“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

II.Asosiy qism: 
«Yo‗l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‗rin tutadi.Hohlaymizmi-yo‗qmi, har bir 
harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar,o‗smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan birga 
ularyo‗l harakati qoidalariga rioya qilishdan manfaatdordirlar.Yo‗l harakati qoidalarining asoslaridan biri 
bo‗lgan yo‗l belgilaritransport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barchaharakatlanish 
ishtirokchilariga taalluqlidir.Yo‗llarda sodir etilayotgan yo‗l-transport hodisalarining aksariyatibelgilarga 
qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‗lishtirokchilariga tegishlidir. Shu bois, ularni yaxshi 
o‗rganish inson hayotiuchun juda muhim. 
Yo‗l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‗linadi: 
1) ogohlantiruvchi belgilar
2) imtiyoz belgilari
3) taqiqlovchi belgilar; 
4) buyuruvchi belgilar; 
5) axborot-ishora belgilari; 
6) servis belgilari; 
7) qo‗shimcha axborot belgilari. 
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‗lning xavfli qismigayaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli 
haqida axborot beradi.Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‗lganaksari teng 
tomonli uchburchak shaklidan iborat.Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‗lning qatnov qismlari kesishgan 
joylarda, shuningdek, yo‗lning tor qismida yo‗l harakati qatnashchilariningharakatlanish navbatini belgilash 
uchun qo‗llaniladi. Bundaybelgilar boshqa guruh belgilaridan olingan bo‗lib, ularning shakllari 
turlichadir.Taqiqlovchi belgilarning asosiylari foni oq, hoshiyasi qizil,doirasimon shakldan iborat bo‗lib, 
harakatlanishni ma‘lum darajadacheklaydi yoki umuman taqiqlaydi.Buyuruvchi belgilar asosi havo rang, 
belgisi oq, ko‗rinishidoirasimon shaklda bo‗lib, transport vositalarining muayyan tartibbo‗yicha 
harakatlanishini talab etadi.Axborot-ishora belgilari harakatlanishga muayyan tartib kiritadi yoki 
uni bekor qiladi, shuningdek, aholi yashaydigan joylar va manzillarningjoylashuvi haqida axborot beradi. Bu 
belgilarning shakli to‗rtburchakbo‗lib, yashil, ko‗k, sariq va oq ranglardan iboratdir.Servis belgilari transport 
vositalari, yo‗lovchilar va haydovchilargayo‗l yoqasida joylashgan xizmat ko‗rsatish joylari haqida 
ma‘lumotberadi.Qo‗shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo‗lib, yakka 
holda qo‗llanilmaydi. Ular doimo boshqa belgilar bilan birga qo‗llaniladiva ularning ta‘sirini 
muayyanlashtiradi yoki cheklaydi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling