Tarbiyachi pedagogni vazifalari
Tarbiyachi-pedagog lavozimiga qabul qilinadigan kadrlarga qo’yiladigan talablar
Download 24.59 Kb.
|
tarbiyachi pedagog
3.Tarbiyachi-pedagog lavozimiga qabul qilinadigan kadrlarga qo’yiladigan talablar:
- Oliy ma'lumot to‘grisidagi diplomiga muvofiq pedagog (magistrlik darajasida), agar boshqa yo’nalishni tamomlagan bo’lsa, kamida 5 yil TATU ta'lim tarbiya jarayonida faoliyat olib borgan bo’lishi; - TATUda kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi; - ishga qabul qilinayotgan vaqtda kamida 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi; - katta xayot tajribasiga hamda talabalarga o‘rnak va namuna bo’ladigan fazilatlarga ega bo’lishi; - pedagogika, psixologiya va tarbiya xaqida dastlabki bilimlarni bilishi; Yoshlarga oid davlat siyosatini, bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy xayotda kechayotgan voqealar xamda O‘zbekiston Respublikasining ta'lim-tarbiyaga oid siyosatini bilishi; - raxbarlik qobiliyati va ishlarni tashkil etish mahoratiga ega bo‘lishi; - vazifalariga nisbatan mas'uliyat va javobgarlikni xis qiladigan bo‘lishi; -kitobxonlik madaniyatiga xamda boshqa namunaviy shaxsiy fazilatlarga intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy xarakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo’lishi. 4.Tarbiyachi-pedagogning ish vaqti: kech soat 16.00 dan 22.00 gacha, ertalab soat 06.00 dan 08.00 gacha bo’lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. 4.1.Tarbiyachi-pedagog talabalar turar joylarida o‘tqazilishi belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlamagan professor-o‘qituvchilar va kafedralar faoliyati bo’yicha ularga ma'muriy-tashkiliy choralar ko’rish masalalari bo’yicha rektoratga takliflar kiritish qo’yish xuquqlariga ega. 4.2. Talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy, xuquqiy tarbiyaviy tadbirlar TATUning ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi doirasida amalga oshiriladi. 4.3. Bitta talabalar turar joyiga 1 shtat birligi ajratilgan bo‘lib, ularga 2 nafardan (xar biri 0,5 stavkadan) tarbiyachi-pedagog qabul qilinishi mumkin. Ushbu lavozim yo‘riqnomasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 23 avgustdagi 600-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan va TATU Kengashining 2017 yil 29 avgustdagi 1 (672)-son majlisi qarori bilan tasdiqlangan. Download 24.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling