Mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‗qituvchilar va
murabbiylar kuni munosabati
bilan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ulardan o`rnak
olishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi
yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Ma`naviyat daqiqasi:
Ilm-ziyo
berar bizga,
Onadir har o`g`il-qizga,
Jo bo`ldingiz qalbimizga,
Mehribonim o`qituvchim.
Jonajonim-o`qituvchim.
Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan
bir umr
qarzdormiz.Ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi.Oy quyoshdan
nur olib borliqni yoritgani kabi shogird
ustozdan ziyo olib hayot
mash`alini yoritadi.O`qituvchi hayot charog`boni.U yosh avlodga ilm-
fan asoslarini o`rgatadi.Zamonamizning
har tomonlama barkamol
kishisini yetkazadi.
Mustaqillik bizga juda ko`p erkinliklarni berdi.Ayniqsa,maorif sohasiga
katta e`tibor berildi va berilmoqda Respublikamizda juda ko`p kollej va maktablar qurilib o`quvchilar
ixtiyoriga topshirildi.Prezidentimiz‖Ustoz va murabbiylar‖bayrami deb 1-oktabr kunini belgiladi.Har yili
shu kun juda katta bayram bilan o`tkazilmoqda.Xalqimizda‖Ustoz-otangdek ulug‖degan gap bor.Sizlar ham
harf o`rgatgan ustozingizni hech qachon unutmang.Ulug` bobomiz A.Navoiy aytganlaridek senga bitta harf
o`rgatgan kishini aslo unutib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: