Tarbiya va ijtimoiy fanlar


Download 15.54 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.54 Kb.
#1384800
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar hisobot


Tarbiya va ijtimoiy fanlar”metodbirlashmasining 2020-2021 o`quv yili bo`yicha
Hisoboti
Avgust oyida Pedagogika kengashi qarori asosida maktabda “Tarbiya va ijtimoiy fanlar” metodbirlashmasi rahbari Sh. Geldiyev tayinlandim.Metodbirlashma rahbari sifatida ish rejani tuzib,o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari J.Hamroyevga tasdiqlatdim.Metodbirlashma tarkibida tarix,huquq va tarbiya fanlari kiradi.Metodbirlashmaga 3 nafar o`qituvchilar a`zo hisoblanib,tarix fani o`qituvchisi Hamroyeva Gulnoza,huquq fani o`qituvchisi Ro`ziyev Baxtiyor,tarbiya fani o`qituvchisi Geldiyev Shlar kiradi.
Metodbirlashma hujjatlarini nizom va ish reja asosida to`ldirib bordim.Har bir fan bo`yicha ochiq darslar jadvalini ishlab chiqib shu asosda darslarni tashkil qilib bordik.Maktabda tarix va huquq fanlaridan to`garaklar faoliyatini tashkil qildik.Yangi tarbiya fani uchun chop etilgan 2-sinf darsligiga o`z taklif va mulohazalarimni bildirdim.Oktabr oyida fan olimpiadalarining maktab bosqichini o`tkazdik va g`oliblarni aniqlab oldik.Huquq fanidan 9-sinf o`quvchisi Hamroyeva Shaxnoza tuman bosqichiga chiqib faxrli II o`rinni egallab,viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.Tarix fanidan olimpiadaning tuman bosqichida qatnashgan o`quvchilarning ballari past bo`lib ,tarix fani o`qituvchisi Hamroyeva G ga bu borada kerakli tavsiyalar berildi.
Dekabr oyi maktablarda “Tarbiya va ijtimoiy fanlar”oyligi hisoblanib,maktabda fan oyligini samarali tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdik.Fan oyligi boshlanishida kirish testlarini oldik.8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag`ishlab “Konstitutsiya baxtimiz poydevori”mavzusida tadbir tashkil qildik va tadbirda faol ishtirok etgan faol o`quvchilarni rag`batlantirib bordik.O`quvchilarimiz tuman miqyosida o`tkazilgan “Korrupsiya va men”mavzusida o`tkazilgan insholar tanlovida faxrli III o`rinni egalladi.O`quvchilarning ijtimoiy fanlarga qiziqishlarini doimiy oshirish uchun harakat qilib kelmoqdamiz.

Metodbirlashma rahbari: Sh.Geldiyev.
Download 15.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling