Mavzu: Oltin kuz ne‟matlari.
I.Kirish..
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilarga fasillar haqida tushuncha berish.
Kuz nematlari
haqidagi ma‘lumotlarini yanada boyitish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy
bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O‘qituvchi:
Kuz faslida
Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishadi. Paxta
ochiladi. Dehqonlar, bog‘bonlar yetishtirgan hosillarini yig‘ib-terib oladilar.Kuz
fasli Sentabr, Oktabr,
Noyabr oylaridan iborat.Paxta o‘zbek xalqining asosiy boyliklaridan biri.U juda ko‘p mehnat talab qiladigan
ekin. Paxtani uvol qilmay yig‘ib- terib olish zarur. Paxta hosili yomg‘ir va qorda qolsa, uning sifati
pasayadi.Kuz mamlakatimizda ayni pishiqchilik fasli. Bog‘larda uzum, olma, nok, behi, anor va boshqa
mevalar g‘arq pishadi.Dalalarda
poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq; sabzavot ekinlaridan kartoshka,
sabzi, piyoz, sholg‘om, karam yetilib pishadi. Bularning hammasi kuzning noz-ne‘matlaridir. Ular qish
kelguncha yig‘ib olinmasa, sovuq urib nobud bo‘ladi.Mevalar qishga saqlab qo‘yilishi
uchun avval
daraxtlardan bittalab terib olinadi. So‘ngra saralanib, yashiklarga ehtiyotkorlik bilan joylanadi va salqin
omborxonalarga taxlab qo‘yiladi.Ko‘pgina sabzavot ekinlari yerdan kovlab olinib, tozalanadi. Ular maxsus
omborxonalarda saqlanadi.Kartoshka, sabzi, turp, sholg‘omni o‘ralarda ham saqlash mumkin.
Ekinlar
yig‘ib olingach, yer shudgorlanadi.
O‘qituvchi:- Bolalar ko‘rib turibsizki, bugun hamma xursand, chunki dehqonlar ham bog‘bonlar ham
hosillarini rejadan ortig‘i bilan yig‘ib terib olishgan. Kelinglar bolalar bog‘bon boboni chaqiraylikda uning
dil so‘zlariga quloq tutamiz.
Bog‘bon bobo :
- Gulgun chehra donolarim hosil bayramingiz muborak bo‘lsin.
Men bog‘imdan sizlar uchun shirin- shakar
mevalardan olib keldim, keling
mevalarimizning
so‘zlariga quloq tutaylik.
O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: