Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat


Download 58.5 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi58.5 Kb.
#1444619
1   2   3
Bog'liq
bugunga maruza

Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushunchava faktlardan foydalanishning o’zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo’llash lozim bo’ladi. Aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish o’quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo’lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o’quvchilarda aqliy mehnatni to’g’ri tashkil etish, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish malakasining hosil bo’lishiga ko’maklashadi. Aqliy tarbiya o’quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o’tkazish kabi malakalarni o’stiradi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik—bu donolik. Donolik — bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. SHuning uchun bo’lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas“, deyiladi.
Tarbiya usullari nazariyasida yana yo'l va vosita tushunchasi ham qo'llanadi. Yo'l usullari nisbatan xususiy tushuncha bo'lib, usulga bo'ysunadi, xizmat qiladi. Masalan: bolalarni axloq-odob qoidalariga o'rgatish, odatlantirish uchun mashqlardan foydalanamiz. Bu usulga turli yo'llari xizmat qiladi, ya'ni ko'rsatamiz, o'rgatamiz ta'kidlab, esiga tushurib turamiz yoki ma'ruza, suhbatlar orqali axloqiy fazilatlar mazmunini ochib beramiz.
Bu o'quvchining ongiga ta'sir etish maqsadidagi ishontirish yo'lidir. Lekin ishintirishda bolaning faqat ongigagina ta'sir etish orqali natijaga erishish qiyin bo'ladi. Shuning uchun aytayotganlarimizning to'g'riligini isbotlash va uni aniqlantirish uchun ko'rsatish usulidan foydalanamiz: xushhulqlik va badhulqlikka oid hikoyat, rivoyat, hikmatlardan foydalanamiz va hokazo. Bularning biri odatlantirish usulining yo'li bo'lsa, ikkinchisi ishontirish usulining yo'lidir.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling