Mavzu: Tanishish odobi?
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilarganotanish odamlar bilan
muloqotga kirishmaslik
lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi
yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O‘qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e‘tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma‘lumot berib
o‘tdi:
uydan chiqqanda har bir bola qayerga borishi va u zarur bo`lganda kim bilan bog`lanish
mumkinligi
to`g`risida doimo ma`lumot berishlari lozim;
tasodifiy tanishuvlar, notanish shaxslar takliflariga rozi bo`lmaslik;
mehmondorchilik, kino, teatrdan uyga ketish oldidan qo`ng`iroq qilish
va bu haqda ogohlantirish;
notanish kishilar bilan pod`ezd, yo`lak va liftlarga kirmaslik:
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilib,
har bir bola, murakkab holatlarda eng to`g`ri qarorni qabul qilishi va
jinoyatchi bilan yuzlashishdan saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: