Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya
va Vengriyaning hukmron
tabaqalari o‗rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi
tarkibiga Chexiya,
Moraviya,
Galitsiya va Bukovina,
Vengriya tarkibiga esa
Slovakiya, Xorvatiya va Oransilvaniya kirgan. Shu yilning o‗zida imperiyaning
yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko‗ra, imperiyaning umumiy hukmdori
Avstriya imperatori bo‗lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi.
Sulola
imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan.
Imperiya tashkil etilgan
paytda imperator Frans Iosif II edi.
2. Periklning davlat boshqaruvi haqida ma‟lumot bering.
Mil. avv. 443–429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl
hukmronligi davrida Afi na eng qudratli davlatga
aylandi va mamlakatda
demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan.
Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‗stlari bo‗lishgan.
Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do‗st tutingan edi. Perikl
Xalq majlisi dagi lavozimlarga ish haqi to‗lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi
davrida Afi nada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. U Akropolda
qurilganmashhur inshoot Parfenon – iloha Afi na ibodatxonasining tashabbuskori
bo‗lgan. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi. U zodagonlarning
hamlalarini qaytarib turgan. Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko‗pgina
qonunlar bekor qilingan.
3. “Koalitsiya” atamasiga izoh bering.
Do'stlaringiz bilan baham: