Тарихшунослик фанидан


Milliy va umuminsoniy qadriyatlar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. 
Qadriyatlar to‗g‗risida G‗arbda keng tarqalgan aksialogiya (aksio – qadriyat, logos – fan, 
ta‘limot manosini anglatadi) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq – huquqlariga doir 
ko‗pgina tamoyillar amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo‗lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. 
Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilma–xil manoda, turli sohalarda qo‗llaniladi. Qadriyatlarning 
kundalik hayotdagi manosi kishilar o‗rtasidagi muloqotlarda ommaviy axborot vositalarning 
xabarlarida o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗lmoqda. Kundalik hayotda ko‗pchilik nazarida narsalar 
(masalan, qimmatbaho, buyumlar, taqinchoqlar, tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar jamiyatdagi 
talablar orzu–umidlar ana‘na va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida 
tushuniladi. Bundan tashqari odamlar o‗zlari ishonib gohida intilib, qiziqib, yoki orzu qilib 
yashaydigan maqsad orzu yoki ideallarga ham ―qadriyat‖tushunchasini qo‗llaydilar. 
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo‗lishi mumkin. Lekin biror bir narsa va hodisa xoh, 
moddiy bo‗lsin, xoh manaviy bo‗lsin, qadriyatga aylanishi uchun muayyaan bir vaqt o‗tishi 
muayyan bir tajriba ortirilishi va uning ahamiyatini ko‗pchilik tomonidan tushunishi maqullanishi 
lozim. Narsa va hodisa qadriyatga aylanishi jarayonida u o‗tish vaqt mobaynida u o‗zini 
ahamiyatiga ega bo‗lishi va ko‗rsata olishi lozim. 
Qadriyatlarning xilma–xil shakllari bor: moddiy va manaviy, umumbashariy, mantiqiy, 
umuminsoniy, jamiyat sohalari bo‗yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, hayotning 
ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni 
bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelishi darajasining aniqlash mezoni yoki biror 
ideal tarzida ham namoyon bo‗ladi. 
O‗zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga etibor kuchaydi. Negaki 
milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan manaviy asoslardan biridir. 
Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bo‗lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda 
shakllangan. Ularning o‗tmishi uch ming yildan ortiq davrni o‗zida mujassamlashtirgan. O‗rta Osiyo 
sivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyaga hos jihatlar: tug‗ilgan 
makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf-odat va avlodlar, xotirasiga sadoqat kattalarga hurmat 
muomalada mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi. 
Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o‗xshamaydigan urf-odatlar, rasm-
rusmlar, marosimlar va ananalariga o‗ziga xoslik bor. 
Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog‗liq masalalarni dolzarblashtirib 
yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga oshirgan faoliyati boshqalarga va 
atrof muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoy xususiyatlarni o‗zlashtirib olganligi va 
ularni manaviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko‗rinadi. Inson bolasining shaxsga 
aylanishi o‗z qadrini va o‗zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi. 


152 
Umuman uchinchi ming yillikda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy 
mezonlarini amaliyotda qo‗llashga ehtiyoj kuchaydi. Tassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk 
davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay 
boshqacha tus olgan, kishilikni ekalogik bo‗hronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi 
umumbashariy muammolar kutib turmagan bo‗larmidi? 
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslini uyg‗unligini saqlab qolish 
uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini anglatadi. XX asrning oxirgi va XXI asrning 
boshlanishining birinchi besh yilliklari BMT tomonidan ―Inson huquqlari o‗n yilligi‖ deya e‘lon 
qilinganligi kishilik jamiyati esa yangi ming yilikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel 
bog‗lab o‗tganligi bejiz emas. Hozirgi O‗zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro‗yobga 
chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog‗liq faoliyatlar butun 
jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. 
Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish o‗z qadrini kamolga etkazish, o‗zgalar 
jamiyat, zamon va unda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan 
iboratdir. O‗z shaxsi va boshqalar qadrini aniqlab etish uchun insonning kamoloti davomida 
shakllangan manaviy qiyofasi ezgulikka xizmat qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‗lishi uning 
o‗zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to‗g‗ri anglaydigan darajada tarbiyalamog‗i lozim. 
Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish jamiyat qonun qoidalaridan to‗g‗ri 
foydalanish o‗zlarining hatti-harakatlarni ana shu manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini 
beradi. Hozirgi davrda talaba va o‗quvchilarga qadrlash va qadrlanish jarayonlarining mohiyatini 
anglatish, mustaqillik e‘lon qilgan qadriyatlarning ahamiyatini to‗g‗ri tushunishga erishish 
nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar xususan talabalar va o‗quvchilarni manaviy barkamol avlod 
vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg‗usi, qadriyatlar kategoriyasi, 
ularning mohiyati, mazmuni, namayon bo‗lish shakllari to‗g‗risidagi bilimlarning majmuasi bo‗lgan 
zamonaviy aksialogiya, yani qadriyatshunoslikning asoslarini o‗rgatish nihoyatda muhim. Ana shu 
sababdan ham umuminsoniyatning 
qadrlash meyorlari borasida to‗plangan yutiqlarni 
umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta‘lim-tarbiya samaradorligining asosiy 
mezonlaridan biridir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling