Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
Zamonaviy ilm fan xususiyatlari va muammolari
Download 128 Kb.
|
Zamonaviy ilm fan xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotida ilm - fanning o’rni
3. Zamonaviy ilm fan xususiyatlari va muammolari
Mustaqillik tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni davom ettirish, mamlakatning intellektual salohiyatini oʻylash, jamiyatni har tomonlama taraqkiy ettirish, uning mustaqilligini mustahkamlash yoʻlidan muvaffaqiyatli ravishda olgʻa siljib borishdagi masʼuliyat bugungi ijodkor (tadqiqotchi)lar ommasi zimmasiga tushadi. Shuning bilan birga fan-texnika yutuqlari asosida yaratilayotgan yangi-yangi mashinalar, dastgoxdar, metodologiya, algoritmlar, modellar, fanlar va shu kabilardan foydalanish, ularni tayyorlash hamda amaliyotga joriy etishni avtomatik boshqarish, kishilardan katta ilmiy tayyorgarlikni talab etadi. Keyingi chorak asr davomidagi fan-texnika taraqkiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu davr ichida koʻpgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya, mantik, psixologiya va shu kabi fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega boʻlgan qonunlar, nazariyalar, metodologiyalar va turli ilmiy gipotezalarni vujudga kelganligining guvohi boʻlamiz. Fanlarning oʻzaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo boʻla boshladi. Bular esa oʻz navbatida texnika tarakkiyoti uchun ham xizmat qiladi. Bu borada fan va texnika yutuklarini oʻz navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslariga qoʻyilgan talab boʻlib, u orqali mamlakatimizda intellektual salohiyatli kishilar (tadkiqotchilar) otryadi shakllantiriladi. Bugungi yuksalayotgan ilm-fan bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni oʻrab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Fan-texnika taraqqiyotida tubdan oʻzgarish yuz berayotgan hozirgi zamonda fan olamidagi rivojlanish yangi bosqichga koʻtarildi va zamonaviy fanlar shakllana boshladi. 1. Avtomatika fani. Avtomatika XIX asrning boshlarida oʻzining rivojlanish bosqichiga koʻtarildi. Avtomatika faqatgina oʻzini-oʻzi boshqaradigan kurilma emas, balki u texnikani avtomatik boshqarish haqidagi fan hamdir. Avtomatika fani tabiat va jamiyat voqea-hodisalari rivojini avtomatik boshkarishga xizmat qilishiga moʻljallangan boʻlib, u kishilarni ogir jismoniy mehnatdan ozod qilib, taraqqiyotni tezlashtirib, u odamlarda nazorat-boshqaruv funksiyasini qoldiradi. Ana shu sabablarga koʻra u bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlar tizimiga aylanadi va jamiyatimiz tarakkiyotiga xizmat qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida fan-texnika misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasining rivojlanishi asosida “Kibernetika” nomli fan vujudga keldi. “Kibernetika (yunoncha kybemetile - boshkarish sanʼati) -axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻulladigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiqlarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. Kibernetikaning texnik asosini EHMlar tashkil etadi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. «Kibernetika” terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan. XVII asrdayoq B.Paskal (Fransiya) oddiy mexanik arifmometr ixtiro qilgan edi. Fakat XIX asrga kelib, Ch.Bebbj (Angliya) hozirgi zamon EHMiga oʻxshash rakamli avtomatik hisoblash mashinasi yaratishga urinib koʻrdi. XX asr boshida elektromexanik analitik hisoblash mashinasi yaratildi. 1938-yilda K.Shennon (AQSH), 1941-yilda V.I.Shestakovich (Rossiya) mantiqiy matematik apparatning real kontakt sxemasidan sintez va analiz uchun foydalanish mumkinligini koʻrsatishdi. Shular asosida avtomatlar nazariyasi rivojlana boshladi. XX asrning 40-yillaridan J.fon Neyman (Germaniya) va boshqalar tomonidan yaratilgan EHM kibernetikaning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Bularning hammasini umumlashtirib N.Viner (AQSH) oʻzining “Kibernetika” kitobini yezdi (1947-yil). U kibernetikani “tirik mavjudod va mashinadagi aloqalar hamda boshkarish hakidagi fan” deb atashni tavsiya qildi. Bugungi kibernetika fani oʻzining bir qator mustakil yoʻnalishlariga ega. Ular: texnik kibernetika; iqtisodiy kibernetika; biologik kibernetika; tibbiyot kibernetikasi; matematik lingvistika va shu kabilar. Kibernetika, asosan kibernetik tizimlar bilan shugullanib, uning nazariy oʻzagini axborot (informatsiya), kodlash, algoritmlash, avtomatlar, umumiy va mukobil axborot tizimlar, kiyofalarni aniqlash (raspoznavaniye obrazov), formal tillar nazariyalari tashkil etadi. Oʻzbekistonda kibernetika fani rivojida OʻzR FAning akademigi V.Q.Qobulov va boshqa olimlarning hissalari katta. Respublikamizda boshqaruv ilmi Boshqaruv-boshqarilayotgan jarayonni mavjud imkoniyatlar asosida koʻyilgan makeadga erishgunga qadar boʻlgan harakatlar ketma-ketligidir. Boshkaruv-jarayonlarga reja asosida yoʻnalish berish va rejalashtirilgan natijani olish boʻyicha harakatlar majmuasini tashkil etadi. Boshkaruv jarayoni, asosan, boshqaruvchi, manba, maqsad va natija tizimidagi faoliyat boʻlib, unda boshkaruvchi taʼsiri yoʻnaltirilgan manba (obyekt) turiga qarab turli koʻrinishlarda boʻladi. Ular boshqaruvchilar taʼsir koʻrsatishlariga karab jamiyat, davlat, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, talim tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, soglikni saklash tizimi, uy - xoʻjaliklar, oiladagi byudjetni va shu kabilarni boshqarish turlariga ajratiladi. Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling