Tarbiyada oilaviy udumlar va an`analar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Tarbiya jarayonida udumlar va an’analarning mazmuni
Oila tarbiyasida urf-odatlar, an'analardan foydalanish
O’zbеk xalqining mеhmondo’stligi, turmush kеchirish
tartib - qoidalarining tabiyada aks etishi
Xulosa
Foydalanilgan adbiyotlar ro`yhati
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi.
Kurs ishining maqsadi:Oʻzbek xalqi tarbiya tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda milliy ruh va milliy gʻururni shakllantirishning pedagogik xususiyatlarini aniqlash.
Kurs ishining maqsadi:
1.Mavzuga oid ilmiy nazariy manbalar,ilmiy va oʻquv adabiyotlar,darsliklar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy oʻrganish;
2.Milliy qadriyatlar asosida milliy oʻzlikni anglashni tarkib topdirish yoʻllar;
3.Boshlangʻich taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilaridan milliy gʻururni singdirishning shakl va vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |