Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Davlat ta’lim standartlari haqida tushuncha


Download 142.56 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi142.56 Kb.
#193619
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bo'riboyeva Feruza

2. Davlat ta’lim standartlari haqida tushuncha.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi.

“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etsin:

1999-2000 o‘quv yili 5-6 sinflar;

2000-2001 o‘quv yili 7-sinf;

2001-2002 o‘quv yili 8-sinf;

2002-2003 o‘quv yili 9-sinf;

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini nashr etsin va 1999-yil 1-sentabrgacha ta’lim muassasalariga yetkazsin;

yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari bilan faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida o‘z vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni ta’minlasinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ta’lim turlari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni, ta’lim mazmuni uzluksizligini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 16-avgust,

390-son


O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil

16-avgustdagi 390-son qaroriga

ILOVA


UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI

ASOSIY QOIDALAR

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.

Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.

Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTINI IShLAB ChIQISh VA JORIY ETISh ASOSLARI

Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi:

“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog‘liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son hamda “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarorlari;

O‘zRST 1.0 — 92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi;

O‘zRST 1.1 — 92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;

GOST 1.5 — 93. Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo‘lgan talablar;

O‘zRST 1.9 — 95. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. Tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.

UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTINI IShLAB ChIQISh PRINSIPLARI

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi:

— davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;

— o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;

— umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;

— umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;

— ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

— umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalarga tayanish;

— pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

— ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribalaridan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

Oldingi tahrirga qarang.

UMUMIY O‘RTA TA’LIM DAVLAT TA’LIM STANDARTINING TAYANCh O‘QUV REJASI

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohalarini me’yorlashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir (jadval). Tayanch o‘quv rejasi o‘quv fani bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining eng kam hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi:

* “Chet tili” o‘quv fani bosqichma-bosqich 2013-2014 o‘quv yilidan 1-sinfda, 2014-2015 o‘quv yilidan 2-sinfda, 2015-2016 o‘quv yilidan 3-sinfda va 2016-2017 o‘quv yilidan 4-sinfda joriy etiladi.

(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)

O‘QUVChILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QO‘YILADIGAN MAJBURIY MINIMAL TALABLAR

Umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich (1 — 4-sinflar) va umumiy o‘rta ta’lim (1 — 9-sinflar)ni qamrab oladi.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.

Har bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan.

1 — 4-SINFLAR

1. Ona tili va o‘qish

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

a) O‘qish texnikasi bo‘yicha:

Miqdoriy ko‘rsatkich: bir daqiqada 80 — 90 so‘zni o‘qiy olish.

Talablar:

— harflarni to‘g‘ri talaffuz etish;

— so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish;

— gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qish;

— gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;

— sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish;

— so‘z urg‘ulariga rioya qilish;

— ohangga rioya qilish;

— ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz etish.

b) Matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha:

Miqdoriy ko‘rsatkich: 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olish.

Talablar:

— og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sirchan bo‘lishi;

— monologik nutqning ravon bo‘lishi;

— dialogik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq bo‘lishi.

v) Diktant yozish malakasi:

Miqdoriy ko‘rsatkich: 75 — 80 so‘zdan iborat diktant yoza olish.

Talablar:

— imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;

— ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

— berilgan izohlarning aniqligi;

— lug‘atlarning to‘g‘ri va aniq berilishi.

g) Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha:

Miqdoriy ko‘rsatkich: 5-6 gapdan iborat bo‘lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish.

Talablar:

— matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;

— harf va tinish belgilarini to‘g‘ri yozish;

— husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish;

— so‘zlar orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilash;

— tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;

— matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish;

— matnda xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash;

— uyadosh so‘zlardan foydalana olish.

Boshlang‘ich ta’lim yakunida o‘quvchilar kamida 20 ta kichik hajmdagi she’rni yoddan aytib bera olishlari shart.

2. O‘zbek tili

(Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)

Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 1 — 4-sinflarida davlat tili ta’limidan o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— o‘zbek tilidagi 700 ta so‘zni nutqlarida qo‘llay olish;

— yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lish;

— fikr bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ayrim grammatik vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish;

— bog‘lanishli nutq elementlaridan to‘g‘ri foydalangan holda sodda matn tuza olish;

— xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o‘qib tushuna olish;

— mamlakatimiz mustaqilligi, ramzlari va bayramlari haqida so‘zlab berish.

3. Matematika

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

a) Sonlar va hisoblashlarga oid:

— sonlarni o‘qish va yozish, ularni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishidagi yozuvini tushunish;

— sanoq texnikasini egallash (to‘g‘ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o‘nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi);

— natural sonlarni o‘zaro taqqoslash “>”, “

— sonlarni yozma qo‘shish, uch xonali va to‘rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish;

— qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo‘lmagan hollarda 100 ichida og‘zaki hisoblashlarni bajara olish;

— “yig‘indi”, “ayirma”, “ko‘paytma” va “bo‘linma” atamalari ma’nosini tushunish va sonli ifodalarni o‘qishda ularni qo‘llay olish;

— 2-3 amalli sonli (shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish;

— “...ta ortiq”, “...ta kam”, “... marta ortiq”, “... marta kam” munosabatlarining, “hammasi”, “qoldi”, “teng” munosabatlarining ma’nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni echa olish;

— miqdorlar (mahsulot narxi, miqdori va qiymati, to‘g‘ri chiziqli harakatda yo‘l, tezlik va vaqt) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, amaliy mazmundagi masalalarni echish;

— “yarmi”, “uchdan biri”, “to‘rtdan biri” atamalari ma’nosini tushunish va ularni qo‘llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va boshqa geometrik figuralar modelida 1/2 , 1/3 larni ko‘rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni echishda sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonni topa olish.

b) Geometrik figuralarga oid:

— rasmlarda kesma, uchburchak, to‘rtburchaklar (jumladan, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish;

— tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish;

— kesma uzunligini o‘lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchay olish;

— chizg‘ich va sirkuldan foydalanib to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;

— ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish;

— uzunlik (mm, sm, dm, m, km) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) o‘lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish.

4. Tabiiyot

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tabiiyot o‘quv faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

a) Tasavvur qilish va bilish:

— jonli va jonsiz tabiatni, jism va moddalarni;

— tabiat hodisalari: harakat, issiqlik, tovush, elektr, yorug‘lik hodisalarini;

— Yer, Quyosh, Oy va yulduzlarning qiyosiy kattaliklarini hamda bir-biridan qanchalik uzoqligini;

— Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini, kecha va kunduz almashinishini;

— suvning cuyuq, qattiq va gaz holatlarini;

— tabiatda suvning aylanishini;

— suvni tejash va asrash zarurligini;

— havoning ahamiyati va uni muhofaza qilish zarurligini;

— atmosferadagi tabiat hodisalari (shamol, tuman, bulut, yomg‘ir va qorning paydo bo‘lishi)ni;

— kundalik turmushda qo‘llaniladigan elektr asboblari va ulardan foydalanishni;

— kompyuter va uning imkoniyatlarini;

— hozirgi zamon fan-texnikasining taraqqiyotini;

— Yer yuzining asosiy shakllari (tog‘, tekislik va okean)ni;

— tuproq va tog‘ jinslarini, foydali qazilmalarni;

— ufqning asosiy tomonlarini;

— madaniy va yovvoyi o‘simliklarni;

— daraxt, buta va o‘tlarni;

— uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni;

— hasharotlar, qushlar, suvda yashaydigan hayvonlar, suvda ham, quruqlikda ham yashaydigan hayvonlar, yirtqich hayvonlarni;

— o‘simlik va hayvonlarning inson hayotidagi o‘rnini;

— O‘zbekiston tabiatini;

— O‘zbekiston Respublikasining poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasini;

— o‘zi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatini;

— O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalarni.

b) Amalda qo‘llay olish:

— termometr yordamida suv va havo haroratini o‘lchay olish;

— tarozi yordamida jism massasini o‘lchay olish;

— Quyoshga, kompasga, mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini topa olish;

— Dunyo xaritasidan O‘zbekiston hududini topa olish;

— O‘zbekiston xaritasidan mamlakatimiz poytaxti, har bir viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasini ko‘rsata olish;

— kundalik turmushda qo‘llaniladigan elektr asboblaridan va tabiiy gazdan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;

— xona o‘simliklarini va uy hayvonlarini parvarish qila olish.

5. Inson va jamiyat

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar inson va jamiyat, ta’lim sohasi bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

a) Jismoniy kamolotga oid:

— inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid tushunchalarni bilish;

— chiniqishning mohiyatini anglash;

— gimnastika mashqlarini bajara olish;

— shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish va ularga amal qilish;

— jismoniy mashqlarning inson kamolotini ta’minlashdagi ahamiyatini anglash;

— jismoniy tarbiya mashqlarini xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajara olish;

— milliy o‘yinlar qoidalarini bilish;

— turli sport o‘yinlarining elementlarini qo‘llay olish;

— jarohatlanishning oldini olish, jarohat olgan taqdirda birinchi yordam ko‘rsata olish;

b) Musiqaga oid:

— musiqa badiiy san’at ekanligini bilishlari, kuyga tavsif bera olish;

— xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish;

— cholg‘u asboblarini bilish va tovush tembrlaridan ularni farqlay olish;

— musiqaga oid oddiy atamalarni bilish;

— nota yozuvlarini bilish va amalda qo‘llay olish;

— birgalikda va yakka holda kuylay olish;

— musiqaning ifoda vositalarini bilish;

— ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlay olish;

v) Tasviriy san’atga oid:

— tasviriy san’at va unga oid ayrim iboralarni bilish;

— asosiy ranglarni farqlay olish;

— badiiy materiallar, asboblar va jihozlarni farqlay olish;

— rasm ishlash bosqichlarini bilish;

— naqshlar va ularning xususiyatini bilish;

— bo‘yoqni o‘z o‘rnida ishlata olish;

— tabiat manzaralarini kuzatish va tasvirlay olish;

— buyumlar yasash, ularni bezata olish;

— turli ranglarni hosil qila olish;

— badiiy tasvirning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini bilish;

g) Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojiga oid:

— Vatan tushunchasiga ega bo‘lish;

— davlat tushunchasini, davlatning ramziy belgilarini, ona-Vatan tuyg‘usini anglash;

— O‘zbekiston aholisi va milliy tarkibini bilish;

— mamlakat hayotidagi buyuk sanalarni bilish;

— axloq va kiyinish me’yorlarini bilish;

— uy tutishni bilish;

— mehmonlarga, atrofdagilarga mulozamat ko‘rsata olish;

— dasturxon tuzatishni bilish;

— orastalik me’yorlarini bilish;

— o‘z tug‘ilgan joyi va o‘lkasi haqida tushunchaga ega bo‘lish;

— texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish;

— uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish;

— sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;

— duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o‘g‘il bolalar uchun);

— oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);

— inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash;

— huquq va huquqbuzarlik haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— qishloq va shahar aholisi hayotini bilish;

— uy xo‘jaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— oila va uning qanday tashkil topishini bilish;

— oilada farzandning burchini bilish;

— bozor, sotuvchi, xaridor kabi tushunchalarni bilish;

— insonning pulga bo‘lgan ehtiyojini anglash;

— pul to‘lov, savdo-sotiq vositasi ekanligini bilish;

— pul birliklarini bilish;

— narx va uning o‘zgaruvchangligini bilish.

Oldingi tahrirga qarang.

6. Chet tillar

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar

Lingvistik kompetensiya

a) Nutqiy kompetensiya (A1)

Tinglab tushunish:

Sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;

sodda savollar va gaplarni tushuna oladi;

sodda she’rlar, hikoyalar, qo‘shiqlarni tushuna oladi;

tanish kontekstlarda sodda autentik nutqni tushuna oladi.

Gapirish:

Dialog: ma’lumot so‘ray oladi va ma’lumot bera oladi;

yordam so‘rab murojaat qila oladi;

sodda savol-javob qila oladi.

Monolog: yashash joyi, oila, do‘stlari va tanishlari haqida gapira oladi;

o‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida gapira oladi;

tanish mavzuda juda qisqa taqdimotlar qila oladi.

O‘qish:


tanish mavzulardagi ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi;

joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni (zarur hollarda ko‘rgazmalardan foydalangan holda) tushuna oladi;

sodda xabarlarni (masalan, oddiy xatlar, elektron xatlar) tushuna oladi;

sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.

Yozish:

shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi (tabriklar, qaydlar, elektron xatlar);

shaxsiy ma’lumotlar (ism-sharif, yashash manzili va hokazo) bilan sodda anketani to‘ldira oladi;

sodda she’r va hikoyalar yoza oladi.

b) Til kompetensiyasi (A1)

Fonetik kompetensiya:

chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz eta oladi;

so‘z va gap urg‘usini to‘g‘ri qo‘ya oladi;

kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellarini farqlay biladi va ulardan foydalana oladi;

Leksik kompetensiya:

o‘zlashtirilgan leksik vositalarni kontekst (matn)da qo‘llay oladi;

mavzuga oid sodda so‘zlarni kommunikativ vaziyatlarda qo‘llay oladi;

ba’zi baynalminal so‘zlar va turdosh so‘zlarni farqlay oladi hamda ularni qo‘llay oladi.

Grammatik kompetensiya:

kommunikativ vaziyatlarda sodda grammatik va sintaktik tuzilmalarni qo‘llay oladi;

so‘z va so‘z birikmalarini “va” bog‘lovchisi bilan bog‘lay oladi;

fe’l shakllari va sodda payt ravishdoshlaridan foydalangan holda gaplarni to‘g‘ri bayon qila oladi, hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda gapira oladi.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)

5 — 9-SINFLAR

1. Ona tili

O‘quvchilar ona tilidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

a) grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan me’yorlar:

— fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar, ularning muhim belgilarini bilib olishlari, izohlay bilishlari va shu tushunchalar bilan bog‘liq grammatik atamalarni o‘zlashtirish;

— o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlarini bilish;

— nutq uslublarining chegara va imkoniyalarini bilish;

— og‘zaki va yozma nutqda so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar, grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni tanlay olish;

— sinonimik va uslubiy imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olish;

— gapda so‘z tartibiga rioya qilish, gap bo‘laklarini turli turkumga oid so‘zlar, otlashgan so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralar vositasida ifodalay olish;

— gap turlaridan, undalmali, kirish so‘zli va birikmali, uyushiq bo‘lakli, ajratilgan izoh bo‘lakli gaplardan, qo‘shma gap turlaridan, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish;

b) amaliy ko‘nikma va malakalar:

— o‘qish texnikasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich — 1 minutda 120 — 130 so‘z. Sifat ko‘rsatkichlar — murakkab tipdagi ilmiy atamalarni, ramzlarni, mumtoz adabiyot namunalarini, so‘z va iboralarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri va ravon o‘qish;

— o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich — 10 daqiqada 5-6 sahifa. Sifat ko‘rsatkichlar — og‘zaki nutqning aniqligi, matn mazmunining mos bo‘lishi, to‘g‘ri, ravon va ta’sirchan bo‘lishi.

— fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich — 12 — 14 gapdan iborat bo‘lgan tugal matn yaratish. Sifat ko‘rsatkichlar — matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, matndagi xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash, o‘rganilgan ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish, ish qog‘ozlarini yoza olish.

2. Adabiyot

O‘quvchilar adabiy ta’limga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— matnni to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qiy olish;

— 4-5 ta badiiy matnni yoddan aytib bera olish;

Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

— mamlakatimiz mustaqilligi va bayramlari haqidagi, ona-Vatanga muhabbat uyg‘otuvchi adabiy asarlar mazmunini anglagan holda so‘zlab berish;

— mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olish;

— berilgan har qanday mavzuda og‘zaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olish;

— badiiy tasvir vositalari haqida matnga tayanilgan holda mustaqil fikr yuritish va tahlil qila olish;

— o‘qigan asaridan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olish;

— o‘zga insonning tuyg‘ulari va hissiy kechinmalar xususida fikr yurita olish;

— turli mavzularda insho yoza bilish;

— o‘rganilgan adiblar tabiatiga xos bo‘lgan xislatlarni baholay bilish;

— adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildira olish va uni asoslay bilish;

— yuksak didli va aqlan barkamol adabiy qahramonlarning xislatlarini ochib bera olish;

— musiqa yoki rang tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qilish va uni so‘z bilan ifodalab berish;

— o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan badiiy timsollar xususiyatiga xos bo‘lgan xislatlarni anglab, ularga munosabat bildira olish;

— o‘rganilgan asarlardagi adabiy qahramonlar xususiyatiga xos bo‘lgan fazilatlarga mustaqil fikr bildira olish;

— o‘rganilgan badiiy asarlar timsollarining tabiatidagi milliy xususiyatlarni anglay bilish;

— adabiyot nazariyasiga doir bilimlarni kitobxonlik amaliyotida mustaqil qo‘llay olish;

— adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga to‘g‘ri baho bera olish.

3. O‘zbek tili

(Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)

Ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tili ta’limidan o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— morfologiya va sintaksisga doir asosiy tushunchalarni hamda shu tushunchalar bilan bog‘liq ravishda grammatik atamalarni bilish;

— so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini bilish va bu qoidalarga amal qilish;

— mustaqil gaplarni, murakkab sintaktik butunliklarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lay olish;

— o‘zbek mumtoz adabiyotining hamda XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyandalarini bilish, ularning asarlaridan namunalar ayta olish;

— badiiy asar timsollariga og‘zaki va yozma tavsif bera olish;

— o‘rganilgan mavzu doirasida va rasmlarga qarab mustaqil fikrni 15 — 20 gap bilan izchil va bog‘lanishli monologik nutq shaklida bayon qila olish;

— ayrim matnlar mazmunini o‘z so‘zi bilan (asosiy mazmunni qamrab olgan holda) qayta hikoya qila olish;

— matnni (badiiy asar, hikoya, ilmiy maqola, xabar) to‘g‘ri, ravon, tushunib, bir daqiqada 130 so‘z tezligida o‘qiy olish;

— badiiy asar (yoki undan olingan parcha)ni, she’rni ifodali o‘qiy olish;

— o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan (maqol, topishmoq, qo‘shiq, matal) ayta olish;

— 80 — 90 so‘zdan iborat matn asosida diktant yozish;

— 120 — 130 so‘zli matn asosida bayon yoza bilish;

— 6 — 8 gapdan iborat bo‘lgan matn tuza olish;

— ish qog‘ozlari (ariza, tarjimai hol, xat, e’lon, maqola, tushuntirish xati, ishonch qog‘ozi)ni yoza olish.

4. Rus tili

(Ta’lim rus tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)

Po okonchanii devyatogo klassa uchaщiyesya doljni:

a) po russkomu yaziku:

— ovladet bazovimi fonetiko-orfoepicheskimi, leksiko-frazeologicheskimi, grammaticheskimi, orfograficheskimi, kommunikativno-rechevimi, etnokulturovedcheskimi znaniyami, navikami i umeniyami;

— aktivno usvoit 2500 leksicheskix edinits i opredelenniy potensialniy slovar; ovladet kommunikativno-rechevimi deystviyami v sootvetstvii s osnovnimi sferami obщeniya (obixodno-bitovaya, uchebnaya, obщestvenno-politicheskaya, sotsialno-kulturnaya) i tipovimi situatsiyami;

— osvoit sredstva virajeniya obobщennix tipov semantiki viskazivaniya, a takje formuli rechevogo etiketa;

b) po literature:

— znat osnovnie vexi jiznennogo i tvorcheskogo puti vidayuщixsya russkix pisateley;

— samostoyatelno formulirovat osnovnuyu temu prochitannix proizvedeniy; umet davat razvernutie otveti s elementami opisaniya, rassujdeniya, otsenki sobitiy i geroyev proizvedeniy s pozitsiy nravstvenno-esteticheskix tsennostey;

— umet viyavlyat sredstva xudojestvennoy izobrazitelnosti s tselyu uglubleniya vospriyatiya ideyno-xudojestvennogo soderjaniya i aktivizatsii ix v sobstvennoy rechi.

V tselom obrazovatelnaya oblast “Russkiy yazik” doljna zalojit kommunikativno-yazikovuyu bazu dlya dalneyshego mejlichnostnogo obщeniya, sformirovat i uglubit polojitelnoye otnosheniye k russkomu yaziku, virabotat potrebnost polzovatsya russkim yazikom kak sredstvom obщeniya.

Oldingi tahrirga qarang.

5. Chet tillar

Umumiy o‘rta ta’limning 5 — 9-sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar:

Lingvistik kompetensiya

a) Nutqiy kompetensiya (A2 va A2+)

Tinglab tushunish:

(A2) o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi;

biror yerga borish bo‘yicha sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi;

sodda xabarlar va e’lonlardagi asosiy ma’nolarni tushuna oladi;

(A2+) kundalik mavzulardagi tasmaga yozilgan parchalardan muhim ma’lumotlarni tushuna oladi;

muhokama etilayotgan masalaning asosiy mavzusini aniqlay oladi.

Gapirish:

Dialog:


(A2) to‘g‘ri ma’lumot ola biladi va bera oladi;

salomlasha oladi va murojaat qila oladi, taklif, tavsiya qila oladi va taklifga javob bera oladi, uzr so‘rashning sodda kundalik shakllarini ishlata oladi;

qisqa muloqotda ishtirok eta oladi;

sodda iboralardan foydalanib tanish mavzuda o‘z fikrini ifoda eta oladi;

sodda yumushlar (chiptalar sotib olish, xarid qilish, oshxonada taom buyura olish)ni amalga oshira oladi;

tushunmaganligini bildira oladi.

(A2+) ommaviy vaziyatlarda odamlar bilan muloqotga kirisha oladi;

qisqa suhbatlarda o‘z rejalari haqida muammosiz ishtirok eta oladi (masalan, kechqurun yoki dam olish kunlari rejalari bo‘yicha);

kundalik hayotga oid o‘zi qiziqqan yoki o‘ziga bevosita aloqador mavzularda qisqa suhbatlarda ishtirok eta oladi;

oldindan rejalashtirilgan kundalik suhbatlarda ma’lum mavzularda savol-javob qila oladi, fikr va ma’lumot almasha oladi;

boshqalar fikriga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslikni ifodalay oladi;

chet tilida ma’lumot, yo‘riqnomalar va boshqalar yuzasidan tegishli javoblarni qaytara oladi (masalan, ko‘chada o‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan so‘zlashuvchi murojaat qilganda);

ma’lumotni aniqlashtirish yoki takrorlashni iltimos qila oladi.

Monolog:

(A2) odamlar, yashash yoki ish joyi sharoitlari, kundalik ishlar, yoqtirgan/yoqtirmagan narsalar va boshqalarni sodda qilib tasvirlay oladi yoki taqdimot qila oladi;

sodda iboralar bilan odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi.

(A2+) Tanish mavzuda qisqa taqdimot qila oladi;

nimani yoqtirishi yoki yoqtirmasligini tushuntira oladi;

tadbir yoki voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumot bera oladi;

rejalar, tadbirlar, odatlar va tajribalarni tasvirlay oladi;

sodda iboralar bilan predmetlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi.

O‘qish:


(A2) juda qisqa sodda autentik va yarim-autentik matnlarni tushuna oladi;

qisqa shaxsiy sodda xabarlar va xatlarni tushuna oladi;

jamoat joylaridagi umumiy belgilar va e’lonlarni tushuna oladi;

sodda yozma ko‘rsatmalarni tushuna oladi;

ro‘yxatlar, veb saytlar, qo‘llanmalar va boshqalardagi maxsus ma’lumotlarni qidirib topa oladi.

(A2+) rasmiy xatlarning asosiy turlarini tushuna oladi (masalan, tasdiqlash xati kabi);

ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarini tushuna oladi;

tovarlar va asbob-uskunalarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;

faktlarga asoslangan matnlarda, masalan broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan maxsus ma’lumotlarni topa oladi;

ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini kontekstga qarab aniqlay oladi;

Yozish:

(A2) sodda qisqa xat va xabarlar yoza oladi (masalan, minnatdorchilik bildirish xatlari, uzr so‘rash xatlari);

anketani turli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldira oladi (ism-sharifi, manzili, telefon raqami, millati, ota-onasi bilan ulanish haqida ma’lumotlar va hokazo);

kundalik turmush haqida yoza oladi;

sodda biografiya yoza oladi;

sodda she’rlar yoza oladi.

(A2+) Tadbirlar va shaxsiy tajribalarni tasvirlab yoza oladi;

og‘zaki xabarni tushunarli qilib yoza oladi.

b) Til kompetensiyasi (A2 va A2+)

Fonetik kompetensiya:

chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi;

so‘z va gap urg‘usidan to‘g‘ri foydalana oladi;

kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellaridan to‘g‘ri foydalana oladi va ularni farqlay oladi;

Leksik kompetensiya:

o‘zlashtirilgan leksik birliklarni kontekstda qo‘llay oladi;

mavzuga oid sodda so‘zlarni kommunikativ vaziyatlarda qo‘llay oladi;

ba’zi baynalminal va o‘zlashgan so‘zlarni taniy oladi va ularni qo‘llay oladi;

so‘z yasashning turli yo‘llarini farqlay oladi (qo‘shma so‘zlar, prefikslar va suffikslar).

Grammatik kompetensiya:

kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik va sintaktik tuzilmalarni qo‘llay oladi;

so‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni “ammo”, “va”, “chunki” kabi sodda bog‘lovchilar bilan bog‘lay oladi;

fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalangan holda bayon qila oladi va hikoyalarni gapirib berishda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ifodalay oladi.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)

6. Tarix


O‘quvchilar tarix ta’limi jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— jahon va O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqea va hodisalarning davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish;

— insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo‘lganligini anglash;

— jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish;

— tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;

— tarixiy jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va qiyosiy tahlil qila olish;

— bobomiz Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida bilimga ega bo‘lish;

— O‘rta Osiyodagi xonliklarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— O‘rta Osiyo xonliklaridagi feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— Rossiya bosqini, uning beshafqat generallari va ularga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik harakatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

— Sho‘ro hukumati va bolsheviklarning xalqimizga qilgan adolatsiz qatag‘onlik siyosati, mulkiy va ma’naviy huquqlari paymol etilgani haqidagi ma’lumotlarni bilish;

— O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning front va mehnat sohasidagi jasorati haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

— milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir tushunchalarga ega bo‘lish;

— jahon va O‘zbekiston tarixining yangi davri haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

— O‘zbekistonning mustaqil, suveren, demokratik davlat sifatidagi tarixiy rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishining umumiy xususiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

— dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

— darslik, qo‘llanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

— tarix ta’limi jarayonida egallagan bilimlarini erkin bayon eta olish, o‘z sinfdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;

— o‘z maktabi, ko‘chasi, tumani, qishlog‘i, shahrining o‘tmishi, buguni to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.

7. Davlat va huquq asoslari

O‘quvchilar davlat va huquq asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— huquqiy ta’limga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;

— davlat tuzilishi, boshqaruv shakllari, boshqaruvni amalga oshirishning demokratik va antidemokratik usullarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;

— davlat organlarining tuzilish asoslarini tavsiflab berish;

— axloq va huquqning o‘zaro bog‘liqligi va tafovutlarni bilish;

— huquq me’yorlarini bilish hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatini ana shu me’yorlarga monand boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;

— huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishini, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish;

— huquqni qo‘llashning tashkiliy va huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalarini hamda o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

— huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish;

— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

— o‘zbek milliy davlatchiligi va uning taraqqiyoti haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;

— inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari tizimlarini va ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;

— Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, ularni hurmat qilish malakalariga ega bo‘lish;

— O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;

— O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyat tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning tuzilishi va vazifalarini tushuntira olish;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — davlat va ijro etuvchi hukumat boshlig‘i sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil bo‘lishini, Respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarish borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko‘rishini bilish;

— iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish;

— ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yoshlarning ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy kamoloti uchun barcha huquqiy asoslar mavjudligini bilish, o‘zini kelajagi buyuk davlat bunyodkori sifatida his etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga astoydil intilish.

8. Iqtisodiy bilim asoslari

O‘quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish;

— marketing, talab va taklif haqida bilimga ega bo‘lish;

— tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish;

— mehnat munosabatlari va ish haqi haqida tushunchaga ega bo‘lish;

— soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— mulk va mulkiy munosabatlarni bilish;

— pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

— marketing va menejment faoliyatini bilish;

— oila xo‘jaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish;

— bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish;

— iste’mol tovarlari reklamasi tahlilini bilish;

— maktab xo‘jaligini yuritish mexanizmini tushuntira olish;

— tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish;

— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

— O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;

— O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish;

— bozor va uning turlarini bilish;

— ijtimoiy foydali va unumli mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

9. Matematika

O‘quvchilar matematikaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— natural, butun, ratsional va haqiqiy sonlar haqida tushunchaga ega bo‘lish va ularga oid hisoblashlarni bajara olish;

— sonlarning o‘rta arifmetigi, nisbat, proporsiya va foizlarni bilish, ularni qo‘llay olish;

— sonli va harfiy ifodalar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— buyuk allomalarimiz va ularning matematika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— formulalar yordamida hisoblashlarni bajara olish;

— tenglama, uning ildizi tushunchalarining ma’nosini bilish;

— chiziqli va kvadrat tenglamalar, ikki noma’lumli tenglamalar sistemasini echa olish;

— son o‘qida va koordinata tekisligida nuqtani ifodalay olish;

— ikki nuqta orasidagi masofani topa olish;

— grafik va diagrammalar chiza olish;

— algebraik ifodalarning son qiymatini topa olish;

— ko‘phadlar ustida arifmetik amallarni bajara olish va ularni standart ko‘rinishga keltira olish;

— qisqa ko‘paytirish ayniyatlarini bilish va qo‘llay olish;

— daraja qatnashgan kasr va ifodalar ustida amallarni bajara olish;

— bir noma’lumli tengsizliklarni echa olish;

— arifmetik va geometrik progressiyalarni bilish, ularning istalgan hadini va hadlar yig‘indisini hisoblay olish;

— asosiy trigonometrik funksiyalarning grafigi va xossalarini, asosiy trigonometrik ayniyatlarni bilish va qo‘llay olish;

— algebraik formulalar va hisoblashlarga oid masalalarni echa olish;

— asosiy geometrik figuralar va sodda geometrik jismlarga oid tushuncha va atamalarni bilish;

— chizmachilik asboblari yordamida geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay olish;

— yassi geometrik figuralar va geometrik munosabatlar haqidagi tartibga solingan ma’lumotga ega bo‘lish;

— geometrik masalalarni echa olish;

— geometriya kursidan olingan bilimlarni ijtimoiy hayotda qo‘llay olish.

10. Informatika

O‘quvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— informatika va hisoblash texnikasi asoslariga oid tushunchalarni bilish;

— zamonaviy kompyuter texnikasi, asosiy qurilmalari va ularning ish prinsiplarini bilish;

— axborotni tasvirlash, kodlash, o‘lchash va qayta ishlash usullarini bilish;

— algoritmlashning asosiy ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— kompyuterda masalalar echish bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi istiqboli haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qo‘llanilishini bilish;

— kompyuter savodxonligini minimal darajada namoyish qila olish;

— inson faoliyatining turli sohalariga kirgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyish qila olish.

11. Fizika

O‘quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘lish va ularni tahlil qila olish;

— mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug‘lik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo‘llay olish;

— fizik hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va o‘tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish;

— o‘lchov asboblari (sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka, dinamometr, manometr, barometr, termometr, elektrometr, ampermetr, voltmetr, ommetr)dan foydalana bilish, asboblarning o‘lchash xatoligini baholay olish;

— mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza olish, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik ko‘rinishda tasvirlay olish, ularni tahlil qila olish va xulosalar chiqarish;

— buyuk allomalarimiz va ularning fizika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish;

— masalalar echish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish;

— fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qila olish;

— fizikaga oid olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish.

12. Kimyo

O‘quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— modda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish;

— kimyoviy element va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulani tuza bilish;

— kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta’limotni bilish;

— anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va qo‘llanilishini bilish;

— kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish;

— kimyoviy bog‘lanish turlarini bilish;

— kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash;

— kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish;

— kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish;

— ion almashinish tenglamalarini yoza olish;

— metall va metallmaslarning ayrim vakillari xossalari va qo‘llanishini bilish;

— buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— O‘zbekistonda olinadigan kimyoviy xomashyolar va ularning mohiyatini anglash;

— organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish;

— organik birikmalarning xossalari va qo‘llanilishini tushuntira olish;

— anorganik va organik kimyoga oid masalalar echa olish;

— polimyerlarning xossalari va qo‘llanilishini tushuntira olish;

— kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish;

— kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish.

13. Biologiya

O‘quvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;

— tirik organizmlar turli-tumanligini bilish;

— o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ ko‘payishi, guli, meva va urug‘lari, o‘simlik organlarining atrof muhit bilan bog‘liqligi, o‘simliklar sistemasi, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, o‘simliklar olamining rivojlanishi, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar haqida bilimga ega bo‘lish;

— tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tip to‘g‘risidagi asosiy taksonomik tushunchalarni bilish;

— hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish;

— hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;

— asosiy sistematik guruhlarni bilish;

— organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi)ni bilish va idrok etish;

— tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni tushuntira olish;

— organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishning zarurligini bilish va unga amal qila olish;

— odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;

— odamning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va rivojlanishini tavsiflay olish;

— tsitologiya va genetika asoslari bo‘yicha umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

— O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish;

— biologiyaga oid bilimlardan qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalana olish.

14. Geografiya

O‘quvchilar geografiyaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— Yer sharining shakli va kattaligi haqida tasavvurga ega bo‘lish, o‘lchamini bilish;

— plan ola bilish;

— globus, xarita, atlas va yozuvsiz xarita bilan mustaqil ishlay olish;

— Yer shari qobiqlari tabiatini bilish, har bir qobiq tabiatini tushuntira olish;

— Yer yuzining asosiy shakllarini bilish va ularni xaritadan ko‘rsata olish;

— tabiat kompleksi va tabiat zonalarini tavsiflay olish;

— dunyo aholisi va siyosiy xaritasini bilish;

— har bir qit’alar va okeanlar tabiatini bilish;

— umumiy geografik qonuniyatlarni bilish;

— Turkiston tabiiy-geografik o‘lkasi va O‘zbekiston hududining tabiatini bilish;

— iqtisodiy geografik tushuncha, qonuniyat va jarayonlarni bilish;

— geografik o‘rin, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar iqtisodiyotiga va umuman mamlakat rivojidagi ahamiyatini yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan sharoitda mehnatning geografik taqsimlanishini, sotsial muammolar yechimini tushuntira olish;

— mamlakat aholisi va mehnat resurslari o‘ziga xosligining sabab va oqibatlarini bilish;

— iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlararo majmualarini bilish;

— iqtisodiyotning hududiy tashkil etilishi va iqtisodiy rayonlashtirish tamoyillarini bilish;

— O‘zbekistonning har bir iqtisodiy geografik rayonidagi ixtisoslik tarmoqlarining joylashish va rivojlanishiga xos xususiyatlarni tushuntira olish;

— o‘zi yashaydigan qishloq (shahar) geografiyasini bilish;

— jahonning umumiy iqtisodiy geografik tavsifini bilish;

— jahonshumul tabiiy boyliklarni hamda ekologik muammolarni bilish;

— jahon xo‘jaligi haqida tasavvurga ega bo‘lish;

— mamlakatlarning taraqqiyotiga ko‘ra guruhlash mezonlarini bilish;

— jahon davlatlarining mintaqaviy tavsifini bilish;

— insoniyatning jahonshumul (global) muammolarini idrok eta olishlari kerak.

15. Musiqa madaniyati

O‘quvchilar musiqa madaniyatiga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— har bir mahalliy uslubda o‘ziga xos ijrochilik uslublari va cholg‘u asboblarini bilish;

— Farg‘ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik)ni bilish, ularning mashhur ijrochilarini bilish;

— maqom haqida tushuncha, o‘zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, shashmaqom, uning cholg‘u ashula yo‘llari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg‘u va aytish yo‘llarini bilish;

— O‘zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko‘p tarmoqli va mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning o‘xshashligi va o‘ziga xosligi, mahalliy musiqiy an’analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo‘lishini bilish;

— ikki ovozli qo‘shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o‘ta olish;

— kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o‘zi va o‘rtoqlari ijro etgan qo‘shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

— mashhur qo‘shiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;

— kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo‘lish;

— musiqa naqadar qadimiy san’at ekanligi, o‘zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asrlar, yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirishini va nihoyat, o‘zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi ekanligini tasavvur qila olish.

16. Tasviriy san’at

O‘quvchilar tasviriy san’atga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— tasviriy san’atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;

— tasviriy, dekorativ-amaliy, me’morchilik san’atida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma’nosini bilish;

— miniatyura san’ati haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

— tasviriy san’atning nazariy asoslarini bilish va ularga amalda rioya qila olish;

— tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimmetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo‘llay olish;

— tasviriy san’atning asosiy tur va janrlarini bilish;

— o‘zbek xalq amaliy san’atining turlari va uning mashhur ustalarini bilish;

— tasviriy san’atda ijod qiluvchi eng mashhur o‘zbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;

— O‘zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me’morchilik asarlarini bilish;

— 15 — 20 rang nomlarini ayta olish;

— tasviriy va amaliy san’at asarlarini erkin o‘qiy olish;

— naqshlar bilan bog‘liq badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;

— qush, hayvon, odamni asliga o‘xshatib rasmi va haykalini tasvirlay olish;

— rasm, naqsh, haykal, qurish-yasash ishlarini bajarganda turli material va uslublardan foydalana olish;

— afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish;

— tasvirlar ishlaganda o‘zbek san’atining milliy badiiy an’analaridan maqsadga muvofiq foydalana olish;

— tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.

17. Chizmachilik

O‘quvchilar chizmachilikka oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash asoslarini va sodda aksanometrik tasvirlarni yasash usullari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;

— chizmalarni bajarishning o‘rganilgan usullarini va asosiy tutashmalarni yasash usullarini bilish;

— chizmachilik asboblaridan ratsional foydalana olish;

— buyumlarning shaklini asl ko‘rinishiga hamda ularning chizmalariga qarab tahlil qila olish;

— tasvirlarning grafik tarkibini tahlil qila olish;

— sodda buyumlarning chizmasi, eskizi va yaqqol tasvirlarini o‘qiy olish va bajarish;

— chizmalarda kesimlar va qirqimlarni bajarish hamda belgilashning asosiy qoidalarini bilish;

— o‘yma naqsh solishning shartli tasvirlari va belgilanishini bilish;

— yig‘ish va qurilish chizmalarini bajarish xususiyatlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;

— detallarning asosiy birikmalari, chizmalarini chiza olish;

— oddiy qurilish chizmalarini o‘qiy olish.

18. Mehnat ta’limi

O‘quvchilar mehnat ta’limiga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— politexnik dunyoqarashga ega bo‘lish;

— umummehnat bilim, ko‘nikma va malakalarini egallagan bo‘lish;

— kasblar haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish;

— qishloq xo‘jaligi va maishiy sohalardagi ishlab chiqarish asoslari haqida bilim va dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

— materiallarga badiiy ishlov berish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— muayyan mexanizm, moslama va mashinalarning chizmalarini tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

— uy-ro‘zg‘or elektr asboblaridan va gazdan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;

— elektrotexnik mehnat (uy-ro‘zg‘or asboblarini tuzatish) ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— sodda duradgorlik ishlarini bajara olish (o‘g‘il bolalar uchun);

— kundalik turmushda zarur bo‘ladigan bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar);

— pazandalik mahoratini egallash;

— uy-tutish madaniyati (uyni did bilan bezatish, ro‘zg‘or tutish, kiyim-kechaklarni saranjom-sarishta tutish, madaniyatli kiyinish) ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

— oila iqtisodiyoti (oila budjeti — kirim-chiqimi, oilada mehnat taqsimoti, oilaviy ishlab chiqarishni tashkil etish) ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— O‘zbekiston Respublikasidagi kasb-hunarlar haqida bilimga ega bo‘lish;

— ayrim kasblar bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini egallash.

19. Jismoniy tarbiya

O‘quvchilar sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

— ovqatlanish gigiyenasini bilish va unga rioya qilish;

— o‘zini o‘zi tibbiy nazorat qila olish;

— jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;

— asosiy turkum harakatlar ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— gimnastika mashqlarini bajara olish;

— saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajara olish;

— harakatli o‘yinlarni va sport o‘yinlaridan biror turini o‘ynay olish;

— jismoniy tarbiya bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo‘lish;

— o‘zini o‘zi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

— organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashg‘ulotlarni ta’sirini bilish;

— uzoq davom etadigan yugurishda o‘zini o‘zi nazorat qilish usullaridan foydalana olish;

— chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;

— saflanish mashqlarini bajara olish;

— 100 m gacha bo‘lgan masofaga yugurish, 60 — 100 m masofaga bosqich bilan estafetali yugurish, 2 km masofaga notekis joylar bo‘ylab bir me’yorda sekin yugurish mashqlarini bajara olish;

— yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish” usulida sakrash mashqini bajara olish;

— gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish.




Download 142.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling