Tarbiyachi pedagogni vazifalari
Download 24.59 Kb.
|
tarbiyachi pedagog
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi pedagogni vazifalari
Umumiy qoidalar Tarbiyachi pedagog talabalar turar joylarida tashkil etiladigan ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy-tarbiya ishlarini olib boradi. Tarbiyachi pedagog talabalar turar joyida ma`naviy-ma`rifiy ishlar davra suhbatlari qiqarli mavzularda bahs munozara va dibatlar tashkil etadi. Tarbiyachi pedagog TTJ da yuqori tashkilotlar tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan kelib chiqib, TTJ da talabalar ongiga milliy g`oyani singdirish, ozod inson shaxsini shakllantirish, siyosiy ongini va xushyorligini oshirishga chaqiradi. Tarbiyachi pedagog TTJ da Universitetni yoshlar bilan ishlash va ma`naviy-ma`rifat bo`limi bilan birgalikda talabalar o`rtasida har-hil sport o`yinlaridan musobaqalar tashkillashtiradi va ma`naviy-ma`rifiy kechalar o`tkazib turadi. Tarbiyachi pedagog TTJ da talabalar bilan ko`zga ko`ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, taniqli sportchilar va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil qiladi. Tarbiyachi pedagogni vazifalari -TTJ dagi ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha yillik reja tuzadi Yoshlar bilan ishlash ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor tomonidan tasdiqlanadi; -TTJ dagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida davra suhbatlari o`tkazadi, qiziqarli mavzularda bahs munozara va dibatlar, ma`naviy-ma`rifiy mavzudagi kechalar tashkil etadi. -ishlab chiqilgan reja asosida guruh, murabbiylarining turar joyga tashrifini tashkil etadi; -talanbalarning yashash sharoitlari va ularning dars bilan bog`liq muammolari haqida tushunchalar hamda yo`l-yo`riqlar ko`rsatadi; - talabaning odob-axloqi o`zini tutishi va kiyinish madaniyatiga qay darajada e`tibor qilayotganini nazorat qiladi; - tegishli reja “Kofedra kunlarini tashkil etadi”; - talabalar kengashi ishini tashkil etish va ma`sulyatini oshirishga ko`maklashadi(zarurat tug`ilganda talabalar xulq-atvorini talabalar kengashi muhokamasiga qo`yadi); - qavatlar va xonalar ozodaligini, yuvinish xonasi va oshxonlar tozaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi Direksiyasi boshlig`i va ta`lim muassasi rahbariyati e`tiboriga havola etadi; - “Namunali xona “ ko`rigini o`tkazib , g`olib xona egalarini rag`batlantirish va talabalarning ijtimoiy axvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi; -TTJ da passport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek yong`in xavfsizligini ta`minlash bo`yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi; -TTJ da joriy etilgan tartib-intizom va qoidalarni qo`pol ravishda buzib, axloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni muhokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo`yicha talabalar turar joyi ma`muriyati va fakultet dekanlar, prorektorlarga ma`lumotlar kiritadi; - TTJ dagi madaniy dam olish xonalarida ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz, bayramlari tantanali sanalarga bag`ishlab ko`zga ko`ringan jamoat arboblari, olimlar , yozuvchilar, shoirlar va san`at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o`tkazishda faol ishtirok etadi, ta`lim muassasi ma`naviy-ma`rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi bilan kelishgan holda talabalarning muzeylar, teatrlar va ko`rgazmalarga tashrifini tashkil qiladi; -TTJ ni zamonaviy dizayn talablari asosida jihozlash, kerakli shiorlar, rasmlar va devoriy lavxalar qo`yish uchun takliflar beradi; -talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquq buzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq targ`ibot organlari-prokratura, jinoyat qidiruv sud va ichki ishlar xodimlarning TTJ dagi talabalar bilan uchrashuvlarini yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi; -talabalarni ta’lim muassasasi hayoti, boy tarixiy an’analari,jamoat tashkilotlari faoliyatlari,shuningdek,bo’lajak mutaxasislar sifatida qo’yilgan talablar bilan tanishtirib boradi; -TTJ da yashovchi talabalrning ma’lumotlar bazasini shaklantiradi; -TTJ da istiqomat qilayotgan talabalarning ota-onalri bilan muntazam aloqada bo’lib,ularning so’rovlari asosida farzandlarining umumuiy ahvoli va ta’lim tarbiyasi haqida ma’l;umot beradi; -turdosh ta’lim muassasalaridagi tajribali tarbiyachi pedagoglar bilan yaqindan aloqad bo’lib ular bilan muntazam tajriba almashib boradi; -shuningdek, TTJ da talabarning darsdan tashqari vaqtlardagi dfaoliyat tizimini takomilashtirish,yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni ta’sirchanligini ta’minlash,talabalarni ijtimoiy foydali ishlar, qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish,ularning madaniy dam olishlarini tashkil etish,fanlarni o’zlashtirish va dars tayorlash shart sharoitlarini yaxshilash, talabalar turar joyiga kirish ba chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash,turli yod g’oyalarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish,giyohvandlik,OITS va boshqa illatlardan saqlash kabi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi; -TTJda tshkil etiladigan barcha ma’naviy-marifiy tadbirlarni talabalar kengashi bilan xamkorlikda tashkil etiladi. -tarbiyachi-pedagog quyidagilarni bilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi xamda Vazirlik buyruqlarini, universitet talabalari bilan pedagogik-psixologik va ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishning usul va uslublarini xamda tarbiya jarayoni bo’yicha belgilangan normativ hujjatlarni bilishi zarur; Download 24.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling