Tarbiyachi: Sog’misiz – omonmisiz, mashg’ulotga tayyormisiz? Bolalar


Download 27.72 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1283076
  1   2   3   4
Bog'liq
Kirish qism


Tarbiyachi: Sog’misiz – omonmisiz, mashg’ulotga tayyormisiz?
Bolalar: Sog’misiz – omonmisiz, mashg’ulotga tayyormisiz?
Tarbiyachi: Bolajonlar haftaning nechanchi kuni? Nomi nima? Qani bolajonlar hafta to‘g’risida yodlagan she’rimizni aytib olamiz.
Bolalar: Bir haftada yeti kun,
Ularni sana, gulgun.
Dushanba - hafta boshi,
Seshanba – bir boshi.
Murodbaxsh kun chorshanba,
Osh damlaymiz – Payshanba.
Juma – muborak bizda,
Ezgo’lik tilar sizga.
So’ngra keladi – Shanba,
Hafta yakunida manba.
Yakshanba - hordiq kuni,
Yaxshi o‘tkazing uni.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir o’lkamizda qaysi fasl?
Bolalar: Bahor
Bog‘larda sayrab bulbul,
Chakkalarga taqib gul.
Yomg‘irlar yog‘ib mo‘l~ko‘l,
Bahoroy xush kelibsan!
Daraxtlar gullab chaman,
Hammayoq maysa ko‘klam.
Tog‘lar misoli gilam,
Bahoroy xush kelibsan!
Doshqozonda sumalak,
Qo‘shnilar berib ko‘mak.
Qozon kovlar jonsarak,
Bahoroy xush kelibsan!
Tarbiyachi: Bolajonlar, Aytingchi, bahor faslida ob – havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Aslzoda: Shamol bo‘ladi.
Behro‘z: Yomg’ir yog’adi.
Shohrux: Chaqmoq chaqadi.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar. Tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Bolalar: Daraxtlar gullaydi, qushlar uchib keladi, binafsha, boychechaklar ochiladi. Dehqonlar yer haydaydi. Ekinlar ekiladi.
Tarbiyachi: Qushlar, gullar haqida yodlagan she’rlaringizdan aytib bering!
E’zoza: Laylak kelsa, yoz bo’ladi,
Cho’milishga soz bo’ladi.
Laylaklarga ming – ming rahmat,
Ularga tosh otma Ahmat.
Bobojon: Qushlar issiq o‘lkani,
Ko‘zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Azim qaldirg’och: Qaldirg’och qaytib uchar,
Qanotin yoyib uchar.
Navro’zda qozon to’lsa,
Elimizni baxt quchar.

Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling