Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Download 214.5 Kb.
bet4/17
Sana08.03.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1252140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Nuralieva O‘miya

Kurs ishining maqsadi: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish imkoniyatlarni o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishning shakl, metod va mazmuni.

Kurs ishining vazifalari:


  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalarga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganish;

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish imkoniyatlarni o’rganish;

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish bo’yicha tarbiyaviy tadbirlar ishlanmasini tadbiq etish.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, asosiy qism uch bo’lim, xulosa adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I.BOB. TARBIYAVIY ISHLAR TIZIMIDA TEXNALOGIYALARI.
1.1.Interfaol dars va o’qituvchi faoliyati
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan e’tibor kudan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o’zlashtirishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishga, katta ijodiy xulosalar chiqarishlariga ham o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi. Bu pedagogikaning yetakchi tendentsiyalarida o’z aksini topgan:

      1. Bola shaxsini birinchi o’ringa ko’tarish;

      2. O’quvchi shaxsi ma’naviyatini shakllantirish ustivorligi;

      3. Mustaqil fikrlashga o’rgatish;

      4. Bolaning tarbiyalanishi va bilimlarni o’zlashtirishi jarayonida o’zining ishtirokini ta’minlash;

      5. Bolaga kashf etish lazzatini tug’dirish;

      6. Pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish.

Zamonaviy ta’limni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanish katta ahamiyatga ega, shaxs sifatida shakllantirishda, har qanday sharoitda ham o’z nutqni nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo’lishida katta yordam beradi.
O’qituvchi darsning ijodkori, u tayyor texnologiyalarining oddiy ijrochisiga aylanmasligi, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’z yo’lini izlashi va ishtiyoqi bilan faoliyatiga kirishishi lozim. Bolalarni amaliy faoliyatga yo’naltirish, obrazga kirish, teatrlashtirilgan kichik sahnalar qo’yish, bahs- munozaralar uyishtirish, savollar qo’ya olish, o’z fikrini erkin ifodalash va shu bilan birga bahs-munozaralar yuritish madaniyatini egallashlariga imkon berish kerak. O’qituvchi o’quvchini o’zi bilan teng ishtirokchi, hamkor sifatida ko’rishi, bola
fikrlarini hurmat qilishi, eshitishi, ular bilan hisoblashishi, o’z fikrini hukm sifatida emas, o’quvchilar fikri bilan teng darajada o’rtaga tashlashi mumkin.
Interfaol metodlar shunday metodlarki u o’quvchilarning o’zaro muloqot va o’zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul bo’lib ya’ni, “Interaktiv” so’zi ingliz so’zidan olingan bo’lib, “Interakt”, ya’ni Inter bu “o’zaro”, “akt”- “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini beradi. Yani o’quvchilar hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish demakdir.
O’qitish jarayoni bir xil davom etaversa, o’quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o’quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Natijada samaradorlik kamaya boradi, mashg’ulotlarning sifati ham pasayadi. SHuning uchun mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o’quvchilar uchun qulaylik tug’diradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, eng sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham harakatlantiradi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta’lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasidagi keng ma’noda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga
bo’lishiimiz mumkin:

  1. Nofaol metod.

  2. Faol metod.

  3. Interaktiv metod

Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga yega. Quyida biz uslubiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. SHu bilan birga asosiy diqqatimizni o’qituvchining interaktiv usullariga qaratamiz.
Nofaol uslubiy yondashuv- bu o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy xarakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar yesa nofaol yeshituvchi sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur metod darslardagi tezkari mustaqil savol-javoblarda, nazorat ishlarida, test va boshqa usullarda aks etadi. Nofaol metod o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishlaridagi yeng samarasiz usul hisoblanadi, lekin uning o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Bu hildagi darslarga ko’p mehnat talab qilinmaydi. CHegaralangan vaqt oralig’ida katta miqdordagi o’quv materialini topishga imkon beradi. Bu dars turi oliy o’quv muassasalarida keng tarqalgan bo’lib, keng yoyilgan shakli ma’ruzadir.
Faol uslubiy yondashuvda o’qituvchi bilan o’quvchi bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchi nofaol tinglovchi yemas, balki darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar nofaol dars metodida asosiy xarakat qiluvchi figura o’qituvchi bo’lgan bo’lsa, bu metodda o’quvchi va o’qituvchi teng xuquqqa egadir. Nofaol darslar o’qitishning avtoritar uslubiga ega bo’lgan bo’lsa, faol metodlar demokratik uslubga yegadir. Faol va interfaol yondashuvlarda yesa umumiylik ko’proq ko’zga tashlanadi. Umuman olganda interaktiv metodni ko’proq zamonaviy faol metodlarning shakli sifatida ko’rishimiz mumkin.
Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’ragilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. SHuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:

  1. Ijodiy topshiriq.

  2. Kichik guruhlar bilan ishlash.

  3. Ta’limiy o’yinlar ( rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).

  4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).

  5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta’lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, fil’mlar, saxna asarlari, qo’shiq va ertaklar).

  6. Yangi materialni o’rganish va mustaxkamlash (interfaol ma’ruza, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o’quvchi-o’qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, Suqrotli diolog).

  7. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish (“fikr maktabi”, loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o’zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o’zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium).

Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab yetiladi. CHunki, berilgan topshirivlar katta yoki kichik xajmdagi o’rganilmagan elementga qoidaga ko’ra bir necha yondashuvni talab yetadi.
Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiiydir. Bu ta’limda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir.
Interfaol insonning komp’yuter bilan o’zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o’rtasida diologga o’xshash sifat. Bunday bog’lanish va diologda interaktiv fikrlash va o’quv materialining interaktivligi deyiladi. Ikkinchi inson bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o’rtasida o’zaro bog’lanib ishlashni amalga oshiruvchi sifat masalan, interaktivmuzey (seyt). Bu muzeyga onleyn rejimda borish mumkin.
Interaktiv o’qitish metodi deganda muammoli vaziyatni hal yetish uchun o’quvchilar o’rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy xujum texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Kichik guruhlarga o’qitish va umumman o’quvchilar bir-birlarini o’qitadi printsipida dars olib borishni ham tushunish mumkin.O’quvchilarning o’quv materialini komp’yuter yordamida mustaqil o’zlashtirishni ta’minlash. Bunda o’quvchi komp’yuterda tovush, animtsiya va
boshqa imkoniyatlaridan (interfaol muhit) keng foydalangan holda o’qituvchi dastur bo’yicha o’quv materialini mustaqil o’zlashtiradi.
O’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini ularning jonli muloqotini faollashtirish. Bunda odatdagi o’qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, o’quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvuchi strategiyalardan foydalanish, o’qituvchining mashg’ulotdagi xukmronligidan voz kechib, uni o’quvchilarning mustaqil o’zlashtirishlariga yordam va maslaxat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi maqsadga yo’llovchi shaxs bo’lishga erishishi nazarda tutiladi. Chunki ilmiy-tadqiqotlarda ta’kidlanganidek mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishni asosi bo’lib hisoblanadi



Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling