-atvor

  3. Kuchli bilim

  4. Ma’uliyat

  1. Yaxshi fe’l-atvor bilan yashagan inson o‘zini yomon qiliqlardan saqlaydi. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Ahmad Yugnakiy

  2. Mahmud Zamaxshariy

  3. Burhoniddin Marginoniy

  4. Alisher Navoiy

  1. Tirishqoqlik, jasur va g‘ayratli bo‘lish barcha orzu-havaslarga –……, umidvorlikka – ……. , mazmunli yashashga – …….. uyg‘otadi.

  1. Ishonch / madad / kuch

  2. Quvvat / qanot / rag’bat

  3. Ishtiyoq / sabr / yutuq

  4. Layoqat / kuch / umid

  1. So‘zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli bo‘ling. Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq – cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir. Ushbu fikr qaysi donishmandga tegishli?

  1. Kaykovus

  2. Konfutsiy

  3. Suqrot

  4. Platon

  1. …….. – bu quvvat, ich-ichingizda yuzaga kelgan kuch.

  1. G’azab

  2. Havotir

  3. Hissiyot

  4. Muhabbat

  1. Nuqul o‘tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin.

O‘z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi. Fikr kimga taaluqli?

  1. Erkin Vohidov

  2. Abdulla Avloniy

  3. O‘tkir Hoshimov

  4. Abdurauf Fitrat

  1. Oshkor qilinmagan hissiyot nimaga o’xshaydi?

  1. Qalbga tiriklayin ko‘milgan harakatga

  2. Alangada yonib kul bo’lgan buyumga

  3. Moviy dengiz qa’riga g’arq bo’lgan toshga

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasi qachon yozilgan?

  1. 1958-yilda

  2. 1968-yilda

  3. 1978-yilda

  4. 1988-yilda

  1. «Faust» asari muallifi kim?

  1. Erkin Vohidov

  2. Gyote

  3. Demokrit

  4. O’tkir Hoshimov

  1. Inson hayotiga va salomatligiga zarar yetkazadigan, baxtsizlikka olib keladigan eng xavfli hissiyot qaysi hissiyot hisoblanadi?

  1. Xafagarchilik

  2. Aybdorlik

  3. Loqaydlik

  4. G’azab

  1. Aybdorlik hissi boshqarilmasa nimaga olib kelaishi mumkin?

  1. Yolg’izlanib qolishga

  2. O’z ustida ishlamaslikka

  3. Hasadgo’ylikka

  4. Sotqinlikka

  1. Agar xavotir hissi boshqarilsa nimaga undaydi?

  1. Yangi nimadir yaratishga

  2. Muammolarga yechim izlashga

  3. O’z ustida ko’proq ishlashga

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Salbiy hisiyotni boshqarishning birinchi yo’lini aniqlang?

  1. Aqlni qo’lga olish

  2. Dono bo’lish

  3. Ijodiylikni yo’qotmaslik

  4. Darhol munosabat bildirmaslik

  1. His-tuyg‘ular insonlarda qanday holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin?

  1. Ijobiy. Salbiy

  2. Ijobiy. Salbiy. Aralash

  3. Ijobiy. Salbiy. Betaraf

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Inson umri nimalardan iborat?

  1. Umid

  2. Mas’uliyat

  3. Riyozat

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. ….. – ato etilgan hayotni munosib, baxtli yashab o‘tishga ahd qilmoq!

  1. Umid

  2. Mas’uliyat

  3. Riyozat

  4. Tafakkur

  1. Hayotda o‘z o‘rnini topish uchun harakat qilmoqqa nima deyiladi?

  1. Vijdon

  2. Qunt

  3. Riyozat

  4. Mas’uliyat

  1. ……… - hayot yuklaydigan mas’uliyatni zimmaga olmoq va uni sharaf bilan ado etmoq!

  1. Qunt

  2. Mas’uliyat

  3. Ishtiyoq

  4. Muhabbat

  1. «Kim mashaqqat chekdi – topdi g‘azna ham, Kim tirishqoq bo‘ldi – ko‘p topdi karam». Ushbu hikmat kimga tegishli?

  1. Abdurahmon Jomiy

  2. Alisher Navoiy

  3. Jaloliddin Rumiy

  4. Umar Hayyom

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining II bobi qanday nomlanadi?

  1. Tinch va hotirjam yashash baxti

  2. O’z-o’zini anglash

  3. Oila va salomatlik

  4. Xavfsizlik va mediamadaniyat

  1. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik oqibatida har yili qancha odam hayotdan ko‘z yumadi?

  1. 100 mingdan ortiq

  2. 200 mingdan ortiq

  3. 250 mingdan ortiq

  4. 300 mingdan ortiq

  1. Hayotda hamma narsa muvaffaqiyatli bo’lishi uchun siz hamma narsaga ijobiy va yaxshi kayfiyat bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak. Fikr kimniki?

  1. Benedikt Spinoza

  2. Albert Eynshteyn

  3. Tomas Edison

  4. Fransua Volter

  1. Maqolni davom ettiring: «Baxt yalqovga …… ».

  1. Yordamchi

  2. Do’st

  3. Begona

  4. Mukofat

  1. Qabihlikning eng yirik ko‘rinishi – bu …………

  1. Kashandachilik

  2. Loqaydlik

  3. Giyohvandlikdir

  4. Dangasalik

  1. Tushkunlikdan chiqish uchun nimalarga amal qilish kerak?

  1. Xotirjamlikni yo‘qotmang , o‘z qobiliyatingizni chamalang

  2. Oldingizga maqsad qo‘ying, maqsadga erishish yo‘lini chizing

  3. Izlanishdan qochmang, doimo oldinga intiling

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining III bobi qanday nomlanadi?

  1. O’z-o’zini anglash

  2. Tinch va xotirjam yashash baxti

  3. O’zgarish, mashaqqatlarni yengish

  4. Oila va salomatlik

  1. Muammolarni hal qilish vaqtini topish uchun insondan nimalar talab qilinadi?

  1. Sabr-toqatli bo‘lish va o‘z harakatlariga tanqidiy ko‘z bilan qaransh

  2. Mas’uliyat bilan ko’zlagan maqsadida davom etish va e’tiborni yo’qotmaslik

  3. Muammoni hal qilish uchun vaqtni kutish talab etilmaydi

  4. Aqlni ishga solish, muammoni yechimini topmay, maqsadni o’zgartirish

  1. Biror qaror chiqarayotganda nimani o’ylab ko’rish kerak?

  1. Shaxsiy manfaatga mushtarakligini

  2. Maqsadga erishishdagi ahamiyatini

  3. Kam vaqt talab etilishini va ko’p samara berishini

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Inson o’z maqsadi asosini nimada ko’rishi lozim?

  1. Har bosgan qadamini rejalashtirishda

  2. O’tayotgan har bir vaqtni samarali tejashda

  3. Muntazam o’z ustida ishlab tajriba oshirishda

  4. Mas’uliyat va qunt bilan yondashishda

  1. Inson muammoning yechimini topish uchun nimalarni ishga solishi kerak?

  1. Epchillik va chaqqonlikni

  2. Qunt va besabrlikni

  3. Uddaburonlik va tafakkurni

  4. Vaqt va sharoitni

  1. Har bir ishda nima bor?

  1. Yutuq

  2. Hikmat

  3. Tafakkur

  4. Vazifa

  1. Yuzaga kelgan muammoga qaramay, uddaburonli tufayli ozodlikka chiqqan hayvon aks etgan hikoya yodingizdami? Unda qaysi jonivor gavdalantirilgan edi?

  1. Ot

  2. Tuya

  3. Qo’y

  4. Echki

  1. Har qanday muammo sizga otilgan …..dir. Mana shular yordamida siz yuqori darajalarga ko‘tarilib borasiz. Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying.

  1. Paxta

  2. Taxta

  3. Tosh

  4. Toshqin

  1. ……. – inson uchun berilgan eng qadrli omonat va imkoniyatdir. (11-mavzudan)

  1. Vaqt

  2. Hayot

  3. Umid

  4. Muhabbat

  1. Ixtirochilikning 10 foizi tasavvur bo‘lsa, 90 foizi mashaqqatli mehnatdir, deb kim aytgan edi.

  1. Tomas Edison

  2. Albert Eynshteyn

  3. Uilyam Hokking

  4. Stiv Jobs

  1. Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlari asoschisi kim?

  1. Botir Orifjonov

  2. Pavel Durov

  3. Ferdinand Shavel

  4. Aleksandr Ryabinov

  1. Fransiyalik Ferdinand Shavel nechanchi yilda orzusidagi «Palais Ideale» («Bekamu-ko‘st saroy»)ni qura boshladi?

  1. 1798-yilda

  2. 1879-yilda

  3. 1979-yilda

  4. 2000-yilda

  1. Ferdinand Shavelning asli kasbi nima edi?

  1. Haykaltarosh

  2. Sartarosh

  3. Pochtachi

  4. Harbiy zobit

  1. Pavel Durov qachon va qayerda tavallud topgan?

  1. 1981-yil Moskva shahrida

  2. 1984-yil Sankt-Peterburg shahrida

  3. 1986-yil Penza shahrida

  4. 1990-yil Praga shahrida

  1. Pavel Durov nechanchi yilda Digital Forest kompaniyasiga asos solidi va shu kompaniya Telegram messenjerini ommaga taqdim etadi?

  1. 2010-yil

  2. 2011-yil

  3. 2012-yil

  4. 2013-yil

  1. Pavel Durovning fikricha, “Pulning quliga aylanib qolish - …..”.

  1. Boylikka o’chlikni keltirib chiqaradi

  2. O’z nafsini boshqara olmaslikni anglatadi

  3. Ma’naviy qashshoqlikni anglatadi

  4. O‘zining hayotiga egalik qila olmaslikni anglatadi

  1. Ferdinand Shavel nechanchi yilda bahaybat qurilishni tugatdi?

  1. 1912-yilda

  2. 1913-yilda

  3. 1914-yilda

  4. 1915-yilda

  1. Gembaku gumbazi qayerda joylashgan?

  1. Seulda

  2. Xirosimada

  3. Nagasakida

  4. Phenyanda

  1. Ferdinand Shavel qurgan san’at namunalaridan iborat toshsaroy necha metrni tahkil etgan?

  1. 20 metr

  2. 25 metr

  3. 26 metr

  4. 30 metr

  1. ………….. – bu bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, uni shubha ostiga olib, asoslarini tekshirish va albatta vaziyatni mustaqil baholab, qaror chiqarish.

  1. Innovatsion yondashuv

  2. Kreativlik

  3. Ijodiy fikrlash

  4. Tanqidiy fikrlash

  1. Esli odam pul almashmaydi, fikr almashadi, deb kim aytgan edi?

  1. Tohir Malik

  2. O’tkir Hoshimov

  3. Abdulla Oripov

  4. Pavel Durov

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining III bobi qanday nomlanadi?

  1. O‘zgarish, mashaqqatlarni yengish

  2. O’z-o’zini anglash

  3. Men fuqaroman

  4. Oila- kichik vatan

  1. Tanqidiy fikrlash namoyon bo’lishining birinchi sharti nima?

  1. Yolg‘onchilik va firibgarlikka qarshi immunitet mavjudligi

  2. Shaxsiy nuqtayi nazarga egalik va uni himoya qila olish

  3. Fikrlarini aniq tasavvur qilish, natijani ko‘ra olish

  4. Kimningdir fikriga qo’shilmalik, xato toppish

  1. Tanqidiy fikrlash ko’nikmasi bor inson o’zgalarning tanqidiy fikriga qanday munosabatda bo’lishi kerak?

  1. Qarama-qarshi munosabatda

  2. G’arazgo’ylik munosabatida

  3. Sog’lom munosabatda

  4. Raqobatdoshlik munosabatida

  1. Tanqidiy fikrlash ko’nikmasini shakllantirishda nimaga qarshi immunitet bo’lishi kerak?

  1. Qonun va qoidalarga

  2. Mafkuraviy xurujlarga

  3. Yolg’onchilik va firibgarlikka

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Tanqidiy fikrlash chog’ida e’tibor qilinishi lozim bo’lgan eng boshlang’ich narsa nima?

  1. Suhbatdosh so‘zlarining tuzilishiga e’tibor qilishdir

  2. Ko’proq axborot ma’lumotlaridan xabardor bo’lish

  3. O’z ichki hissiyotlarini tartibga sola olish

  4. Oz tinglab ko’proq so’zlash mahoratidir

  1. Agar suhbatdosh so‘zlashayotganda «menimcha», «nazarimda», «balki» kabi so‘zlarni ishlatsa, demak,……………….

  1. Bu axborot ishonchli va asoslidir

  2. Bu axborot unchalik ishonchli emas, uni tekshirish lozim

  3. Axborotning ishonchli ekanligi muhim emas

  4. Suhbatdoshning nutq mahoratini tanqid qilish kerak

  1. “Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham fikr bor… Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga fikringizni aytdingiz… Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham… Esli odam pul almashmaydi, fikr almashadi… Ushbu fikr kimniki?

  1. Erkin Vohidov

  2. O’tkir Hoshimov

  3. Botir Orifjonov

  4. Akmal Fayziyev

  1. Tanqidiy fikrlashning mohiyati to’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Muammolarni tan olish va ularni hal qilish yo‘llarini toppish

  2. Kerakli ma’lumotlarni to‘plash va saralash

  3. Xulosalar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik bor yoki yo‘qligini ko‘rish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Zubdat ut-tavorix” nomli tarixiy asarning muallifi kim?

  1. Ibn Arabshoh

  2. Narshahiy

  3. Hofizi Abru

  4. Gerodot

  1. Tarixda Abbosiylar davlatining poytaxti qayer bo’lgan?

  1. Tehron

  2. Bag’dod

  3. Iroq

  4. Nishopur

  1. Abbosiylar davlatining tarixda nom qozongan mashhur xalifalari kimlar edi?

  1. Horun ar-Rashid

  2. Horun ar-Rashidning o’g’li Ma’mun

  3. A va B javoblar to’g’ri

  4. Abbasiylar davlatining barcha xalifalari nom qozonganlar.

  1. Nechanchi asrlarda Movarounnahr Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylangan?

  1. VII – VIII arslarda

  2. IX-X asrlarda

  3. X – XI asrlarda

  4. XI – XII asrlarda

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Xorazm Ma’mun Akademiyasining necha yillik yubileyi keng nishonlandi?

  1. 800 yillik

  2. 900 yillik

  3. 1000 yillik

  4. 1100 yillik

  1. Odam uchun dunyoda bilimdan yaxshiroq do‘st yo‘q va bilim xazinadan ham afzaldir. Chunki sen xazinani ehtiyot qilishing kerak. Bilim esa seni qutqaradi va muhofaza qiladi, deb qaysi donishmand aytgan?

  1. Abu Ali ibn Sino

  2. Luqmoni Hakim

  3. Imom Moturudiy

  4. Alisher Navoiy

  1. Tadqiqotlarga ko‘ra, yoshlar kuniga o‘rtacha qancha vaqtlarini smartfonda o‘tkazar ekanlar?

  1. 2 soat-u 50 daqiqa

  2. 3 soat-u 49 daqiqa

  3. 4 soat-u 20 daqiqa

  4. 5 soat

  1. Internet tarmog‘idan foydalanganda qanday o‘gitni unutmaslik kerak?

  1. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun

  2. Internet –bu o’rgimchak to’ri

  3. Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi

  4. Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar

  1. Nechanchi asrda va qayerda «Dorul hikma va maorif», keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» bilan nom qozongan olimlar kengashi tashkil qilindi?

  1. X asr oxirida Xorazmda

  2. IX asr o’rtalarida Buxoroda

  3. XI asr boshlarida Samarqandda

  4. IX asr oxirida Bag’dodda

  1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining mintaqaviy bo’limini aniqlang?

  1. O’zbekiston Milliy Universiteti

  2. Xorazm Ma’mun Akademiyasi

  3. Turin Politexnika Universitetining Xalqaro ilm-fan bo’limi

  4. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi




  1. “… o‘zining ijodi hamda yaratgan asarlarining ahamiyati jihatidan butun insoniyatga tegishli bo‘lib, uning faoliyati haqiqat va aql-idrok talablariga asoslangan edi”. Jahon hamjamiyati ushbu ta’rifni qaysi buyuk allomaga nisbatan aytgan?

  1. Al Xorazmiy

  2. Imom Buhoriy

  3. Ibn Sino

  4. Beruniy

  1. Kishining ilm-u fanda, mehnatda kamolot cho‘qqisiga erishishi – hosil, ushbular orqali el nazariga tushishi – hosil to‘plangan xirmondir. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’ying.

  1. Xirmon / hosil

  2. Hosil / Baraka

  3. Hosil / xirmon

  4. Xirmon / foyda

  1. Qanday kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi?

  1. Tarbiyali

  2. Uddaburon

  3. Ilmli

  4. Mas’uliyatli

  1. Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur. Ushbu fikr qaysi ma’rifatparvarga tegishli?

  1. Mahmudxo‘ja Behbudiy

  2. Abdulla Avloniy

  3. Abdurauf Fitrat

  4. Cho’lpon

  1. Umar Xayyom nechanchi yili (a+b)n binom yoyilmasining umumiy formulasini kashf etgan?

  1. 1056-yil

  2. 1066-yil

  3. 1077-yil

  4. 1082-yil

  1. Umar Xayyomning binom yoyilmasining umumiy formulasi qonunini keyinchalik kim umumlashtirgan?

  1. T.Edison

  2. Nyuton

  3. Eynshteyn

  4. Kopernik

  1. Albert Eynshteyn nechanchi yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan?

  1. 1920-yilda

  2. 1921-yilda

  3. 1926-yilda

  4. 1927-yilda

  1. Ilk analog kompyuterlar ixtirochisi kim?

  1. Ferg’oniy

  2. Umar Xayyom

  3. Xorazmiy

  4. Beruniy

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining nechanchi bobi “Taraqqiyot va biznes – ilm-fan va yaratuvchanlik mevasi” deb nomlanadi?

  1. II bob

  2. III bob

  3. IV bob

  4. V bob

  1. Jamiyatda ma’rifatni targ‘ib qildilar, til va adabiyot, san’atni rivojlantirishga intildilar, ilm-fan yutuqlarini qo‘llashni yoqlab chiqqan harakat namayondalari kimlar edi?

  1. Dukchilar

  2. Jadidlar

  3. Yosh kuchlar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. «Cambridge» o‘quv markazi asoschisi kim?

  1. Botir Orifjonov

  2. Akmal Fayziyev

  3. Jahongir Po‘latov

  4. Alisher Usmonov

  1. Ko‘p til bilish – bitta qulfga tushadigan bir necha kalitga ega bo‘lish degan gapdir.

  1. Fransua Volter

  2. Benedik Spinoza

  3. Ferdinand Shavel

  4. Stiv Jobs

  1. Jahongir Po’latovning fikricha, …… - to‘xtash uchun sabab emas, bu yana urinib ko‘rish uchun imkoniyatdir.

  1. Sinov

  2. Xato

  3. Muvaffaqiyatsizlik

  4. Tajriba

  1. Jahongir Po‘latov mashaqqatlarni nima deb biladi?

  1. Tajriba

  2. Sinov

  3. Imkoniyat

  4. Dars

  1. “O’rgatib – o’rganaman” degan mashhur fikr kimga qarashli?

  1. Suqrot

  2. Gerodot

  3. Demokrit

  4. Aflotun

  1. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan yirik asar qaysi va uni kim yozgan?

  1. “Nozik iboralar” M.Zamaxshariy yozgan

  2. “Hidoya” B.Marg’inoniy

  3. “Siyosatnoma” Nizomulmulk

  4. “Mufassil” M.Zamaxshariy

  1. O‘zbekistonlik iqtisodchi Raufxon Salaxo‘jayev qachon va qayerda tug’ilgan?

  1. 1985-yil Toshkentda

  2. 1986-yil Andijonda

  3. 1987-yil Namanganda

  4. 1988-yil Samarqandda

  1. Namangan viloyatida Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internati qachon tashkil topgan?

  1. 2016-yil

  2. 2017-yil

  3. 2018-yil

  4. 2019-yil

  1. Makka shahrida yozilgan “Mufassal” asari nechanchi yilda yozilgan?

  1. 1120-yil

  2. 1121-yil

  3. 1124-yil

  4. 1128-yil

  1. «Ustoz ul-arab val-ajam» («Arablar va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan mashhur shaxs kim?

  1. Burhoniddin Marg’inoniy

  2. Imom Moturudiy

  3. Mahmud Zamaxshariy

  4. Imom Termiziy

  1. Ko‘rdimki, vaqtini «essiz», «qaniydi», «koshki»lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa ekan. Fikr kimniki?

  1. Najmiddin Kubro

  2. Luqmoni Hakim

  3. Imom Buhoriy

  4. Sharq hikmati

  1. Vaqtdan unumli foydalanish nimaga bog‘liq jarayondir?

  1. Inson tafakkuriga

  2. Inson tajribasiga

  3. Inson axloqiga

  4. Inson harakatiga

  1. ….. …… – bu faqatgina zarur ishlar ro‘yxatini tuzish emas, balki vaqt va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash hamdir.

  1. Temperament

  2. Taym menejment

  3. Obyektiv taym

  4. Emansipatsiya

  1. Odamning quvvati to necha yoshgacha har kuni ziyoda bo‘ladi?

  1. 30

  2. 34

  3. 36

  4. 40

  1. O‘tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» – degan savollarga javob topmaguncha ko‘zlaring uyqug ketmasin, deb kim aytgan?

  1. Aflotun

  2. Amir Temur

  3. Pifagor

  4. Alisher Navoiy

  1. Agar bir umrning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – …….. so‘ra.

  1. Bemor odamdan

  2. Kapalakdan

  3. Yolg’iz keksadan

  4. Kitobdan

  1. Muvaffaqiyatli ishlovchi insonlarning siri nimada?

  1. Bilim olishga bo’lgan kuchli intilishidadir

  2. Hayotga aniq maqsad qo’ya olish mahoratiga egaligidadir.

  3. Vaqtdan unumli foydalanish uquviga egaligidadir.

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Nima buyuk tarozi hisoblanadi?

  1. Umr

  2. Vaqt

  3. Yoshlik

  4. Keksalik

  1. Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – ………… so’ra.

  1. Imtihondan yiqilgan talabadan

  2. Poyezdga kech qolgan yo‘lovchidan

  3. Mehmon kutayotgan yolg‘izdan

  4. Hosili kuz yomg‘irida qolgan dehqondan

  1. Necha yoshdan kishi o‘zining quvvatida har yili kamchilik seza boshlaydi?

  1. 30 yoshdan 40 yoshgacha

  2. 40 yoshdan 50 yoshgacha

  3. 50 yoshdan 60 yoshgacha

  4. 60 yoshdan keyin

  1. «O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohatga yetadi» himatli fikri kimga tegishli?

  1. Mahmud Zamaxshariy

  2. Mahmud Qoshg’ariy

  3. Burhoniddin Marg’inoniy

  4. Abulqosim Firdavsiy

  1. Kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so‘zi ularning nimasiga bog‘liq?

  1. Xulqiga

  2. Bilimiga

  3. Mas’uliyatiga

  4. Barchasi to’g’ri

  1. ……. – shaxsga va jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.

  1. Mehribonlik

  2. Yaxshilik

  3. Saxiylik

  4. Samimiylik

  1. Inson umri davomidagi ijobiy va ezgu ishlari, munosabatlarining yig‘indisini nima tashkil etadi?

  1. Tajriba

  2. Yaxshilik

  3. Qunt

  4. Sabr

  1. Kim «Farzand go‘zal axloqli bolalar o‘qiydigan maktabda tehsil olmog‘i lozim. Chunki bola boladan o‘rganadi», degan?

  1. Abu Rayhon Beruniy

  2. Ibn Sino

  3. Abdulla Avloniy

  4. Fitrat

  1. «Avesto» kitobida ta’kidlanishicha, nima hayotning eng muhim tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim?

  1. Ilm

  2. Ezgulik

  3. Tarbiya

  4. Tajriba

  1. Sidxarta Gautama qaysi dinning asoschisi hisoblanadi?

  1. Buddaviylik

  2. Xristianlik

  3. Yahudiylik

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) “Agar sizni biror kishi so‘ksa, unga ……. deb ayting”, deganlar.

  1. Alloh seni jazolasin

  2. Alloh senga rahm qilsin

  3. Alloh seni qo’llasin

  4. Alloh seni kechirsin

  1. Ta’lim bilan tarbiya bir butunlikni ko‘rsatadi, faqat shunga amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi. Ushbu fikr kimniki?

  1. Ibn Sino

  2. Beruniy

  3. Forobiy

  4. Xorazmiy

  1. “Kimning nutqi xikr, sukuti fikr, nazari ibrat bo’lsa, albatta u menga o’xshabdi”, deb kim aytgan?

  1. Iso Masih

  2. Muhammad (s.a.v)

  3. Sidxarta Gautama

  4. Zardusht

  1. «Saydana» asarining muallifi kim?

  1. Ali ibn Abu Tolib

  2. Abu Ali ibn Sino

  3. Abu Rayhon Beruniy

  4. Muhammad Xoramiy

  1. Tabiatni asrash uchun insondan nimalar talab qilinadi?

  1. Tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish

  2. O‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish

  3. Tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. «Saydana» asarida o‘simliklarning nechta turiga ta’rif berilgan?

  1. 1118 turi

  2. 1120 turi

  3. 1121 turi

  4. 1128 turi

  1. Beruniy o‘z izlanishida arab, yunon, hind, fors, so‘g‘d va boshqa tillarga oid nechta o‘simlik, hayvon, mineral nomi va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plagan?

  1. 2500 ta

  2. 3500 ta

  3. 4500 ta

  4. 5000 ta

  1. «Saydana» asarida dorivor o’tlarning nechta turiga ta’rif berilgan?

  1. 550

  2. 650

  3. 750

  4. 850

  1. «Saydana» asarida hayvonlarning nechta turiga ta’rif berilgan?

  1. 100

  2. 101

  3. 105

  4. 110

  1. Dorishunoslik atamalarini tartibga solishda katta hissa qo’shgan alloma kim?

  1. Ibn Sino

  2. Beruniy

  3. Luqmoni Hakim

  4. Forobiy

  1. «Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘ravonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar, bir kun kelib, tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas», degan hikmat kimga tegishli?

  1. Beruniy

  2. Forobiy

  3. Konfutsiy

  4. Aristotel

  1. ……..ga bir saxovat qilinsa, yuz saxovat bo‘lib qaytadi.

  1. Vatan

  2. Ota-ona

  3. Tabiat

  4. Farzand

  1. 8-sinf “Tarbiya” darsligining nechanchi bobi “Oil ava salomatlik” deb nomlanadi?

  1. II bob

  2. III bob

  3. IV bob

  4. V bob

  1. …… – har bir ishda haddan oshishdir. …. ne’matning zavoli. U go‘zal hayotimizga tushgan qora dog‘ kabidir, undan tezroq qutulish insonga halovat bag‘ishlaydi.

  1. Mas’uliyatsizlik

  2. Isrof

  3. Nopoklik

  4. Yolg’onchilik

  1. «Tejog‘li ish – …….». Maqolni davom ettiring.

  1. Unumli ish

  2. Shirin tashvish

  3. Bejog’li ish

  4. Foydali ish

  1. Kim 1872-yildan boshlab 57 turdagi albom va bloknotlarni patentlab, 50000 AQSH dollari foyda ko‘rgan?

  1. Adib Mark Tven

  2. Tadbirkor Jon Shnatter

  3. Bokschi Muhammad Ali

  4. Faylasuv Demokrit

  1. Tadbirkor Jon Shnatterning ayni kunda dunyoning …..ta mamlakatida ….tadan ziyod «Papa Johns» shoxobchalari bor?

  1. 25 / 5800

  2. 35 / 7500

  3. 37 / 4700

  4. 47 / 5200

  1. Nima farovon turmushning garovi hisoblanadi?

  1. Mehnat

  2. Bilim

  3. Tejamkorlik

  4. Mas’uliyat

  1. Tejamkorlikning alomatlari nimada namoyon bo’ladi?

  1. Haddan oshmaslikda

  2. Shukronalikda

  3. Besabrlikda

  4. A va B to’g’ri

  1. Yer yuzida har kuni qancha tonna chiqindi hosil bo‘ladi ?

  1. 10 mln.tonna

  2. 11 mln.tonna

  3. 12 mln tonna

  4. 15 mln.tonna

  1. Har bir tonna maishiy qattiq chiqindilar olish uchun – o‘rtacha qancha qazilma, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xomashyosi sarf qilinadi?

  1. 71 tonna

  2. 75 tonna

  3. 82 tonna

  4. 90 tonna

  1. Yelim xaltalar o‘rtacha necha daqiqa ishlatiladi?

  1. 10 daqiqa

  2. 11 daqiqa

  3. 12 daqiqa

  4. 14 daqiqa

  1. Yelim xaltalarning batamom parchalanib yo‘q bo‘lishi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?

  1. 500 yil

  2. 600 yil

  3. 700 yil

  4. 1000 yil

  1. «O‘tganlarni xotirlash –……………».

  1. Insonlarning muqaddas huquqi

  2. Insoniyatning mas’uliyatli burchi

  3. Yuksak insoniy fazilat

  4. Yuksak odamgarchilik shakli

  1. «Xotira va qadrlash kuni» mamlakatimizda qaysi sanada nishonlanadi?

  1. 9-may

  2. 10-may

  3. 31-avgust

  4. 1-sentabr

  1. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Ushbu fikr kimniki?

  1. Islom Karimov

  2. Shavkat Mirziyoyev

  3. Amir Temur

  4. Akmal Saidov

  1. II jahon urushida O‘zbekistonimizdan qancha odam ishtirok etdi?

  1. 1 million 430 ming 400 nafar

  2. 1 million 433 ming 230 nafar

  3. 1 million 450 ming 300 nafar

  4. 1 million 500 ming 120 nafar

  1. II jahon urushida necha nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytgan?

  1. 604 ming 52 nafar

  2. 650 ming 45 nafar

  3. 656 ming 85 nafar

  4. 666 ming 12 nafar

  1. II jahon urushida necha nafar vatandoshimiz qonli janglarda halok bo‘ldi?

  1. 350 mingdan ortiq

  2. 450 mingdan ortiq

  3. 550 mingdan ortiq

  4. 650 mingdan ortiq

  1. 2004-yilda “Qoramurt” blok-postida shubhali shaxslarni (terrorist) to’xtatib xavfsizlikni ta’minlash chog’ida halok bo’lgan katta leytenent nomini aniqlang?

  1. Azizxon Tursunov

  2. Murodjon To’rajonov

  3. Jamoliddin Sarvarov

  4. Odilbek Nurmuhammedov

  1. “G’alaba” bog’i qachon barpo etilgan?

  1. 2018-yil

  2. 2019-yil

  3. 2020-yil

  4. 2021-yil

  1. Qaysi sanada yurtimizda “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” nishonlanadi?

  1. 9-mayda

  2. 1-sentabrda

  3. 1-oktabrda

  4. 31-avgustda

  1. Nima taraqqiyotning muhim garovi hisoblanadi?

  1. Ijtimoiy himoya

  2. Tinchlik va xotirjamlik

  3. Bilim va odob

  4. Huquq va burch


Download 69.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling