Tarbiyaviy ishlarning o’quvchi tarbiyasiga ta'siri. Oilada bola tarbiyasi. Oiladagi bola tarbiyasida milliy an'analardan foydalanish


Download 18.91 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi18.91 Kb.
#218833
  1   2
Bog'liq
11-amaliy


11.Mavzu: Tarbiyaviy ishlarning o’quvchi tarbiyasiga ta'siri .Oilada bola tarbiyasi. Oiladagi bola tarbiyasida milliy an'analardan foydalanish.

REJA:

1. Sharq mutafakkirlarining merosida oilada bolalarni ahloqiy tarbiyalash

2.Oiladagi bola tarbiyasida milliy an`analardan foydalanish

3.Oilada bola tarbiyasini o‘rganish:

- davr talabi

- ijtimoiy buyurtma.

- maqsad va vazifa.

- milliy dastur

- milliy model.

- rivojlanish tarixi.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: talabalarning “Oilada bola tarbiyasi “ haqida tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarning “Oilada bola tarbiyasi “ haqida qarashlari o‘zgaradi. Milliy an`ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomila madaniyatimiz haqida o‘rgandilar.

Kichik ma’ruza:

Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari.



Xalq – axloqiy qadriyatlar bo‘lib, u qimmatli an’analar ijodkori. Xalq qadriyatlar va an’analarni o‘zining ozodligi uchun olib borgan kurashlardan mardonavor ijod qildi, ularni tolmas mehnatda, chet el bosqinchilari bilan qilgan janglarida qadlraladi va e’zozladi.

An’analarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy mazmuni turli tarixiy davrlarda ayniqsa keskin sinfiy kurashlarda yaqqol ko‘rindi. Ommaviy xalq harakatlari, inqilobiy janglar avj olgan davr hamkishilari jtimoiy qiziqishlar bilan yashaganlar. Yuksak ideallar uchun kurashgan vaqtlarda ham an’analar tarkib topgan.

Bola tarbiyasida milliy an’analarning o‘rni.



An’analarni o‘rganishda ular qanday tarixiy sharoitda va qaysi sinf tomonidan yaratilganini kimlarga xizmat qilganini, kimning manfaatini yoqlaganini va qaysi sinfning hukmronligini mustahkamlaganini ko‘ra bilishi kerak.

Urug‘-jamoa tuzumi sharoitida an’analarni to‘g‘ri, haqqoniy yoki soxta tushuntirib bergan. Bundan tashqari urf-odatlar va marosimlar ota-bobolar tomonidan ijro etilib, ularning avlodlari ham ana shu urf-odatlar va marosimlarga rioya qilishlari lozim bo‘lgan.

Bola shaxsini kamol toptirishda tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil etish usullari.

O‘qituvchi mavzuni e’lon qilgach, taxtaga ikkita portretni, masalan, X.Olimjonva bir noma’lum shaxsning portretlarini iladi va «Kimlarning suratlarini ko‘rib turibsiz?» deb so‘raydi. O‘quvchilar X.Olimjon nomini darhol aytadilar, ammo ikkinchi portretga qarab jim bo‘lib qoladilar. O‘qituvchi «Bu o‘g‘ri, bezorining surati», deydi va davom etadi: «X.Olimjon sizga yaxshi tanish. U atigi o‘ttiz besh yil umr ko‘rgan. Lekin shu qisqa umri da o‘zbek xalqi uchun ajoyib badiiy, ilmiy asarlar qoldirdiki, ularni biz bugungacha sevib o‘qiymiz. Shoirning hayoti, ijodi bilan qiziqqan tadqiqotchilar avvalo uning qanday oilada tarbiyalanganiga, bolalik davriga e’tibor beradilar


Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling