Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv va uni loyihalash


Download 214.5 Kb.
bet11/17
Sana08.03.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1252140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Nuralieva O‘miya

2.2.Tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv va uni loyihalash


Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish

Aniq maqsadga va ijtimoiy g’oyaga asoslangan hamda o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir


Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig’ida ko’ra olish imkoniyati yo’q. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.


Umumiy o’rta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning ko’pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o’tkazishga majburman» qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o’zlari raqbarlik qilayotgan sinf o’quvchilarini avvaldan tayyorlangan stsenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo’lib holishga yo’l qo’ymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishiga nisbatan bunday yondoshuvlardan voz kechish
maqsadga muvofiq. Zero, tayyor stsenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’ektlari bo’lgan o’quvchilar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:

  1. o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;

  2. o’quvchilarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;

  3. o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga

yo’naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida
«soxta obro’» orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to’g’risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan texnologik yondoshuv quyidagi holatlarning namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va g’oyasini o’quvchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning hohish–istaklariga ko’ra belgilash; tarbiyaviy tadbir stsenariysini ishlab chiqishda o’quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy tadbir mazmunida o’z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki o’quvchilarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va o’tkazilishida o’qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo’lmay, aksincha, o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularning faoliyatini yo’naltirib turish hamda zarur o’rinlarda maslahat berish sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh o’quvchilarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish. Muhokama jarayonida o’qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo’l qo’ymaslik, aksincha yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarning o’quvchilarning o’zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o’tkazish jarayonida ularning
takrorlanishini oldini olish) yo’lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling