Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mavzusidagi


Tarbiyachilarda kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning tarkibiy qismlari


Download 176 Kb.
bet6/13
Sana13.04.2023
Hajmi176 Kb.
#1354872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Azizova Zulfiya 2023

Tarbiyachilarda kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning tarkibiy qismlari


Annotatsiya. Ta’lim strategiyasi maktabgacha yoshdagi xodimlarni yangi kasbiy malakalarni rivojlantirishga yo‘naltiradi, shuning uchun tarbiyachilarning kasbiy mahorat darajasini doimiy ravishda oshirish pedagogik kadrlar bilan ishlashning strategik yo‘nalishiga aylanishi kerak.
Kalit so‘zi: ta’lim, pedagogik, standart, kadr, jarayon, mahorat, texnologiya, bolalar.
Абстрактный. Образователная стратегия направляет дошколных работников на освоение новых профессионалных навыков, поэтому постоянное повышение уровня профессионалного мастерства воспитателей должно стат стратегическим направлением работы с педагогическими кадрами.
Ключевые слова: образование, педагогика, стандарт, кадры, процесс, мастерство, технология, дети.
Abstract. The educational strategy directs preschool workers to master new professional skills, therefore, the constant improvement of the level of professional skills of educators should become a strategic direction of work with teaching staff.
Key words: education, pedagogy, standard, personnel, process, skill, technology, children.
Ta ’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir tarbiyachining bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning та’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘Imaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,t a ’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. О‘qituvchi о‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, awalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo ‘lishi kerak”6 - deb ta ’kidlaydi. Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi: Pedagogik mahorat-tarbiyachilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, tarbiyachilarning ta ’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, o'quvchilarni o 'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir tarbiyachining kasbiy faoliyatida namoyon bo 'ladi. Pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun tarbiyachi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o'zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: Pedagogik mahorat deganda, tarbiyachining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalami mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”.Tadqiqotchilaming fikriga ko'ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:

  • tarbiyachilik kasbiga sadoqat;

  • o 'z fanining o'qitish metodikasini mukammal bilishi;

  • pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi;

  • pedagogik texnikani o‘z o'nida qo'llay bilishi.

Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, tarbiyachilik kasbi murakkab va mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, tarbiyachi doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu sababli, bolajak tarbiyachilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta’sir ko'rsatishi uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak. Tarbiyachilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e’tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o'z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
Tarbiyachilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.5
Tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1) Tarbiyachining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) Tarbiyachining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.
3) 0 ‘qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan
tayyorgarligi.
4) 0 ‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni
egallab borishi.
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat tarbiyachilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo'lib, Tarbiyachi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo'lishi;
b) ta’lim oluvchilaming yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo'lishi;
d) fanlami o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani “ko’ra bilish”, o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;
j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi.
Tarbiyachiningb pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan tarbiyachining shakllanishi, bo‘lajak tarbiyachi umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.



Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling