VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun
kurash kuchayadi.
VIII asrning o‘rtalariga qadar Movarounnahr
qarshilik ko‘rsatishiga qaramay arab xalifaligining
muhim viloyatlaridan biri sifatida uning tarkibiga uzil-
kesil o‘tdi.
VIII asr o‘rtalariga kelib Movarounnahrda siyosiy
boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga
moslashtirilgan edi.
VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og‘ir
siyosiy tanglikka uchradi.
VI–VII asrlarda qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga
kirgan.
VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar
davlati tashkil topdi.
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina
qismi musulmon bo‘lgan.
X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy
hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda
Zarafshon vodiylariga kelib o‘rnashganlar.
IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos
soladilar.
X asrdan boshlab o‘g‘uzlar Islom dinini qabul qiladilar.
X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati
shimoli sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan
qaqshatqich zarbaga uchrab, bo‘linib ketadilar.
VIII asr oxiri – IX asr boshida xalifalikni larzaga
keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni
Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni
o‘zgartirishga majbur etdi.
783-850-yillar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
yashagan yillar
786-809-yillar xalifa Horun ar-Rashid hukumronligi
797-865-yillar Ahmad al-Farg`oniy yashagan yillar.
806-yil Rofe ibn Lays boshchiligidagi halifalikka qarshi
qo’zg’alon ko’tarilishi
809-813-yillar Ma’mun bilan Amin o’rtasida halifalik
taxti uchun kurash
810-870-yillar Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (Imom
al-Buxoriy) yashagan yillar
Do'stlaringiz bilan baham: |