Tarbiyaga barchamiz mas'ulmiz


Download 33.64 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi33.64 Kb.
#1265571
  1   2
Bog'liq
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ


TARBIYAGA BARCHAMIZ MAS'ULMIZ
Bugun yurtimiz bo'ylab barcha sohalarda keng miqyosli islohotlar yangi bir bosqichga ko'tarildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning negizida eng avvalo inson manfaatlari yotganini har bir oqil inson ongu shuuri bilan sezib, ko'rib, anglab turibdi. Bugungi islohotlar jarayoni har bir o'zbekistonlikdan fidoiylik, hech bo'lmaganda o'z mas'uliyatini his etib yashashga undaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonlaridan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalili desak mubolag'a bo'lmaydi. Holbuki, 21-asr o'zining tezkorligiyu taraqqiyoti bilangina emas, bir qator global muammolarni bashariyatga taqdim etishi bilan ham namoyon 
bo'la boshladi. Bu borada, ma'naviy-axloqiy tarbiya eng muhim o'rinlardan birida turadi desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Biz bugungi kunda istaymizmi yo'qmi, jahondagi barcha voqea hodisalar, jarayonlarni hech kimning e'tiboridan xorijda tuta olmaymiz. Ayniqsa internet tarmoqlari orqali kiritilayodigan axborot va ularni qabul qilish jarayonlari kishini tashvishga soladi. O'zgalar tinchini buzib, davlat orttirish ilinjida bo'lgan yovuz kuchlar uchun hozirda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar o'ziga xos qulay vositaga aylanib qolmoqda. Hali hayot tajribasiga ega bo'lmagan yoshlarimiz esa, bilib-bilmay ularning doimga tushib qolishi hech gap emas. Shunday ekan, xalqimiz ma'aviyatiga o'zini mas'ul deb bilgan har bir shaxs bu 
borada chaqur fikr yuritmog'i kelajak avlodni turli xildagi mafkuraviy xurujlar va axloqsizlikning turfa toifalaridan asrashga astoydil bel bog'lamog'i darkor deb hisoblaymiz.
Prezidentimiz bu borada jon koyitib quyidagi so'zlarni aytib o'tdilar: “Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi.
Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda.
Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko'y bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim” .
Darhaqiqat, farzandlarimiz ongi haqida biz qayg'urmasak, begonalar ularning qalbini egallab olishiga shubha yo'q. Xo'sh buning uchun nimalarga birinchi navbatda e'tibor qaratishimiz lozim? Nazarimda birinchi masala bu oiladagi muhitni sog'lomlashtirish desak to'g'ri bo'ladi. Chunki oilalari mustahkam bo'lgan jamiyat ham barqaror rivojlanadi. Oiladagi tarbiya borasida keyingi vaqtlarda mehnat tarbiyasiga e'tibor susayib ketdi. Avvallari ota-onalar maktab yoshidagi farzandlarini 9-10 yoshlaridan usta yoki kosibga berib ham hunar, ham tarbiya olishi yo'lida qayg'urganlar. Shu yo'l bilan farzand hayotning, peshona teri bilan topiladigan mablag'ning qadriga yetgan. Hozir esa, afsuski, bolam bekamu 
ko'st o'ssin deb ayrim ota-onalar farzanlari qo'liga ortiqcha pul berib, ularni pulga o'rganib qolishi va turli maishatlarga berilib ketish holatlarini uchratmoqdamiz. Mehnatga bo'yin bermay o'sgan farzand naqaqat ota-onasiga tashvish, balki jamiyat uchun hatto o'zining istiqboli uchun ham zararli hisoblanadi.
E'tirof etish kerak, bugun yoshlarimiz orasida o'z yo'lini topib olayotgan o'qib, ishlab oilasi va yurti uchun xizmat qilayotganlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin yuqoridagi tashvishli holatlar ham bor ekanidan ko'z yummasldigimiz lozim. Prezidentimizning - Har bir kishini tadbirkor qilamiz – degan chaqiriqlari zamirida ham ayni mana shu haqiqat yotadi. Zero, Payg'ambarimizning ham bir sadaqa so'rab kelgan yigitga bolta yasab berib, uning vositasida o'tinchilik qilishni o'rgatganlari dinimiz tarixidan ma'lum. Bu shuni anglatadiki, har bir inson o'zi va oilasi nafaqasi uchun mehnat qilishi lozim. Mehnatga esa, inson bolaligidan o'rganadi. Shu sababdan oilalarimizda ota-onalar farzandlarini mehnatga bo'yin egadigan qilib tarbiyalashlari birinchi galdagi vazifalarimizdandir.
Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning yana bir muhim jihatlaridan biri kitob mutolaasidir. Afsuski, bu masala ham yoshlarimiz orasida bir muncha oqsab qoldi. Yaqindagina perzeidentimiz tomonlaridan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishining imzolanishi ayni mana shu muammoni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.
Farmoyishdan kutubxonachi va targ'ibotchilar orasida tanlovlar (“Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi) o'tkazish tizimini takomillashtirish masalalari ham o'rin olgan bo'lib, bu xalqimiz orasida kitobxonlikning ravnaq topishiga o'z hissasini qo'shadi.
Mahallamizda bir oila bor. Bu oila boshlig'i va rafiqasi biri oliy biri o'rta maxsus bilim dargohlarida o'qituvchilik qilishadi. Ularning to'rt farzandi ham mahallamizdagi tengqurlari orasida axloqi va dunyoqarashi bilan ajralib turadi. Ularni barcha mahalla aholisi boshqa yoshlarga o'rnak qilib ko'satishadi. Men bir kuni shu qo'shnimdan buning sirini so'rasam, avvaliga kulib, “xudoning berishi-da” – dedilar. Keyin esa, jiddiylashib o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Ular ko'p narsalarni ayta turib, kitob mutolaasiga alohida to'xtaldilar. Xabar topishimcha, u kishi o'zlari boshlab bolalariga badiiy kitob o'qib berar va o'qilgan narsalarning mohiyatini izohlab berar ekanlar. Bolalar fikrlashi 
uchun biron hikoyani o'rtasiga kelganda to'xtatib har birining hikoya davomida nima bo'lishi haqida fikrini so'rar ekanlar. Shu bilan birgalikda kichik bir rag'batlanirish evaziga ularning she'r yodlashlarini talab qilarkanlar. Mana ma'naviy-axloqiy tarbiyaning jonli bir amaliy ifodasi. Agar har bir oilada kitobxonlikni shu darajaga olib chiqilsa, yoshlarimiz tarbiyasida katta ijobiy siljishlar yuzaga kelishi mumkin. Ana shundagina xalqimiz orasida odamlarga manfaatli bo'lgan 
kishilarning ko'payishiga imkoniyatlar oratadi. Bu esa, o'z-o'zidan yurtimizning barqaror rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 33.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling